O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   187
 
Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar. 
1.
Addiktsiya nima degani? 
2.
Addiktsiyaning shakllanish bosqichlarini ifodalang.
3.
Tobe addiktiv axloq nima degani va uning asosiy belgilari qanday? 
4.
Tobe axloq zararli odatdan nimasi bilan farqlanadi?
5.
Hozirgi vaqtda tobe axloqning qanday turlari bir muncha tarqalgan? 
6.
Tobe axloqning o`zingizga ma'lum konseptual modelini sanab bering.


196 
7.
Addiktsiyaning shakllanishiga yordamlashuvchi omillar qanday?
8.
Addiktiv axloqning ongli va ongsiz sabablarini sanang.
9.
Giyohvandlikka va ovqatga tobelikning yetakchi tavsifnomalari 
qanday? 
8-MAVZU: SUITSIDAL AXLOQ
Reja: 
1.Suitsidal axloq psixologiyasi va uning mazmun-mohiyati.
2.Suitsidal axloqning yosh xususiyatlari.
3.Suitsidning shakllanish kontseptsiyasi.
4.Suitsidal motivatsiya.
Tayanch tushunchalar:
Suitsidal axloq, yosh xususiyatlari, suitsidning 
guruhlari.
 
1. Suitsidal axloq psixologiyasi va uning mazmun-mohiyati.
O`lim mavzusi 
yosh bilan dolzarblashib, bizning butun hayotimiz ichiga kirib boradi. Ba'zilar uchun 
u alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda suitsidal axloq global jamoatchilik 
muammosi hisoblanadi. Butunjahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlari 
bo`yicha dunyoda har yili 400—500 mingga yaqin odam o`z-o`zini o`ldirish bilan 
hayotini yakunlaydi. O`z-o`zini o`ldirishga urinishlar esa – o`n barobar ortiq. 
Yevropa mamlakatlarida o`z-o`zini o`ldirish miqdori qotillikdan taxminan uch 
barobar yuqori turadi.
Ko`pchilik mualliflar fikriga ko`ra, o`z-o`zini o`ldirish darajasi turg’un milliy 
ko`rsatkich hisoblanadi. O`z-o`zini o`ldirishning yuqori darajasi qator zamonaviy 
davlatlarda Vengriya, Germaniya, Avstriya, Daniya, Shveytsariyada saqlanib 
qolgan. O`z-o`zini o`ldirishning past darajasi Ispaniyada, Italiyada, Isroil va Lotin 
Amerikasi davlatlarida ko’rishimiz mumkin.
O`z-o`zini o`ldirishning bir muncha yuqori darajasi aholi soni 500 mingdan 
1 milliongacha bo`lgan shaharlardadir. Millionerlar shaharlarida bu daraja –
o`rtachadan past ko’rsatgichga ega. Taxmin qilish mumkinki, megapolisda oddiy 


197 
yirik shaharlarga qaraganda ijtimoiy sharoit yaxshi, chunki ularda ijtimoiy va 
iqtisodiy rivojlanish ancha yuqori darajada. Qishloq joylarda suitsidlarning past 
darajasi aholi orasida bolalarning nisbatan yuqori ulushi, milliy-diniy an'analar, 
hiyla zich shaxslararo munosabatlar va odatiy hayot tarzi bilan tushuntiriladi.
O`z-o`zini o`ldirish, suitsid (lat.“o`zini o`ldirish”) – bu ongli ravishda 
qilingan o`zini hayotdan mahrum etish. O`ziga hisob bermaydigan yoki ularni 
boshqara olmaydigan, shuningdek, sub'ektning ehtiyotkorsizligi tufayli sodir 
bo`lgan o`lim vaziyati o`z-o`zini o`ldirishga emas, baxtsiz hodisalarga kiradi. 
Ko`pchilik holatlarda bu psixik jihatdan me`yoriy odamning axloqi. Ayni vaqtda 
suitsidga o`z-o`zini parchalovchi axloqning o`zaro bir-biriga o`tuvchi shakli 
qatorida oxirgi nuqta sifatidagi qarash keng tarqalgan.
Suitsidal axloq – o`zini hayotdan mahrum qilish haqidagi tasavvurlarga 
yo`naltirilgan anglangan harakatdir. Ko`rib chiqilayotgan axloq tuzilmasida 
quyidagilar ajratiladi: 
– shaxsiy suitsidal harakatlar;
–suitsidal ko`rinishlar (fikrlar, maqsadlar, tuyg’ular, mulohazalar, ishoralar).
Shunday qilib, suitsidal axloq ichki va tashqi planda bir vaqtda amalga 
oshiriladi. 
Suitsidаl хulq-аtvоr vа suitsid
 
tushunchаlаri оrаsidа mа`lum bir tаfоvut bоr. 
Ya`ni, suitsidаl hulq-аtvоr kеngrоq tushunchаgа egа bo’lib, o’z jоnigа qаsd qilish 
хаrаkаtlаri, ko’rinishlаrini ifоdаlаydi. Suitsidal хulq- аtvоr - bu suitsidаl fаоllikning 
nаmоyon bo’lishi. Bu o’z ichigа suitsidаl fikr, mаqsаd, mulохаzа, tаhdidlаr, suiqаsd 
vа ungа urinishni o’z ichigа оlаdi. Suitsidal хulq-аtvоrgа nаfаqаt puхtа o’ylаb o’z 
jоnigа qаsd qilish, bаlki ko’pinchа, uzоq vаqt tаyyorlаnilаdi.
Suitsidal harakat suitsidal urinish va tugallangan suitsiddan iborat. Suitsidal 
urinish – bu o`lim bilan tugamaydigan, o`zini hayotdan mahrum qilish vositalarining 
maqsadga yo`naltirilgan operatsiyasi. Urinish o`zini yoki boshqalarni hayotdan 
mahrum qilishga yo`naltirilgan qaytishli va qaytarilmaydigan bo`lishi mumkin. 
Tugallangan suitsid letal natija bilan yakunlangan harakat asosida yuzaga keladi. 
Suitsidal ko`rinish o`z ichiga quyidagilarni oladi:


198 
1) passiv suitsidal fikrlar (tasavvur, kechinmalar);
2) suitsidal g’oyalar;
3) suitsidal maqsad.
Passiv suitsidal fikrlar o`z o`limi mavzusidagi tasavvurlar, fantaziyalar bilan 
xarakterlanadi (biroq o`z ixtiyoridagi harakat sifatida o`zini hayotdan mahrum 
qilish mavzusida emas), masalan: “o`lib qolsam yaxshi bo`lardi”, “uxlasangu, qaytib 
uyg’onmasang”. Suitsidal g’oyalar bu suitsidallikni namoyish qilishning hiyla faol 
shakli bo’lib, o`z-o`zini o`ldirish tendensiyasi reja ishlab chiqish shaklida o`sadi: 
o`z-o`zini o`ldirish usullari, vaqti va joyi o`ylab chiqiladi. Suitsidal g’oyaga iroda 
komponenti qaror, tashqi axloqqa bevosita o`tishga tayyorlik birlashgandagina 
paydo bo`ladi.
Suitsidal fikrlarning paydo bo`lishidan boshlab, ularni amalga oshirgungacha 
bo`lgan muddatni suitsidoldi deb nomlanadi. Uning davomiyligi daqiqalar (o`tkir 
suitsidoldi) yoki oylar (surunkali suitsidoldi) hisoblanishi mumkin. Davomli 
suitsidoldi holatlarida suitsidal axloqning ichki shakllarining rivojlanish jarayoni 
yuqorida ifodalangan bosqichlarda ochiq-oydin o`tadi. O`tkir suitsidoldi davrida 
ketma-ketlik aniqlanmaydi va suitsidal g’oya hamda maqsadning darrov namoyon 
bo`lishini kuzatish mumkin.
3. Suitsidning shakllanish kontseptsiyasi. Suitsidаl хulq-аtvоrning sаbаblаri vа 
shаkllаri hаr хil bo’lishi mumkin. Uni quyidаgichа izоhlаshimiz mumkin.
1.Nаmоyishkоrоnа хulq-аtvоr – nаmоyishkоrоnа suitsid o’zigа jiddiy shikаst 
yеtkаzish vа o’z hаyotigа zоmin bo’lish uchun qilinmаydi, bаlki аtrоfdаgilаrni 
qo’rqitib qo’yish, ulаrni o’ylаshgа mаjbur qilish, o’smirlаrning muаmmоlаri hаqidа 
o’ylаsh, ungа nisbаtаn nоhаqlik bo’lаyotgаnini his qilish mаqsаdidа аmаlgа 
оshirilаdi. Namoyishkorona suitsid o`lish istagi bilan bog’liq emas, o`z 
muammolariga e'tiborni qaratish, yordamga chorlash, dialog olib borish usuli 
hisoblanadi. Bu o`zicha shantaj urinishi ham bo`lishi mumkin. Ushbu holatda o`lim 
bilan tugash mash'um tasodif oqibati hisoblanadi.
2.Аsаbiy хulq-аtvоr - bu suitsidаl hаrаkаt kuchli hissiyotlаr оstidа аmаlgа 
оshirilаdi. Bu xolatdа o’smirdа o’z hаrаkаtlаrining rеjаsi bo’lmаydi. U kuchli sаlbiy 


199 
hissiyotlаr – аlаm, nаfrаt, hаqiqаtni ko’rа bilmаslik, nаtijаsidа suitsidаl hаrаkаtgа 
yo’l qo’yadi. Yashirin suitsid (bevosita o`z-o`zini o`ldirish) uning belgilariga qat'iy 
javob bermaydigan, biroq o`sha yo`nalish va natijaga ega bo`lmagan suitsidal 
axloqning turi. Bu letal natijaning yuqori ehtimolligi bilan birga boruvchi harakat. 
Bu axloq yuqori darajada xatarga, hayotdan ketishdan ko`ra o`lim bilan 
o`ynashishga yo`naltirilgan. Bunday odamlar “shaxsiy xohishi bo`yicha” hayotdan 
ochiq ketishni emas, suitsidal shartlangan axloqni tanlaydilar. Bu avtomobilda 
xatarli safar, sportning ekstremal turi yoki xavfli biznes bilan shug’ullanish, qizg’in 
nuqtalarga ixtiyoriy sayohat, kuchli giyohlarni iste'mol qilish, o`z-o`zini ajratib 
qo`yish.
3. Hаqiqiy suitsidаl хulq-аtvоr - Bu suitsidаl hаrаkаt хulq- аtvоr o’ylаngаn 
rеjа аsоsidа hаrаkаt qilinishi bilаn tаvsiflаnаdi. Bundаy suitsidаl хulq-аtvоrdа 
o’smir оtа-оnаsi, do’stlаrigа o’z qilmishlаrining sаbаblаrini tushuntirib vа hаmmа 
bilаn vidоlаshib хаt qоldirаdi. Bundаy hаrаkаt аvvаldаn o’ylаb qilingаni uchun 
o’lim bilаn yakunlаnаdi.
 
Haqiqiy suitsid yetarli darajada kutilmagan ko`rinsa-da, 
to`satdan bo`lmaydi, o`lish istagiga yo`naltiriladi. Bunday suitsidga ruhiy ezilgan 
kayfiyat, ruhiy azoblanish holati yoki shunchaki hayotdan ketish haqidagi fikr 
yo`ldoshlik qiladi. Shu bilan birga atrofdagilar bunday holatni sezmasliklari 
mumkin. Haqiqiy suitsidning boshqa xususiyati hayot mazmuni yuzasidan
mulohaza va kechinmalar hisoblanadi.
Shu bilan bog’liq holatda tanatolog E. Shneydman shaxsning ikki tavsifini 
farqlaydi: suitsidallik va letallik. Suitsidallik o`z-o`zini o`ldirishning individual 
xavfi demakdir. Letallik odamning o`zi umuman, uning o`z destruktivligi uchun 
xavf darajasi bilan bog’liq deb ko’rsatadi. Suitsidal axloq turlarini tasniflashdagi 
farq ko`rib chiqilayotgan reallikning turli-tuman shakllarini aks ettiradi. 
A.G.Ambruychyuv uni quyidagicha ajratadi: o`z-o`zini o`ldirish haqiqiy
suitsidlar, o`z-o`zini o`ldirishga urinish esa tugallanmagan suitsiddir. Brukbenk 
suitsid haqida maqsadli o`z-o`zini o`ldirish kabi, parasuitsid haqida esa o`lim 
oqibatisiz maqsadli o`z-o`ziga zarar yetkazishday gapiradi.


200 
A.Ye.Lichko fikriga ko`ra, o`smirlardagi suitsidal axloq namoyishkorona, 
affektiv va haqiqiy bo`ladi. Ye. Shir quyidagicha farqlaydi: qasddan qilingan 
suitsidal axloq, yengib bo`lmas, ambivalentli, impulsiv va namoyishkorona. 
E. Dyurkgeym o`z-o`zini o`ldirishni shaxsning ijtimoiy xususiyatlariga 
bog’liq holda turlarga bo`ldi.

«Anomik» o`z-o`zini o`ldirish shaxs va uning atrofidagi muhit o`rtasida 
og’ir kelishmovchilik natijasida sodir bo`ladi. 

«Fatalistik» o`z-o`zini o`ldirish shaxsiy tragediyalar holarida o`ringa 
ega, masalan, yaqinlarining o`limi, ishga layoqatlilikni yo`qotish, baxtsiz sevgi.

«Altruistik» o`z-o`zini o`ldirish boshqa odamlar yoki yuqori maqsadlar 
uchun sodir etiladi.

«Egoistik» o`z-o`zini o`ldirish notinch vaziyatlar nizolar, nomaqbul 
talablardan ketish hisoblanadi.
V.A.Tixonenko, o`lish istagining darajasini inobatga olgan holda suitsidal 
urinishlarni axloqning bir necha bog’liq turlari bilan to`ldirdi. 

Birinchidan, o`lish maqsadini namoyish qiluvchi o`z maqsadiga ega 
bo`lgan namoyishkorona -shantajli suitsidal axloqni ajratadi.

Ikkinchidan, muallif faqat u yoki bu organni zararlash bilan 
cheklanuvchi va o`lim haqidagi tasavvurlarga umuman yo`naltirilmagan o`z-o`zini 
zararlar yoki a'zolarga zarar yetkazish haqida gapiradi.

Uchinchidan, bunday axloq shunchaki baxtsiz hodisaning natijasi 
bo`lishi mumkin.
Shunday qilib, suitsidal axloq tashxisi o`limni istash darajasini aniq 
baholashga asoslanmog’i zarur. Masalan, yelka oldini piska bilan o`zi kesishini 
quyidagi holatlarga kiritish mumkin:
a) 
agar oxirgi maqsad qon yo`qotishdan o`lish bo`lsa, haqiqiy suitsidal 
urinish qatoriga; 
b) 
agar maqsad atrofdagilarga o`lish maqsadini namoyish qilish bo`lgan 
bo`lsa, namoyishkorona shantajli suiqasd razryadiga;


201 
v) 
agar maqsad jismoniy og’riqni his qilish yoki giyohiy kayf holatini qon 
yo`qotish bilan kuchaytirish istagi bilan cheklansa, o`z-o`ziga zarar yetkazish;
g) 
agar, masalan, o`z-o`zini kesish bema'ni fikr bo`yicha “qondan 
shaytonni quvib chiqarish” maqsadini qo`ygan bo`lsa baxtsiz hodisaga.
Har bir hodisaning navbatdagi noyobligiga qaramay o`z-o`zini o`ldirish qator 
umumiy tavsifnomaga ega. Suitsidal axloq, qoidadagiday, hayotiy vaziyatlar va 
yetakchi ehtiyojlar frustratsiyasining stressogenli xarakteri bilan birga boradi. 
Suitsident uchun quyidagilar xarakterli: azobga dosh bera olmaslik, vaziyatdan 
chiqishni izlash, vaziyatning umidsizligi va shaxsiy zaiflikni boshdan kechirish, 
shaxsning suitsidga ambivalent munosabati, anglangan reallikni noto`g’ri talqin 
qilish, muammoda qotib qolganlik, “tonnel ko`rishi”. Bularning barchasi tanlovni 
“suitsid”ga qochib borishgacha toraytiradi. Bunda suitsidal axloq, qoidadagiday, 
hayotning umumiy stili va shaxsiy ko`rsatmalarga mos keladi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin