163
lanishi natijasida amalga oshdi. Biroq, ba’zi hollarda, dunyoviy
ilm egalari umuman dinsiz bo‘lishi kerakligi, dindorlar va dunyo
viy olimlarning o‘zaro ikki qaramaqarshi
qutblar ekani haqidagi
noto‘g‘ri qarashlar ham bayon etildi. Shuningdek, ba’zi mintaqa
larda, «din – ilmfan va taraqqiyot, inson hurfikrligi dushma
nidir» qabilidagi g‘oyalar mafkura darajasiga ko‘tarilganini, din
ni
tanqid qilgan, unga qarshi chiqqan faylasuflar daho darajasiga
ko‘tarilgani ham, ko‘pchilikka ma’lum.
Tarixni o‘rganish insonning ilmfan bilan shug‘ullanishi uning
diniy e’tiqodi, iymoni esa olim bo‘lishiga monelik qilmasligini isbot
laydi. Aksincha, ham diniy, ham dunyoviy ilmlarni egallash insonni
ma’naviy komillik sari yetaklaydi. Zero, Respublikamizning birinchi
Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «Dunyoviy va diniy
qadriyatlar birbirini to‘ldirmas ekan, bugungi kunning og‘ir va mu
rakkab savollariga to‘laqonli javob topish oson bo‘lmaydi».
Bugungi kunda fan va din munosabatlari
yangi bosqichga
ko‘tarilmoqda. Bir necha asr davom etgan ziddiyatlar barham
topib, ushbu ikki insoniyat uchun eng muhim sohalarning o‘za
ro uyg‘un hamkorlik davri boshlandi. Ilmfan o‘z kashfiyotlari
orqali muqaddas kitoblardagi ilohiy mo‘jizalarni ilmiy izohlash
imkoniyatini bermoqda. Bu borada fan tomonidan chuqur izla
nishlar va tadqiqotlar natijalari diniy
manbalarga mos kelishini
alohida qayd etish lozim. Jumladan, insoniyat 1961yil o‘z ko‘zi
bilan ko‘rib guvoh bo‘lgan sayyoramizning sharsimonligi haqida
gi fikrlar bundan o‘n to‘rt asr avval Qur’onda bayon qilingan edi:
«Shundan keyin Yerni (tuyaqush tuxumi shaklida) yoyib, tekislab
qo‘ydi» («Nozihot», 30).
Bu oyatda tuxum ma’nosini bildirib kelgan so‘z arabchada «da
haahaa» bo‘lib, bu aslida tuyaqushning tuxumiga nisbatan ishla
tiladi. Tuyaqushning tuxumi yerning geosferik shakliga o‘xshaydi.
O‘rta asrlarda cherkov tomonidan ilgari surilgan Yerning te
kisligi haqidagi ta’limot ustuvor bo‘lgan, keyinchalik uning yu
164
maloqligi
isbotlanishi natijasida, olimlar inkvizisiya qilingan
bo‘lsalar, ayni paytda, islom olamida
bunday hol kuzatilmaganini
qayd etish lozim. Masalan, birinchilardan bo‘lib Yer shari mo
deli – globusni ishlab chiqqan Abu Rayxon Beruniy G‘aznaviylar
saroyida eng obro‘li maqomda bo‘lgan. Hech kim uni kofirlikda
ayb lamagan. Zotan, Qur’onda ham «Alloh yaratgan narsalar ha
qida tafakkur qilinglar», deb ta’kidlangan.
Abbosiylar xalifaligi davrida Bag‘dodda Ma’mun akademiyasi
ning tuzilishi, u yerda matematika, geometriya, falakiyot (astronomi
ya), falsafa, tibbiyot sohasidagi eng yirik olimlarning jamlanishi ham
islom dinining ilmga munosabatining yorqin namunasidir.
Din va fanning sirtdan qaraganda bahsli tuyuladigan nuqta
laridan biri – bu, dunyoning yaralishi bilan bog‘liq masaladir.
Mazkur yo‘nalishda, asosan, «kreatsionizm» va «evolutsionizm»
maktablari farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: