O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


Suitsidal axloqning yosh xususiyatlari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   187
2. Suitsidal axloqning yosh xususiyatlari. 
Yosh suitsidal axloq 
xususiyatlariga ahamiyatli tarzda ta'sir ko`rsatadi. Masalan, hayotning yoshlik yoki 
qarilikning boshlanishi kabi krizis davri baland suitsidal tayyorgarlik bilan
xarakterlanadi.
Bola yoshidagi suitsidal axloq vaziyatli shaxsiy reaktsiya xarakterini oladi, 
ya'ni o`lish istagining o`zi bilan emas, balki stressli vaziyatlar yoki jazodan 
qochishga urinish bilan bog’liq. Ko`pchilik tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, 13 
yoshgacha bo`lgan bolalardagi suitsidal axloq kam uchraydigan ko`rinish, va faqat 
14-15 yoshga yetgandagina suitsidal faollik keskin o`sadi, 16-19 yoshda eng yuqori 
darajaga yetadi. 
A.G.Ambrumova tadqiqotlarining ma'lumoti bo`yicha suitsidal axloqli 770 
bola va o`smir bola tekshirilganda, ularning eng yoshi 7 yoshda bo`lgan. 
Ko`pchiligini qizlar tashkil etgan (80,8 %). Qizlarda zaharlanish, o`g’il bolalarda 
esa yo`g’on qon tomirlarni qirqish va o`z-o`zini osish bo`lgan. 
Ko`pchilik mualliflarning hisoblashicha, boladagi o`lim kontseptsiyasi faqat 
11-14 yoshga yetganidagina babbarobar yaqinlashadi, shundan keyin bola o`limning 
realligi va qaytarib bo`lmasligini chindan anglaydi. Kichik bola yashash va o`lish 


202 
o`rtasidagi farqni yaxshi tushunmaganidan o`limdan ko`ra yaxshiroq fantaziya 
qiladi. Faqat o`smir yoshiga yaqinlashgach garchi o`zi uchun kam ehtimolli bo`lib 
ko`rinsa, rad etsa-da, o`limni real ko`rinish sifatida anglaydi. Albatta, “suitsid” va 
“suitsidal axloq” atamasi qat'iy ma'noda ilk yoshdagilar uchun kam muvofiq keladi.
Bolalar o`z axloqi uchun tushuntiradigan sabablar jiddiy emas va bir lahzalik 
bo`lib tuyulishi mumkin. Bolalar uchun umuman olganda ta'sirchanlik, 
ishonuvchanlik, o`z axloqiga past tanqid, kayfiyatning o`zgarishi, impul’sivlik, 
yorqin his qilish va boshdan kechirish layoqati xarakterlidir. Bola yoshida o`z-o`zini 
o`ldirish g’azab, qo`rquv, o`zi yoki boshqalarni jazolash bilan uyg’onadi. Ko`pincha 
suitsidal axloq boshqa axloqiy muammolar bilan, masalan, maktabga qatnamaslik 
yoki nizolar bilan uyg’unlashadi.
Suitsidal axloqning tug’ilishiga, shuningdek, xavotirli va ruhiy azoblanish 
holati ham ko`maklashadi. Bolalarda ruhiy azoblanish holatining belgilari 
quyidagilar bo`lishi mumkin: qayg’u, bolalarga xos bo`lmagan kuchsizlik, uyqu va 
ishtahaning buzilishi, og’irlikning pasayishi va somatik arzlar, omadsizlikdan 
qo`rqish va o`qishga qiziqishning susayishi, to`laqonli emaslik va inkor etilganlik 
tuyg’usi, o`z-o`zini o`ta tanqid qilish, odamovilik, xavotirlilik, tajovuzkorlik va 
frustratsiyaga past chidamlilik. 
Biz o`smir yoshida suitsidal axloqning bir muncha boshqacha ko’rinishini 
kuzatamiz. O`smirlar orasida o`z-o`zini o`ldirishga urinish bolalarga qaraganda 
ahamiyatli tarzda ko`p uchraydi, shu bilan birga ularning kamchiligigina o`z 
maqsadlariga erishadilar. Tugallangan suitsidlarning soni barcha suitsidal 
harakatlarning 1 foizidan oshmaydi. Bu yoshda suitsidal axloq namoyishkorona 
bo’lib, shu jumladan, shantaj xarakteriga ham ega.
A.Ye.Lichkoning ta'kidlashicha, faqat 10% foiz o`smirlardagina o`z-o`zini 
o`ldirishning haqiqiy istagi mavjud, qolgan 90% foizida bu yordam haqidagi 
qichqiriqdir. B.N.Almazov 14-18 yoshdagi o`zini atayin kesgan o`smirlar guruhini 
tekshirib, belgiladiki, faqat 4% foizigina o`z-o`zini kesayotgan lahzasida suitsidal 
mazmundagi fikrga ega bo`lgan. Ko`pgina eksperementlar tengdoshlari bilan 


203 
urushib qolganidan keyin, shuningdek, “birodarlashuv” an'anasi yoki sodir etilgan 
vaziyatlarni ko’rsatishgan.
A.Ye.Lichko, A.A.Aleksandrov, 14-18 yoshdagi o`smirlar guruhida tekshiruv 
o`tkazib, 49 foizida suitsidal harakat o`tkir affektiv reaktsiya fonida sodir etilgan 
degan xulosaga keldilar. O`smirlar guruhida, shuningdek, psixik buzilishlar roli
masalan, ruhiy azoblanish holati bir muncha o`sgan. Ruhiy azoblanishning “bolalik” 
belgisiga zerikish va charchash tuyg’usi, mayda narsalarga diqqatni jamlash, isyon 
va bo`ysunmaslikka moyillik, ichkilik va giyohlarni suiiste'mol qilish qo`shiladi.
Umuman olganda o`smirlarning suitsidal axloqiga tengdoshlari va ota-onalari 
bilan shaxslararo munosabatlarning ahamiyatli ta'siri haqida gapirish mumkin. 
L.Ya.Jezlovaning fikriga ko`ra, pubertat yosh oldidan “oilaviy”, pubertat yoshida 
esa “jinsiy” va “muhabbatli” muammolar ustunlik qiladi.
Boshqa, afsuski, nisbatan kam o`rganilgan o`ta muhim omil o`smir 
submadaniyaning ta'siridir. OAV ning 1999 yilda «Ivanushki interneshnl`» 
yoshlarning pop-guruhining sardori Igorya Sorinning o`z-o`zini o`ldirganligi 
haqidagi xabariga javoban bir necha o`smir qizlar o`zlarining sevimli shaxslaridan 
namuna olib, unga ergashganlar.
14 yoshdan keyin suitsidal axloq qizlarda ham, o`g’il bolalarda ham taxminan 
bir xil namoyon bo`ladi. O`smir yoshida suitsidal axloq ko`pincha jinsiy-shaxsiy 
munosabatlar, masalan, baxtsiz muhabbat bilan bog’liq bo`ladi. Yoshlar guruhi 
ruhiy azoblanish holatiga duchor bo`ladi. Ruhiy azoblanish holatining darajasi 
ko`pincha suitsidal xavfning jiddiyligining ko`rsatkichidir.
Tadqiqotlarning ko`rsatishicha, tugallangan o`z-o`zini o`ldirishning bir 
muncha miqdori 40 dan 65 yoshgacha oraliqda sodir etiladi. o`z-o`zini o`ldirish 
darajasi erkaklar orasida yuqori. Yetuk yoshning tipik stressorlari ajrashish vaziyati, 
yaqin odamini yo`qotish, ishdan bo`shash, moliyaviy krizis, oiladagi o`lim 
hisoblanadi.
Keksa 
yosh 
yolg’izlik, 
professional 
faoliyatning 
yakunlanishi, 
imkoniyatlarning yo`qolishi, oila va do`stlardan ayrilish va boshqa shu kabi jiddiy 
ijtimoiy-psixologik muammolar bilan to`qnashadi. Keksa odamlardagi ruhiy 


204 
azoblanish holati charchaganlik, fatallik va umidsizlik bilan xarakterlanadi. 
Umidsizlik o`lishning mustahkam istagida namoyon bo`ladi. Keksa yosh qator 
sabablar kuchida suitsidal axloqqa bir muncha mubtalo bo`lganlardan biri 
hisoblanadi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin