Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106
Dinshunoslikka kirish

disi sharif tushuniladi. Ushbu manbalarni o‘qish, tushunish va talqin 
etishning o‘ziga xos shartlari mavjud. Zero, muqaddas manbalarni 
shunchaki talqin etish ushbu dinga e’tiqod qiluvchilar orasida ixtilof­
li holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ilk islom tarixida paydo bo‘lgan turli firqa va oqimlar Payg‘am­
bar (s.a.v.) vafotidan keyin Qur’oni karim oyatlarini o‘z manfaat­
lariga mos tarzda talqin eta boshladilar. Bunda ko‘pincha e’tiqod, 
ibodat, hokimiyat masalasidagi oyatlarga urg‘u berar edilar. Xusu­
san, imon masalasida ilk islom tarixida shakllangan xorijiylar, 
mo‘taziliylar, shuningdek, shialikda yuzaga kelgan firqalar orasi­
da ixtilofli tortishuvlar yuzaga keldi. Ushbu masalaning naqadar 
muhim ekani shunda ham ko‘rinadiki, mazkur oqimlar kimni 
imonli, ya’ni mo‘min deb hisoblash mumkin va kim imonsiz yoki 
kofir deb hisoblanadi, degan masalada bahsga kirishdilar. Nati­
jada o‘zlari «kofir» yoki «fosiq» deb hisoblagan kishilarga qar­
shi urush e’lon qilish, go‘yoki «jihod»ni amalga oshirishni da’vo 


233
qilib chiqa boshladilar. Islomning asl tinchlik mohiyatini buzish­
ga ko‘plab urinishlar bo‘ldi. 
Mazkur harakatlar mohiyatini chuqur o‘rgangan islom ula­
molari diniy manbalarni talqin etish bo‘yicha qat’iy shartlar va 
mezonlarni ishlab chiqdilar. Xususan, Qur’oni karim oyatlari 
ma’nosini tushunishda vosita bo‘lib xizmat qilgan «tafsir», «tah­
vil», «tarjima» tushunchalari yuzaga keldi. 
Qur’oni karim oyatlarini tafsir qilishda ikki yo‘l mavjud bo‘lib, 
bular – «at­tafsir bil­ma’sur» (Qur’on, Sunnat yoki sahoba va to­
biinlardan asar bo‘lib kelgan naqllar asosida tafsir qilish) hamda 
«at­tafsir bir­ra’y» (muayyan shart va chegaralar asosida oyatlarni 
aql­u tafakkur yordamida tafsir qilish) hisoblanadi. Imom Moturi­
diy keltirishicha, o‘z navbatida, bu borada naql va aql hukmlarini 
mukammal bilish talab qilinib, bunda naql hukmlari – Qur’oni ka­
rim, Sunnati Nabaviy, muhkam va mutashobih, nosix va mansux, 
xabar, uning shartlari, aql, nazar, ta’vil, ijtihod, dalil va hujjatlarni 
keltirish hukmlarini ham bilish kerak.
Ta’vil – bir lafzda ehtimoli bor bo‘lgan ikki ma’noning bittasi­
ning tanlanishi va uning quvvatlanishini bildiradi. Qur’oni karimda 
«ta’vil» so‘zi bir necha (tafsir va ta’yin, ofiyat va oqibat, bashorat­
ning amalga oshishi, tushning ma’nosi, amalga oshirilgan ishning sa­
babi) ma’nolarda keladi. Islom olimlari nazdida ta’vil qiluvchidan 
ikki narsa talab qilinadi: 1) Ta’vil qilinayotgan lafzning asl ma’no­
sidan tashqari ikkinchi uzoqroq ma’nosi ham bor ekanligini, bu yer­
da shu uzoqroq ma’nosi murod ekanligini isbotlash; 2) Lafzning asl 
ma’nosini emas, uzoqroq ma’nosini tanlashga nima majbur etganli­
gini isbotlovchi dalil keltirish kerak bo‘ladi.
Qur’oni karimni so‘zma­so‘z tarjima qilish, deganda esa oyat­
larni bir tildan ikkinchi tilga, nazm va tartibini, asl ma’noning 
saqlanishini rioya qilgan holda o‘girish tushuniladi. Mutaxassislar 
nazdida Qur’oni karim oyatlari tarjimasi ikki xil bo‘ladi: 1) Asli­


234
ga o‘xshagan tarjima. Bunda oyatlarning har bir so‘zi barobari­
ga boshqa lug‘at so‘zlari qo‘yiladi, oyatlarning va undagi so‘zlar­
ning nazm va tartibi o‘zgarmaydi. Hattoki asl matndan bilinib 
turgan balog‘at va fasohat ham o‘zgarmagandek tuyuladi; 2) Asli­
ga o‘xshamagan tarjima. Bunda tarjimon Qur’on nazmiga e’tibor 
qilmagan holda, toqati yetgancha oyatlar mazmunini boshqa til­
ga o‘girib beradi.
Manbalarda qayd etilishicha, 
Qur’oni karimni boshqa tillar­
ga tarjima qilish harakati ancha 
qadimdan boshlangan. Ayniqsa, 
arab bo‘lmagan xalqlarning islom 
dinini qabul qilishlari bu harakat­
ga asosiy sabab bo‘lgan. Garchi, is­
lom olimlari oyatlarni har qanday 
tilda sharhlab, tafsir qilishga rux­
sat bersalar­da, biroq so‘zma­so‘z 
tarjima qilib yozishga mutlaqo izn 
bermaganlar, zero tarjimani yozib 
qo‘yishlik bilan Qur’on mazmuni 
shundangina iborat degan iddao bo‘ladi, deb uning mas’uliya­
tidan qo‘rqqanlar. 
Hadis ikki qismdan iborat bo‘ladi: matn va isnod. Hadis ik­
ki turga bo‘linadi: 1. Hadisi qudsiy. 2. Hadisi Nabaviy. Hadis­
lar e’tiborga olinishi jihatidan yana uch qismga bo‘linadi: 1. Sa­
hih. 2. Hasan. 3. Zaif. Qur’oni karimda barcha huquqiy va axloqi 
masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish 
va izohlab uqtirish uchun Muhammad (s.a.v.) o‘z hadislarini ay­
tardi. Hadislarni payg‘ambarning safdoshlari yodda saqlashga ha­
rakat qilardi. Rasululloh (s.a.v.) hayotlik chog‘ida sahobalarning 
Qur’oni karimga hadislarni aralashtirib yuborishlaridan qo‘rqib, 
hadislarni yozishdan qaytarar edi. Payg‘ambar (s.a.v.) vafotidan 
so‘ng hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bi­
lan bir guruh musulmonlar Payg‘ambar (s.a.v.) hadislariga begona 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin