O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   187
Psixopatologik yondoshuvda
suitsidni o`tkir yoki surunkali psixik buzilish 
sifatida ko`rib chiqadi. O`z-o`zini o`ldirishni alohida nozologik birlik
suitsidomaniyaga ajratishga urinish bo`ldi, biroq muvaffaqiyatli chiqmadi. Suitsidal 
axloqqa bir muncha o`xshash nuqtai nazarni chegaradagi holat kabi qarash 
ifodalaydi. 
A.Ye.Lichko yozadi: “O`smirlarda suitsidal axloq – bu asosan cheklangan 
chegara yonidagi psixiatriya muammosi, ya'ni xarakter aktsentuatsiyasi fonida 
reaktiv psixopatik va nopsixotik holatlarni o`rganish sohasidir”. Muallifning 
kuzatishi bo`yicha, faqat 5 % foizgina suitsid va urinish psixozga tushadi, ayni 
vaqtda psixopatiyaga 20-30% foizi kiradi, qolganlari esa o`smir krizisidir.
Umuman olganda, statistik jihatdan suitsidal axloq va aniq psixik buzilish 
o`rtasidagi yetarlicha aloqa aniqlanmagan. Shu bilan birga, ba'zi bir patologik holat 
va buzilishlar uchun suitsidal axloq yuqori, masalan, o`tkir psixotik holatlar va ruhiy 
azoblanish holati uchun. Ruhiy azoblanish holati suitsid bilan aloqada bir muncha 
tez yodga olinadi, bu esa uni izchil ko`rib chiqish zaruriyatini belgilaydi.
Tashxisiy ma'noda “ruhiy azoblanish holati” atamasi turlicha etiologiya va 
klinik ko`rinishlar bilan nozologik birlikning keng spektrida ishtirok etuvchi affektiv 


206 
buzilishni bildiradi. Ruhiy azoblanish holati sub'ektiv jihatdan tushkun kayfiyat, 
ruhiy ezilgan, umidsizlik, zaiflik, aybdorlik sifatida boshdan kechiriladi. 
Kasalliklarning xalqaro tasnifining ko`rib chiqishda F32 rubrikasida ruhiy 
azoblanish holatini tashxis qilish uchun yetakchi sifatida somatik sindrom deb 
aytiladi.
Aniq odamda ikki haftadan kam bo`lmagan muddat ichida uning uch yoki 
undan ortiq belgilari namoyon bo`ladi:
– odatda yoqimli bo`lgan faoliyatidan qoniqish yoki qiziqishlarning pasayishi;
– me`yorda uni chaqiruvchi faoliyat (hodisa)ga reaktsiyaning yo`qligi; 
– ertalablari odatdagi vaqtdan ikki (yoki undan ortiq) soat avval uyg’onish;
– tashqaridan aniq ko`rinib turgan psixomotorli tormozlanish yoki qattiq 
hayajon; 
– ishtahaning sezilarli pasayishi (ko`tarilishi);
– og’irlikning pasayishi;
– libidoning sezilarli pasayishi; 
– energiyaning susayishi; 
– yuqori toliqish.
Somatikka qo`shimcha ravishda quyidagi psixologik belgilar aytiladi: o`z-
o`zini past baholash; o`z-o`zini sababsiz muhokama qilish tuyg’usi; aybdorlikning 
haddan tashqari va noteng tuyg’usi; o`lim haqida takrorlanuvchi xayollar, suitsidal 
axloq; qat'iyatsizlik. Odamga jiddiy xavotir keltiradigan boshqa tez-tez uchraydigan
simptom ba'zida shunchalik aniq ko`rinib, xatto organik dementsiya kabi qabul 
qilish mumkin bo`lgan yaqqollikning yoki tafakkur samaradorligining buzilishi 
hisoblanadi. Ruhiy azoblanish holati, shunday qilib, sub'ektiv yomon kayfiyatdan 
tashqari, aniq ko`rinib turgan somatik ko`rinish, o`z-o`zini past baholash, 
tafakkurning buzilishiga ega.
Suitsidal axloqning psixik buzilish (ayniqsa, affektiv buzilishlar) bilan 
aloqasiga birday bo`lmasa-da o`rin bo`lishiga qaramay, hozirgi vaqtda ko`pchilik 
mualliflar suitsidal harakatni psixik kasalligi bo`lgan odamlar bir qatorda sog’lom 
shaxslar ham sodir etishlari mumkin. Birinchi holatda gap ko`pincha tibbiy 


207 
aralashuvchi talab qiluvchi patologiyaning ko`rinishlari haqida borishi lozim. 
Ikkinchi holatda esa butunlay sog’lom odamning psixik jarohat yetkazuvchi 
vaziyatga javoban tezda ijtimoiy-psixologik yordam ko`rsatishni taqozo qiluvchi 
og`ishgan axloqi haqida so`zlash mumkin. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin