167
Polkingorn evolutsiya Xudo yaratgan maxluqlarida kechadigan
jarayonlardan biri, deya fikr bildirdi.
Kreatsionizm nazariyasiga ishonuvchi xristianlar ikki guruh
ga bo‘linadilar: birinchi guruh kreatsionizmga ishonadi va fan
ni butunlay rad etadi. Ikkinchi guruh esa fan keltirgan faktlarga
ham ishonadi.
Shuningdek, kreatsionist qarashlarning quyidagi turlari ham
ajratib ko‘rsatiladi:
Yosh Yer kreatsionizmi (ing. «Young Earth creationisms»;
rus. mladozemelniy kreatsionizm). Bunga ko‘ra, Xudo – Yer
ning yaratuvchisi. U yerni Injilda qanday tasvirlangan bo‘lsa,
shunday yaratgan. Bu hodisa bundan 6000 (protestantlarga
ko‘ra) yoki 7500 (pravoslavlarga ko‘ra) yil avval ro‘y bergan.
Aksariyat hollarda Yerning yoshi koinot yoshi bilan deyarli
teng, deb hisoblanadi. Ularning fikricha Koinotning yerdan
ko‘hnaroq ekanini tasdiqlovchi dalillar oz. Bu davrda makro
evolutsiya kechmagan. Yer ulkan suv toshqinidan so‘ng qayta
shakllangan.
Dostları ilə paylaş: