Ovqatga tobelik.
Addiktiv axloqning boshqa, uncha xavfli bo`lmagan, biroq
ancha keng tarqalgan turi bu ovqatga tobelik. Ozuqa suiiste'mol qilishning eng sodda
ob'ekti hisoblanadi. Sistematik tarzda ko`p ovqat yeyish yoki aksincha ozish uchun
miyadan ketmaydigan intilish, taomni serhasham tanlash, “ortiqcha og’irlik” bilan
sermashaqqat kurash, yangi va yangi dieta bilan qiziqish bu va ovqatlanish
axloqining boshqa turlari bizning davrimizda keng tarqalgan. Bularning barchasi
me`yordan og’ishdan ko`ra me`yorning o`zidir. Shu bilan birga ovqatlanish uslubi
inson ruhiy holati va affektiv ehtiyojini aks ettiradi.
Rus tilida muxabbat va ovqatlanish o`rtasidagi aloqa keng aks etgan: “Sevimli
– demak shirin”, “Kimnidir istash – demak sevgi ochligini his qilish”, “Kimningdir
qalbini zabt etish –kimningdir oshqozonini zabt etish demakdir”. Ushbu aloqa
to`qlik
va
qulaylik
bittaga
qo`shilgandagi
go`daklik
kechinmalarida,
ovqatlanishdagi onaning issiq bag’ri esa sevgi hissini berganida boshlangan.
Ilk yoshda vital ehtiyojlar frustratsiyasi katta ehtimol bilan bola rivojlanishida
muammolarga olib keladi. Tadqiqotchilar ovqat addiktsiyasi sababini go`dak va ona
o`rtasidan o`zaro munosabatning erta buzilishida ko`radilar. Shu jumladan, ona
go`dak haqida go`dakning ehtiyojlaridan kelib chiqib emas, o`zining ehtiyojlariga
muvofiq g’amxo`rlik qilishi mumkin. Qachonki bolaning signallari javob olmasa,
bola o`zligining sog’lom hissiyotini ishlab chiqolmaydi. Buning o`rniga bola o`zini
191
to`la huquqli avtonom mavjudot sifatida emas, shunchaki onaning davomi sifatida
his qiladi.
Go`dakni oziqlantirish vaqtida onaning hissiy holati ham kam ahamiyatga ega
emas. R.Spits tadqiqotlarining natijasi shu faktni ishonchli tarzda tasdiqladiki,
go`dakni muntazam ravishda hissiz oziqlantirish uning ehtiyojlariga javob
bermaydi. Agar bolalar uyining go`daklari 5 oydan ortiq shu tartibda qolsa, ularning
to`rtdan biri ovqat hazm qilishning buzilishidan o`lganlar, qolganlari esa og’ir ruhiy
va jismoniy buzilishni namoyon qilganlar. Agar har bir bolani oziqlantirishda
qo`liga olib, tabassum bilan ovqatlantiradigan qarovchilar soni ko`paytirilsa, bunda
buzilishlar paydo bo`lmagan yoki yo`qolgan. Shunday qilib, go`dakni oziqlantirish
kommunikativ jarayondir.
Buzilgan ovqatlanish axloqi dastavval unga ahamiyatli bo`lgan ob'ekt bilan
munosabatlarning erta buzilishi, himoyalanganlik va muxabbatning tanqisligini
kechirish bilan bog’liq bo`lishi mumkin. Shaxs boshidanoq to`qlik va qoniqish
layoqatini yo`qotadi. Ozuqa giyohlar kabi beixtiyor infantil affektlar, masalan, ruhiy
azoblanish holati va qo`rquvdan himoya uchun tanlaydi. Buning oqibatida ovqat
iste'mol qilish ustidan nazorat murakkablashadi. Odam nazoratsiz ozuqani tanovvul
qilishga yoki aksincha o`z ishtahasini nazorat qilishga bor kuchini sarflaydi. Ushbu
axloq yana shu bilan bog’liqki, zamonaviy ommaviy axborot vositalari ozg’in
go`zallarni ideal obraz sifatida tiqishtiradilar. Bundan tashqari, ko`pincha noteng
ozuqa axloqiga ko`maklashuvchi ozuqa madaniyati juda serob.
Umuman olganda ozuqa addiktsiyasi shaxs va jamiyat uchun jiddiy xavf
tug’dirmaydi. Ayni vaqtda ovqatga tobelikning asabiy anoreksiya (grek tilidan
“yeyish istagining yo`qligi”) va asabiy bulimiya (grek tilidan “bo`rilar ochligi”) kabi
oxirgi variantlari o`ta jiddiy va qiyin yengiladigan muammolarni aks ettiradi.
“Asabiy anoreksiya” nomi chalg’itishi mumkin, chunki u ushbu holda
markaziy muammo ishtahaning yo`qolishi hisoblanadi, degan fikrga olib kelishi
mumkin. Faktik jihatdan muammo xushqomatlilik fanatik intilish va semiz
bo`lishdan qo`rqishni bostirish bilan bog’liq. Asabiy anoreksiyadagi axloq taomdan
voz kechish yoki ovqatlanishdan keskin chegaralanish sifatida ko`rinishi mumkin.
192
Masalan, qiz bolaning kunduzgi ratsioni yarimta olma, yarimta yogurt va ikki bo`lak
pechenedan iborat bo`lishi mumkin. Ko`ngil aynishni chaqirish, bo`shashtiruvchi
dorilarni qabul qilish, o`ta jismoniy faollik, ishtahani susaytiruvchi vositalarni
iste'mol qilish bilan birga borishi mumkin. Bunda, albatta, aniq ko`rinib turgan
og’irlikni yo`qotish kuzatiladi. Maxsus yuqori qadriyatli g’oyalar astenik qaddi-
qomatga ega bo`lishga mubtalolik xarakterlidir. Buzilish, qoidadagiday, pubertat
muddat oldidan boshlanadi, remissiyada ko`pincha teskarisi bo`ladigan tana
o`sishini kiritgan holda jinsiy rivojlanishning buzilishiga olib keladi. O`ta aniq
ko`rinib turgan kaxeksiya (toliqish) bosqichida neyrofiziologik buzilishlar
boshlanadi: diqqatni jamlashga layoqatsizlik, tezda psixik toliqish.
Ko`pchilik ozuqa addiktlarida quyidagilar belgilanadi: nazoratning
yo`qolishi; tana sxemasining buzilishi (bir muncha ta'sirchan sohalarning barchasiga
qorin, dumba va bo`ksaning yuqori qismi kabilarga taalluqli). Vaqt o`tishi bilan
ochlik va to`qlikni anglash yo`qoladi, deyarli doimo istisnoviy past o`z-o`zini
baholashga joy bor. Kasallik davomida va o`sib boruvchi kaxeksiyada qiziqishlar
doirasi torayadi, ijtimoiy aloqalar yo`qoladi va kayfiyatning ruhiy azoblanish
holatiga surilishi o`sadi. Aniq ko`rinib turgan taom qabul qilish rituallari va asosan
taom hamda kaloriyaga taalluqli miyaga o`rnashib qolgan fikrlar kuzatiladi. Jinsiy
aloqaga ahamiyatsiz qiziqish va muvaffaqiyatga o`ta yuqori intilish ko`zga
tashlanadi. Psixopatologik fenomenlar qisman tananing og’irligiga bog’liq va uni
tiklashda yo`qoladi.
Ozuqa axloqining buzilishi biologik, madaniy, oilaviy va intrapsixik omillar
bilan bog’liq. Xatarning quyidagi omillari ajratiladi: pubertat yosh; ayol jinsi (90-
95 % foiz holatlarda), ozish idealining kuchli ta'siri (masalan, fotomodellar yoki
professional sportchilarda); o`ziga bo`lgan yuqori talablar bilan bog’liq stress
(masalan, tibbiyotni o`rganayotgan talabalarda); shaxsiy hissiyotlarning anglashga
yetarlicha bo`lmagan iqtidor; oilaviy janjallar va o`ta zich o`zaro munosabatlar;
pubertatning juda erta boshlanishi; egizakli omil; insulinga tobe bo`lgan diabet.
Ushbu buzilish, ayniqsa, o`smir yoshidagi muammolar bilan zich bog’langan.
quyidagicha izoh keng tarqalgan: anoreksiya og’irlikni kamaytirish yo`li bilan
193
muammoni hal qilish usuli hisoblanadi. Bu nazariyaga muvofiq ochlik yordamida
jinsiy yetilishning jismoniy belgilari “yo`q”qa chiqadi va qiz bolaga “bola bo`lib
qolish” va yoshga xos psixojinsiy talablardan berkinish imkonini beradi. O`z-o`ziga
o`xshashlik va avtonomiyaning (ota-onadan yiroqlashish) yosh muammolari “ozuqa
sohasidagi kurash maydoni”ga o`tkaziladi, buning sharofati bilan oila bilan
simbiotik munosabatlar uzoq muddat saqlanib qoladi.
Asabiy anoreksiyasi bo`lgan ko`pchilik qizlarda o`zlarini “yomon, xunuk,
omadsiz” ekanliklari haqidagi turg’un ishonch mavjud. Haqiqatan bunday
buzilishlar aynan “yaxshi qizlarda” ko`p uchraydi. Asabiy anoreskiyani ba'zida
a'lochilar kasalligi deydilar. Bu qizlar butun hayotlari davomida ota-onalarining
kutishlariga mos tushishga intilganlar, biroq kutilmaganda o`smir yoshida qaysar va
yaramas bo`lib qoladilar. Ko`rinadiki, asabiy anoreksiya “o`z-o`zini davolash”ga
urinish sifatida rivojlanadi. Tana tartibi orqali o`zligini va shaxslararo
samaradorlikni his qilishga urinish ishlab chiqiladi.
Anorektik shaxsning oilasi tashqaridan uyg’unlashgandek ko`rinishi mumkin.
Ayni vaqtda oilaviy atmosfera uchun quyidagilar xarakterlidir: ijtimoiy
muvaffaqiyat, zo`riqish, yopishqoqlik. Nihoyatda kuchli orientatsiya; o`ta
g’amxo`rlik ko`rsatish va gipervasiylik, nizolar yechimidan ketish. Buzilgan axloq
oiladagi o`ta qattiq nazoratga qarshi e'tirozni aks ettirishi mumkin. Boshqa ozuqa
addiktsiyasi bo`lgan shaxslar asabiy bulimiya – odatda, nisbatan me`yordagi og’irlik
bilan farqlanadi. Bulimiya bu kasallik emas va shunchaki odat ham emas. Bu
axloqiy pattern bo`lib, bulimiya kengroq tarqalgan madaniyatda ildiz otgan sabablar
turi uning oqibati hisoblanadi. Masalan, odamlar quyidagi sxemalardan birida
buzilgan ozuqa axloqiga ega bo`lishlari mumkin:
taomning ulkan miqdorini jinoyatkorona yutib yuboradi (ishtaha
to`satdan paydo bo`ladi);
doimiy ovqatlanish (odamning to`xtamay ovqatlanishi);
to`yinganlikning yo`qligi (odam to`yganini his qilmasdan ovqatning
katta miqdorini yeydi);
tungi ovqatlanish (ochlik kuchayishi tunda sodir bo`ladi).
194
Ko`p ovqatlanishning tez-tez kuchayishidan tashqari bulimiya tez-tez qusish
yoki bo`shashtiruvchilardan foydalanish yordamida og’irlikni faol nazorat qilish
bilan ham xarakterlanadi. Ayni vaqtda anoreksik shaxs Egoning katta kuchi va
Super-Egoning katta nazorati bilan xarakterlanganida, bulimik shaxs zaiflashgan
Ego va ishonchsiz super-Egoda asoslanuvchi impulsning razryadkasini saqlab
qolishga umumiy layoqatsizlikdan azoblanadi. O`ta ko`p ovqat yeyish va
oshqozonni tozalash yagona muammo hisoblanmaydi, ko`pincha ular impulsiv
parchalovchi inosiy munosabatlar yoki giyohlarni iste'mol qilish bilan birga mavjud
bo`ladi.
Bulimik shaxslar, odatda, o`zaro shaxsiy munosabatlardan o`z-o`zini jazolash
sifatida ham foydalandilar. Jazolashga ehtiyoj manbai ota-ona figurasiga qarshi
yo`naltirilgan ongsiz tajovuzkorlik bo`lishi mumkin. Bu qahr tanovvul qilinadigan
va parchalanadigan ovqatga aralashadi. Ozuqaga tobe bo`lgan odamlar o`z
munosabatlarini
qoniqarli
obrazda
boshqara
olmaydilar,
ular
o`zaro
munosabatlardagi nizolarni taomga qo`shib yuboradilar. Agar anoreksik shaxslar
o`zlarining odamlarga nisbatan tajovuzkor tuyg’ulari ustidan nazoratni
ovqatlanishni rad etish bilan ushlab tursalar, bulimik odamlar – ramziy ma'noda ko`p
ovqat yeyish yo`li bilan odamlarni ko`ngil aynishi va qusishgacha parchalaydilar.
Bulimik oilaviy tizim uning har bir a'zosida o`zini “to`liq yaxshi”day qabul
qilishga kuchli ehtiyojdan iborat. Ota-onalardagi nomaqbul sifatlar bulimik bo`lgan
bolagan proektsiyalanadi va u o`zida hamma “yomonlik”larni yig’uvchi bo`lib
qoladi. Ixtiyorsiz ravishda bu proektsiyalar bilan tenglashib, bola oilaviy
qizg’anchiqlik va impulsivlikni olib yuruvchi hisoblanadi. Natijada “muammoli”
bolaga diqqati ota-onalar o`rtasidagi nizolar bilan aralashadi. Tadqiqotlarning
tasdiqlashicha, ko`p ovqat yeyish, haqiqatan, nazoratni yo`qotish va tashlab
ketishlaridan beixtiyor qo`rquvga qarshi himoya hisoblanadi.
Ko`rib chiqilgan ozuqa addiktsiyalari korrektsiyaga yomon beriladi. Bu shu
bilan tushuntiriladiki, ozuqa o`ta odatiy va yetishish mumkin bo`lgan ob'ekt
hisoblanadi, ushbu buzilishning sodir bo`lishida oila faol ishtirok etadi, jamiyatda
xushqomatlilik ideali ustunlik qiladi, hamda , buzilgan ozuqa axloqi qator holatlarda
195
tizimli funktsional buzilish xarakterini oladi. Ozuqaga tobe shaxsga yordam
ko`rsatishda unga buzilgan axloqning psixologik ahamiyatini tushunishi uchun
yordamlashish muhim. Korrektsiya, shuningdek, oilaning (dastavval oilaviy
terapiya shaklida) faol jalb qilinishini ko`zda tutadi. Og’ir holatlarda addiktni
oiladan ajratish, tibbiy aralashuv va ozuqa axloqi hamda og’irlikning tibbiy
muassasalar sharoitida jadal psixoterapiya bilan uyg’unlikdagi qat'iy nazorati
tavsiya etiladi.
Giyohlarga va ovqatga tobelik misolida biz addiktiv axloqning o`zida
qandaydir ob'ektdan foydalanishni qayd qiluvchi ko`p bosqichli (biopsixoijtimoiy)
buzilishlarni aks ettirishiga ishonch hosil qildik. Addiktiv axloqning aniq bir
holatida yetakchi sabablarni aniqlashda, shuningdek, psixologik-ijtimoiy yordamni
rejalashtirish uchun majmuaviy va individual yondoshuv talab qilinadi. Ilk
kechinmalar va jarohatlarni (taxminan ovqatlanish buzilishi uchun – hayotining
birinchi yili, kimyoviy tobelik uchun – birinchi ikki-uch yil) o`rganilayotgan
muammolar bilan aloqasi qisman tobe axloqning alohida turg’unligini tushuntiradi.
Ayni vaqtda fatallik va ayniqsa, piyonistalik va giyohvandlikka nisbatan alohida
tarqalgan tobelikni davolab bo`lmaslik haqidagi qarash o`ta xavfni aks ettiradi. hayot
uchun xavfli bo`lgan tobelikni to`xtatish mumkin va zarur. Tobe odamni “davolash”
esa uning istagidan qat'i nazar juda zarur. Biroq insonning o`zi ijobiy o`zgarishlar
uchun shaxsiy mas'uliyatni anglash hamda zaruriy yordamni olib, tobelikni tan olgan
qolda tobe axloqni to`la yengishi, uddalashi mumkin. hayot bunday ijobiy
namunalarning ko`pini namoyon etgan.
Dostları ilə paylaş: |