O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   187
2.Shaxs tobe axloqining omillari. 
Addiktiv axloq og’irligining darajasi 
turlicha amaliy me`yoriy axloqdan aniq ko`rinib turgan somatik va psixik patologiya 
bilan birga boruvchi biologik bog’lanib qolishning og’ir shakligacha bo`lishi 
mumkin. Shu bilan bog’liq ravishda ba'zi mualliflar bog’lanib qolish darajasiga 
yetmaydigan va fatal xavf tug’dirmaydigan, masalan, ko`p ovqat yeyish yoki 
chekish kabi addiktiv axloq va shunchaki zararli odatlarni farqlaydilar. O`z 
navbatida, addiktiv axloqning alohida turlari turli-tuman ko`rinishlar kontinumini 
aks ettiradi. Masalan, mutaxassislarning tan olishicha, piyonistalik (ichkilikka 
bog’lanib qolishning klinik shakli) monolit hisoblanmaydi.
Shaxsning bog’lanib qolish ob'ektini tanlashi qisman uning inson 
organizmiga o`ziga xos ta'siri bilan aniqlanadi. Qoidadagiday, odamlar 


165 
addiktsiyaning u yoki bu ob'ektiga individual moyillik bo`yicha farqlanadilar. 
Ichkilikning alohida ommaviyligi uning keng ta'sir spektriga ega ekanligidir – u 
birday muvaffaqiyat bilan qo`zg’atish, qizishish, bo`shashish, yallig’lanish 
kasalliklarini davolash, o`ziga ishonch va erkinligi uchun foydalaniladi.
Tobe axloqning turlicha shakllari uyg’unlashish yoki bir biriga o`tish 
tendentsiyasiga ega, bu esa uning ishlashidagi mexanizmlarning umumlashganini 
isbotlaydi. Masalan, ko`p yillik stajga ega bo`lgan kashanda sigaretadan voz 
kechgach, doimiy ravishda ovqatlanishga istakni his qilishi mumkin. Geroinga 
muhtoj bo`lib qolgan odam ancha yengil giyohvandlar yoki ichkilikni iste'mol qilish 
yordamida remissiyani qo`llab-quvvatlashga intiladi. Albatta, tashqi farq bo`lib 
ko`rinishiga qaramay, axloqning ko`rib chiqilayotgan shakllari printsipial o`xshash 
psixologik mexanizmlarga ega. Shu bilan bog’liq holda addiktiv axloqning umumi 
belgilari ajratiladi.
Dastavval shaxsning muhtoj axloqi uning turg’un psixojismoniy holatning 
o`zgarishiga intilishida namoyon bo`ladi. Ushbu mayl inson tomonidan impulsiv-
kategoriyali, yengib bo`lmas, to`yinmaydigan sifatda boshdan kechirilgandi. 
Tashqaridan bu go`yoki o`z o`zi bilan kurash, ko`pincha esa – o`z-o`zini nazorat 
qilishni yo`qotish bo`lib ko`rinadi.
Addiktiv axloq to`satdan paydo bo`lmaydi, u o`zida addiktsiya (tobe bo`lib 
qolish) ning uzluksiz shakllanish va rivojlanish jarayonini aks ettiradi. Addiktsiya 
boshlanish (ko`pincha beozor), individual oqim (tobe bo`lib qolishning kuchayishi 
bilan) va natijaga ega. Axloq motivatsiyasi bog’lanib qolishning turli bosqichlarida 
turlichadir. Masalan, giyohvand moddalarga tobe bo`lib qolishning shakllanish 
jarayoni quyidagi bosqichlarga ega bo`lishi mumkin:
1. Dastlab yoshlar submadaniyati ta'siri ostida epizodik iste'mol, ijobiy 
hissiyotlar va saqlangan nazorat fonida giyohvand moddalar bilan tanishuv sodir 
bo`ladi.
2. Sekin-asta nisbiy saqlangan nazorat bilan iste'molning turg’un individual 
ritmi shakllanadi. Bu bosqich ko`pincha qachonki ob'ekt haqiqatan uzoq davom 
etmaydigan muddatga psixojismoniy holatni yaxshilashga yordam bersa, psixologik 


166 
bog’liqlik bosqichi deb ataladi. Sekin-asta giyohvand moddalarning kattaroq 
dozalariga o`rganish sodir bo`ladi, shu bilan bir vaqtning o`zida ijtimoiy-psixologik 
muammolar yig’iladi va axloqning moslashmagan steriotipi kuchayadi.
3. Keyingi bosqich uchun eng yuqori darajani iste'mol qilganda ritmning 
tezlashishi xarakterlidir, bekor qilish sindromi va nazoratning to`la yo`qotilishi, 
intoksikatsiya belgisi bilan jismoniy bog’lanib qolish belgilari paydo bo`ladi. 
Giyohvand moddalar lazzat olib kelishdan to`xtaydi, u azob va og’riqlardan qutulish 
uchun iste'mol qilinadi. Bularning barchasi shaxsning qo`pol o`zgarishi (psixik 
buzilishgacha) va aniq ko`rinib turgan ijtimoiy moslashmaganlik bilan birga boradi. 
Ancha kech bosqichlarda giyohvand moddalarni iste'mol qilishda dozasi 
kamaytiriladi, iste'mol qilish endi holatni tiklashga olib kelmaydi.
4. Natijada ijtimoiy yolg’izlanish va fojia (dozani oshirish; suitsid; OITS; 
hayot bilan birga bo`lolmaydigan kasallik) ro’y beradi. 
Bosqichning davomliligi va oqib o`tish xarakteri ob'ektning xususiyatiga 
(masalan, giyohvand moddalar ko`rinishida) va addiktning individual xislati 
(masalan, yosh, ijtimoiy aloqalar, intellekt, sublimatsiyaga qobiliyat) ga bog’liq. 
Muhtoj axloqning yana bir xarakterli xususiyati uning siklliligi hisoblanadi. 
Bitta sikl fazasini sanaymiz: 
– addiktiv axloqqa ichki tayyorlikning mavjudligi; 
– istak va zo`riqishning kuchayishi;
– addiktsiya ob'ektini kutish va faol izlash;
– ob'ektni olish va o`ziga xos kechinmalarga erishish; 
– bo`shashish; 
– remissiya fazasi (nisbiy sokinlik). 
Keyin sikl individual chastota va ifodalanganligi bilan takrorlanadi. Masalan, 
addiktning bittasi uchun sikl bir oy, boshqasi uchun bir kun davom etishi mumkin. 
Muhtoj axloq kasallik yoki o`limga olib kelishi shart emas (masalan, piyonistalik 
yoki giyohvandlik holatlaridagi kabi), biroq qonunan shaxsiy o`zgarishlar va 
ijtimoiy moslashmaganlikni uyg’otadi. 


167 
S.P.Korolenko va T.A.Donskiy addiktsiyaning shakllanishi bilan birga 
boruvchi o’zaro vaziyatning tipik ijtimoiy-psixologik o`zgarishlarni ko`rsatadi. 
Addiktiv ko`rsatmaning shakllanishiga hayotga addiktiv munosabatni uyg’otuvchi 
kognitiv, hissiy va axloqiy xususiyatlarning yig’indisi birinchi darajali ahamiyatga 
ega.
Addiktiv ko`rsatma addiktsiya ob'ektiga yuqori baholi hissiy munosabatning 
(masalan, sigareta, giyohvand moddalarning doimiy zaxirasi bo`lishi haqidagi 
xavotir) paydo bo`lishida ifodalanadi. Ob'ekt to`g’risidagi fikrlar va suhbatlar 
ustunlik qilishni boshlaydi. Ratsionalizatsiyalash mexanizmi kuchayadi – 
addiktsiyani intellektual oqlash (“hamma chekadi”, “stressni ichkiliksiz yengib 
bo`lmaydi”, “kim ichsa, uni kasallik yengmaydi”). Bunda magik tafakkur (o`z 
buyukligi yoki giyohvand moddalarning qudratliligi haqidagi fantaziyalar 
ko`rinishida) va “istak bo`yicha tafakkur” deb nomlanuvchi shakllanadi, buning 
oqibatida addiktiv axloq va addiktiv muhitning salbiy natijalariga tanqid pasayadi 
(“hammasi joyida”; “men o`zimni nazorat qila olaman”; “barcha giyohvandlar
yaxshi odamlar”).
Parallel tarzda “boshqa” hamma narsaga, shu jumladan, addiktga tibbiy-
ijtimoiy yordam ko`rsatishga harakat qiladigan mutaxassislarga ham ishonchsizlik 
rivojlanadi (“ular meni tushunmaydilar, chunki o`zlari buning nima ekanini 
bilmaydilar”).
Addiktiv ko`rsatma bog’lanib qolish ob'ekti mavjud bo`lishning maqsadi, 
iste'mol esa hayot tarzi bo`lishiga olib keladi. Hayotiy borliq ob'ektni olish 
vaziyatigacha torayadi. Qolgan barchasi avvalgi axloqiy qadriyatlar, qiziqishlar, 
munosabatlar ahamiyatli bo`lishdan to`xtaydi. Ob'ekt bilan “qo`shilish” istagi 
shunchalik ustunlik qiladiki, odam unga erishish yo`lida o`tkir ixtirochilikni va
sabotni namoyish qilib, barcha to`siqlarni yengadi. Ko`pincha yolg’onning muhtoj 
axloqning alishtirilmas yo`ldoshi bo`lishi hayron qolarli narsa emas. O`zi va o`z 
axloqiga tanqidiylik ahamiyatli tarzda pasayadi, muhofaza-tajovuzkor axloq 
kuchayadi, ijtimoiy moslashmaganlik belgilari o`sadi.


168 
Ehtimol, addiktiv ko`rsatmaning eng salbiy ko`rinishlaridan biri 
anozognoziya kasallik yoki uning og’irligini rad etish hisoblanadi. Addiktning o`z 
muhtojligini tan olmasligi (“men – piyonista emasman”; “agar istasam, ichishni 
tashlay olaman”) uning atrofdagilar o`zaro munosabatini murakkablashtiradi va 
ahamiyatli tarzda yordam ko`rsatishni qiyinlashtiradi, qator hollarda esa muhtojlikni 
yengib bo`lmas tuyiladi.
Shunday qilib, muhtoj (addiktiv) axloq – bu psixik holatni o`zgartirish 
maqsadida qandaydir moddani iste'mol qilishga (yoki o`ziga xos faollikga) muhtoj 
bo`lib qolish bilan bog’liq bo`lgan autodestruktiv axloq. Sub'ektiv ravishda 
addiktsiya ob'ektisiz yashash mumkin emasday, unga yengib bo`lmas mayl kabi 
kechiriladi. Bu axloq, modomiki organizm va shaxsni muqarrar ravishda barbod 
qilarkan aniq ko`rinib turgan autodestruktiv xarakterga ega. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin