Dinshunoslikka


Muqaddas manbalarga oid tushunchalar



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106
Dinshunoslikka kirish

3. Muqaddas manbalarga oid tushunchalar. 
Vahiy – diniy 
e’tiqodga ko‘ra, Alloh taoloning o‘z payg‘ambarlariga farishta­
lar orqali yuborgan buyruq yoki ko‘rsatmalari. Vahiy aniq va 
ravshan qilib aytilgan. Lekin ba’zi vahiylar tushda ko‘rilgan 
ishorat shaklida ham bo‘lgan. Masalan, hazrat Ibrohim (a.s.)
ning tushida «o‘g‘ling Ismoil (a.s.)ni qurbonlik qil» deb buyu­
rilgani ham vahiy deb hisoblanadi. Vahiy Muhammad (s.a.v.)
ga farishta hazrat Jabroil orqali nozil bo‘lgani Qur’oni karimda 
keltirilgan (53:5­10). Vahiy farishtalar orqali yoki bevosita Al­
loh taolo bilan roz aytish (gaplashish) orqali ham kelishi mum­
kin. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ga esa, vahiy quyidagicha 
hollarda tushgan: Oisha (r.a.) aytadilarki: 1. «Payg‘ambar (s.a.v.) 
vahiy ning birinchi kelishi o‘ngidan kelgan tush bo‘lgan. Ko‘rgan 
har bir tushlari uyg‘oqlik vaqtlarida ham xuddi tong yorug‘idek 
kelar edi. 2. Farishta o‘zi ko‘rinmay turib, Payg‘ambar (s.a.v.) 
qalblariga kerakli xabarni yetkazar edi. 3. Qo‘ng‘iroq chalin­


249
gandek ovoz chiqarib kelar edi. 4. Jabroil farishta Payg‘ambar­
ga odam shaklida bo‘lib ko‘rinar edilar». Shu to‘g‘risida «Sahi­
hi Buxoriy» kitobida quyidagi hadisi sharif keltirilgan: «Horis 
ibn Hishom Payg‘ambardan: «Yo Rasululloh, sizga vahiy qanday 
keladi?», deb so‘rabdi. Shunda ul janob quyidagi javobni berib­
dilar: «Ahyonda xuddi qo‘ng‘iroqdek jaranglab keladi, shuni­
si menga qiyin. U ketgandan keyin hamma narsani men o‘zim­
da singdirib olgan bo‘laman. Gohida, esa farishta menga odam 
shaklida kelib so‘zlab ketadi va uning aytganlarini anglab ola­
man». 5. Farishta o‘zining asl shaklida ko‘rinadi va vahiyni yet­
kazadi. 6. Alloh taolo Payg‘ambar (s.a.v.)ga me’roj kechasida 
namozni farz qilish va shunga o‘xshash ba’zi narsalarni bevosi­
ta vahiy qilgan. Vahiy faqat payg‘ambarlargagina nozil bo‘lgan. 
Jabroil farishta payg‘ambarlarga vahiy keltirishga mas’ul bo‘lgan. 
Vahiy tushgan paytda, agar kunlar sovuq bo‘lsa ham Payg‘am­
bar (s.a.v.) terlab ketardilar, nafas olishlari tezlashardi. Saho­
balardan Zayd ibn Sobit shunday hikoya qiladi: «Mening sonim 
Rasululloh (s.a.v.)ning sonlariga tegib turgan paytda vahiy tu­
shib qoddi, uning shiddatidan sonim yorilib ketay dedi». Agar 
Payg‘ambar (s.a.v.) tuyada ketayotganlarida vahiy tushib qol­
sa, og‘irlikdan tuya ham yura olmay qolar ekan. Vahiyni Al­
loh ilhom shaklida ham nozil qilgan. Buni ayrim avliyolarning 
hayotida uchratish mumkin. Biroq avliyolar ilhomni o‘zlariga 
shaxsiy ko‘rsatma, payg‘ambarlar esa, vahiyni xalqqa yetkazishi 
lozim bo‘lgan ko‘rsatma deb qabul qilgan. Johiliyat davrida (is­
lomdan avval) butparast arablar Ka’ba ichiga Hubal nomli butni 
o‘rnatib, undan vahiy (ko‘rsatma) olganliklarini da’vo qilib kel­
gan va shu tariqa go‘yo o‘zlarining kundalik muammolarini hal 
qilgan. Islom davrida Hubal sindirib tashlandi. Vahiyning faqat 
payg‘ambarlarga nozil bo‘lishi musulmonlik e’tiqodini mustah­
kamladi. Bu borada har xil bid’at va xurofotlarni keltirib chiqa­
rish va dinga zararli bo‘lgan turli qo‘shimchalarni kiritish man 
qilindi. Diniy tushuncha bo‘yicha vahiy ilohiy bir kuch sifati­
da insonlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish manbayi bo‘lib xizmat qiladi.


250
Ilhom – ko‘ngilga solish; tasavvufda solik qalbida Alloh to­
monidan paydo etilgan fikr. Shariat ulamolari fikricha, ilhom 
qat’iy ma’lumot manbayi bo‘la olmaydi. Tasavvuf axdi, aksincha, 
ilhomni ilohiy fayz deb qabul qilib hamda unga asoslanib, so‘z va 
ish yuritadi. Ilhom tor ma’noda «vahiy»ning sinonimidir. Ilhom 
o‘z mohiyatiga binoan «aqliy ilm»dan ham farqlanadi, chunki il­
hom fikr­mulohaza yuritish va xulosa chiqarish yo‘li bilan vujud­
ga kelmaydi. Tasavvufga ko‘ra, ilhom mo‘min dilini yorituvchi 
ilohiy nurdir, Qur’onning botiniy ma’nosini ham ilhom orqali 
anglab yetish mumkin.
Isro va Me’roj – islom tarixida Muhammad (s.a.v.)ning Mak­
kadan Quddusga qilgan tungi sayrlari (isro) hamda Quddusda­
gi Aqso masjididan osmonga ko‘tarilishlari (me’roj). Bu haqda 
Qur’on oyatlari va hadisi shariflarda keng ma’lumotlar berilgan. 
Bu hodisa ilohiy mo‘jizalar turiga kirgani uchun moddiylik va 
aqliy dalillar bilan chegaralanuvchi kishilar uni inkor etadi. Ha­
dis va rivoyatlarda aytilishicha, Muhammad (s.a.v.) Jabroil farish­
ta boshchiligida tunda ko‘p yillik masofani bosib o‘tib, bu samo­
viy sayohatlaridan boy xotiralar bilan qaytishgan. Jumladan, yetti 
qavat osmon oraliqlarida o‘zlaridan oldinga o‘tgan yirik pay­
g‘ambarlar bilan muloqotda bo‘lishgan. Jannat va do‘zaxni to­
mosha qilishgan. Besh vaqt namoz ham shu kechada farz qilin­
gan. Bu hodisa tasvirlab yozilgan ko‘pgina asarlar mavjud. «Isro 
va Mehroj kechasi» islom olamida diniy bayram sifatida har yili 
hijriy rajab oyining 27­kechasida nishonlanadi.
Farishta (forscha, arab. malak – maloika) – islom e’tiqodi­
ga ko‘ra, Xudoning amrini bajaruvchi mavjudotlar. Farish­
talar son­sanoqsiz bo‘lib, har biri ma’lum vazifani bajaradi. 
Masalan, islomda har bir odamning savob va gunoh ishlarini 
hisobga olib yuruvchi Farishtalar, jannat va do‘zaxda darvoza­
bonlik qiluvchi, odamlarni qabrda so‘roq qiluvchi (Munkar va 
Nakir), Alloh taxtini osmonda ko‘tarib turuvchi va boshqa xiz­
matlarni bajaruvchi farishtalar mavjud deb qaraladi. Bu farish­
talardan to‘rttasi: Azroil, Jabroil, Mikoil, Isrofil bosh farishta 


251
hisoblanadi. Farishtalarga e’tiqod qilish sunniylik aqidalari­
dan biridir.
Sahobalar (yoxud as­sahoba, sohib –«tarafdor»ning ko‘pli­
gi – ashob) – Muhammad (s.a.v.)ning safdoshlari, u zot bi­
lan muloqotda bo‘lgan yoxud g‘azotlarida qatnashgan kishilar; 
ke yinchalik Muhammad (s.a.v.)ni loaqal bir marotaba, garchi 
go‘dak 
lik chog‘ida bo‘lsa ham ko‘rgan barcha kishilar saho­
balar deb atala boshlagan. Sahobalar Arabistondan tashqarida­
gi o‘lkalar ni fath etishga kirishgan ilk musulmon qo‘shinining 
o‘zagini va eng sobit qadam, qat’iyatli qismini tashkil etgan. Sa­
hobalarning oliy qatlamini muhojirlar va ansorlar tashkil qilgan; 
ular dastlabki xalifalarni saylashga ta’sir ko‘rsatganlar, ular ni 
noiblik va oliy darajadagi lashkarboshilik mansablariga tayin­
lashgan. Xalifalikda sahobaning imtiyozga ega ekanligi ular­
ga to‘lanadigan katta maoshda (641­yildan to‘lana boshlan­
gan) ham ko‘ringan: ularga yiliga 3–5 ming dirham to‘langan, 
holbuki jangchilar 
ning asosiy qismi faqat 300 dirhamga ya­
qin maosh olgan. Sahoba erkaklarning umumiy miqdori Umar 
davrida 10 ming kishini tashkil etgan. Sahobalarning islom ta­
rixidagi alohida ahamiyati shundaki, Muhammad (s.a.v.) vafot 
etganlari dan so‘ng, ular payg‘ambar ta’limotlarini hammalari 
bir bo‘lib saqladilar, ular ning Payg‘ambar so‘zlari va ishlari ha­
qidaga hikoyalari (hadis lar), shuningdek, shaxsiy o‘rnaklari va 
fikrlari islom axloqiy ta’limoti – sunnaning eng muhim tarkibiy 
qismini tashkil etdi. Sahobalarga bo‘lgan hurmat, ehtirom keyin­
chalik ularning qabr larini e’zoz lashga va ularning fazilatlari ha­
qida asarlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Hadislarni to‘plash va 
isnoddarni tanqidiy tarzda taxdil etish zaruriyati IX asrda hadis 
roviylarining tarjimayi hollariga oid lug‘atlarni yaratilishiga sa­
bab bo‘ldi, bu lug‘atlarda eng faxrli o‘rinni sahobalar egalladilar. 
Bunday lug‘atlar ichida eng yirigi Ibn Hajar al­Asqaloniy (XV 
asr)ning «al­Isoba fi tamyiz as­sahoba» lug‘ati Muhammad 
(s.a.v.) bilan aloqador bo‘lganligi qayd etilgan 12 mingdan ziyod 
shaxs ismlarini qamrab olgan.


252
Sura (arab. – tizma, qator, qo‘rg‘on, manzil va sharaf 
ma’nosida) – faqat Qur’onga xos tushuncha, uning bo‘limlari 
sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mum­
kin. Ulamolar istilohida esa, sura – Qur’on oyatlarining bosh­
lanish va tugashi belgilangan mustaqil toifasidir. Boshqacha 
qilib aytganda, Qur’on oyatlarining qo‘rg‘on ila o‘ralgandek 
bir toifasiga sura, deyiladi. Qur’on suralardan iboratdir, sura 
Qur’onning bir bo‘laga bo‘lib, uch yoki undan ko‘p oyatni o‘z 
ichiga oladi.
Qur’onda 114 ta sura bo‘lib, ulardan har birining o‘z nomi bor. 
Ba’zi suralarning ismi uning avvalidagi so‘zdan olingan. Ba’zilari­
niki esa, o‘sha surada zikri ko‘proq kelgan narsalarning nomi­
ga qo‘yilgan. Qur’oni karimdagi eng qisqa sura «Kavsar» bo‘lib, 
uch oyatdan, eng uzun sura «Baqara» bo‘lib, 286 oyatdan ibo­
ratdir. Qur’on suralari ikki qismga bo‘linadi: 1. Hijratdan oldin 
tushgan suralar – «Makka suralari» (Makkada tushgan) deyiladi.
2. Hijratdan keyin tushgan suralar – «Madina suralari» (Madi­
nada tushgan) deyiladi.
Rasul (arab. – elchi) – islom an’anasida Alloh tomonidan 
tanlab olinib, vakil qilingan va targ‘ibot yuritish, da’vat qilish va­
zifasi topshirilgan, ilohiy kitob nozil qilingan payg‘ambar. Mu­
hammad (s.a.v.)ga nisbatan doimo «rasul» nomi qo‘llanib kelina­
di, bu hatto tashahhud (kalimai shahodat)da ham ifodalangan. 
Nabiy – kitob nozil qilinmagan payg‘ambar. Shu boisdan ham 
har bir rasulni nabiy deb atash mumkinligi, ammo nabiylarni 
«rasul» deb bo‘lmasligi qayd qilingan.
Nabiy (arab. – ko‘pligi anbiyo, ilohiy xabar keltiruvchi) – 
payg‘ambar, Allohning farmoyishini insonlarga yetkazib beruv­
chi vositachi shaxs. Nabiylarga ishonish islom dini aqidalaridan 
biri hisoblanadi. O‘zlariga maxsus kitob va shariat berilmay, 
bir rasulga (ya’ni Alloh elchisiga) ato etilgan kitob va shari­
atga amal qilmoqqa buyurilgan payg‘ambarlar nabiylar deyila­
di. Nabiylarning hech biri rasul bo‘la olmaydi, ammo rasullar­
ning har biri nabiy nomi bilan ham ataladi. Allohdan vahiy olib 


253
turuv chi shaxs Qur’onda Muhammad (s.a.v.)ning rasul (elchi) 
degan ismi bilan bir qatorda eng asosiy sifatlaridan (nomlanish­
laridan) biri. Qur’onda, shuningdek, undan avval o‘tgan avvalgi 
payg‘ambarlar, jumladan, birinchi payg‘ambar Odam ato haqida 
ko‘p zikr qilingan. Muhammad (s.a.v.) esa, eng oxirgisi bo‘lib, 
«hotam an­nabiyin» – «payg‘ambarlar muhri» deb ataladilar.
Dastlabki payg‘ambarlar Allohga imon keltirishga chaqirgan­
lar hamda Muhammad (s.a.v.)ning dunyoga kelishlarini bashorat 
qilganlar. Rivoyatlarga ko‘ra, ularning soni 124 ming. Biroq, 
Qur’onda 25 tasining nomi zikr qilingan. Ulardan ko‘pining 
qo‘shimcha nisbalari bor. Masalan, Ibrohim (a.s.) Xalilulloh (Al­
lohning do‘sti), Iso Ruhulloh (Allohning ruhi), Muhammad Ra­
sululloh va h.k. To‘qqizta payg‘ambar alohida ajratib ko‘rsatila­
di. Ular Nuh, Ibrohim, Dovud, Yaqub, Yusuf, Ayyub, Muso, Iso, 
Muhammad. Ulardan bir nechasiga muqaddas kitoblar: Musoga 
Tavrot, Dovudga Zabur, Isoga Injil, Muhammad (s.a.v.)ga Qur’on 
nozil qilingan.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin