208
Bu variant, A.G.Ambrumovaning fikricha, moslashish jarayonining jadalligi
va plastikligini umumiy pasayishida qadriyatli-orientatsion
va kommunikativ
faoliyatni bir muncha ko`tarilishga mubtalo bo`lgan chegarali buzilishlar uchun
xarakterlidir. Psixotik buzilish o`zida patologik reaktsiya qilishning yangi sifat
darajasiga o`tish bilan global moslashmaganlikni aks ettiradi.
Ob'ektiv sabablar va sub'yektiv kechinmalar bir biriga mos tushmasligi
mumkin. Moslashmaganlik – suitsidning faqat ehtimoliy shartlaridan biridir.
Suitsidga olib keluvchi ijtimoiy-psixologik moslashmaganlikni dinamikada ko`rib
chiqib, muallif ikki fazani ajratadi: predispozitsion hamda suitsidal.
Predispozitsiya (moslashmaganlikning mavjudligi) suitsidal axloqning
to`g’ridan-to`g’ri determinanti bo`lib xizmat qilmaydi. Uning suitsidal fazasi
o`tishida shaxs tomonidan boshdan kechirilgan nizolar hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Nizolar shaxslararo va shaxslar ichidagi xarakterni olishi mumkin.
U holda ham, bu
holatda ham u ikki yoki bir necha turli yo`nalishli tendensiyalardan tashkil topadi,
bittasi asosiy, inson uchun ushbu daqiqada dolzarb ehtiyojdan, boshqasi esa – uni
qondirishga to`sqinlikdan iborat. Nizolarni yechish u sodir bo`lgan muhit va
zaxiradagi moslashuv mexanizmlari tizimining ahamiyatiga bog’liq. Shaxsning
moslashmaganlik ostonasidan o`tuvchi nizolar krizisli hisoblanadi. Shunday qilib,
predispozitsion moslashmaganlik va nizoli vaziyatni o`zgartirishga qodir real
usullarning imkonsizligi sharoitida suitsid o`zi boshqa hamma harakatlarni
almashtiradigan yagona reaktsiyasi, har qanday faoliyatdan o`zini
chetlatish usuli
sifatida bo`lib chiqadi.
E.Shneydman suitsidni psixologik ehtiyojlar nuqtai nazaridan ko`rib chiqishni
taklif qiladi. Uning nazariyasiga muvofiq suitsidal axloq ikki tayanch lahzani
aniqlaydi:
– qolgan boshqa hamma narsadan kuchli bo`lgan qalb og’riqi;
– frustratsiya holati yoki shaxsning bir muncha ahamiyatli ehtiyojiga noto`g’ri
ma'no berish.
Ijtimoiy-psixologik yondoshuvlar doirasida shaxsiy xususiyatlar va suitsidal
axloq o`rtasidagi aloqani o`rganuvchi ishlar ham keng taqdim etilgan. Deviatsiya
209
tipi, masalan, zo`ravonlik yoki o`z-o`zini destruktsiyalash tipi shaxsning xususiyati
bilan aniqlanishi haqidagi fikr tarqalgan. A. Ye.Lichko o`smir xarakterining
aktsentuatsiyasi tipi va suitsidal axloq o`rtasidagi aloqani ta'kidlaydi. Xullas,
suitsidal namoyishlar 50%foiz holatlarda asabiy, noturg’un, gipertim tiplar bilan,
suiqasd esa sensitiv (63 %foiz), sikloid (25 %foiz) tiplar bilan uyg’unlashadi.
Ye.I.Lichko
shizoidlarning
o`ta
past
suitsidal
faolligini
ta'kidlaydi.
V.T.Kondratenko, aksincha, shizoid, psixastenik,
sensitiv, qo`zg’aluvchan va
epileptoid tiplar foydasiga ma'lumotlar keltiradi. Mualliflar bir fikrda
qo`shilishadilar, o`smirlarning astenik, gipertim, noturg’un tiplari suiqasd va
suitsidga moyil emasdirlar.
N.V.Konanchuk, V.K.Myager suitsident uchun uchta asosiy xislatni
ajratdilar:
ehtiyojlarning yuqori zo`riqishi;
yuqori ahamiyatli munosabatlarda hissiy yaqinlikka ko`tarinki ehtiyoj;
past frustratsiyali tolerantlik va to`lovlarga zaif qobiliyat.
Turli mualliflardan olinagan ma'lumotlarni yig’ib, suitsidentning qandaydir
umumlashgan psixologik portretini tasavvur qilish mumkin. Uning uchun o`z-o`zini
past baholashdek, o`z-o`zini amalga oshirishga yuqori ehtiyoj xarakterlidir. Bu
og’riqni yengishga past qobiliyatli sensitiv, empatik inson. Uni baland xavotirlilik
va pessimizm, o`z-o`zini ayblash tendensiyasi va toraygan (dixotomik)
fikrlashga
moyilligi farqlaydi. Iroda kuchining qiyinchiligi va muammoning yechimidan ketish
tendensiyasi ham ta'kidlanadi. Keltirilgan portret ushbu qismning ikkinchi bo`limida
yoritilgan antiijtimoiy shaxs tavsifnomasiga to`g’ridan-to`g’ri qaratama-qarshidir.
Suitsidal axloq xarakteri va determinatsiyani yorug’likka olib chiquvchi
nazariyalar sharhi ushbu ko`rinishning murakkabligi, siyosatliligi haqida xulosa
qilish imkonini beradi. Shu bilan birgalikda, shaxs suitsidal axloqining bir necha
xatar omillarini ajratish mumkin:
-
suitsidning avvalgi urinishlari (ushbu odamning);
-
suitsidning oilaviy tarixi;
210
– krizisli vaziyat (tuzalmaydigan kasallik, yaqin kishisining o`limi, ishsizlik va
moliyaviy muammolar, ajrashish);
– oilaviy omil (ota-onalarning
ruhiy azoblanish holati, bolalar jarohati,
surunkali janjallar, uyg’unlashmagan tarbiya);
– hissiy buzilishlar (dastavval ruhiy azoblanish holati);
– psixik kasalliklar (piyonistalik, giyohvandlik, shizofreniya);
– ijtimoiy modellashtirish (OAV dagi suitsid namoyishi, ularning adabiy
asarlardagi surati – “Verter samarasi”).
Bundan tashqari, xatarning quyidagi guruhlari ajratiladi: yoshlar, keksa
odamlar, jinsiy kamchilik, harbiy xizmatchilar, urush va urush nizolari veteranlari,
shifokorlar va ba'zi bir boshqa kasb vakillari.
Dostları ilə paylaş: