O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


Suitsidning shakllanish kontseptsiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   187
3.Suitsidning shakllanish kontseptsiyasi.
Suitsidal axloqni tushuntiruvchi 
asosiy kontsyeptsiyalarni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin: sotsiologik, 
psixopatologik va ijtimoiy-psixologik. 
Sotsiologik yondoshuv
doirasida suitsidal axloq va ijtimoiy sharoitlar 
o`rtasidagi aloqa deklaratsiyalanadi. Bunga o`xshash qarashlar asosida 
E.Dyurkgeymning “anomiya” – jamiyatning qadriyatli-me`yoriy tizimidagi buzilish 
haqidagi ta'lim yotadi. Dyurkgeym ta'kidlaydiki, jamiyatda o`z-o`zini o`ldirish 
miqdori dunyo (qadriyatlar axloqiy me`yorlar) ni individual ko`rishni belgilovchi 
ijtimoiy hayotning alohida faktlari kabi “jamoaviy tasavvurlar” aniqlaydi. Masalan, 
jamoaviy aloqa, jamiyatning jipslashganligi bu ma'noda o`z-o`zini o`ldirishni 
to`xtatadi. qachonki jamiyatning jipsligi zaiflashsa, shaxs ijtimoiy hayotdan 
chekinadi va umumiy farovonlikka o`zining shaxsiy maqsadlarini qo`yishga intiladi, 
bu esa hayotdan ketish qaroriga sabab bo`lishi mumkin.
O`z-o`zini o`ldirishga, qisman siyosiy vaziyat, shu jumladan, urushlar ham 
ta'sir ko`rsatadi. 1866 yili Avstriya va Italiya o`rtasida urush kechganida har ikki 
davlatda o`z-o`zini o`ldirish miqdori 14 %foizga pasaygan. Xuddi shun tendensiya
Ikkinchi Jahon urushida ham kuzatilgan. Aksincha, tinch vaqtda armiya o`z-o`zini 
o`ldirish uchun farovon ijtimoiy muhit hisoblanadi, ehtimol, o`z manfaatidan 
kechish va javobgarsiz atmosferasi kuchidadir. Barcha Yevropa davlatlari uchun 
o`z-o`zini o`ldirishga moyillik harbiylarda shu yoshdagi fuqarolarga qaraganda 
ahamiyatli tarzda jadaldir. 
Ma'lumki, iqtisodiy krizislar o`z-o`zini o`ldirishga moyillikni kuchaytirish 
imkoniyatiga ega. Davlatlarning iqtisodiy holati va o`z-o`zini o`ldirish foizi 
o`rtasidagi nisbat umumiy qonun hisoblanadi. Masalan, bankrot bo`lish sonining 
to`satdan ko`tarilishi, odatda, o`z-o`zini o`ldirish sonining o`sishiga olib keladi. 


205 
Zamonaviy tadqiqotchilar o`z-o`zini o`ldirish ijtimoiy ko`rinish kabi 
jamiyatning diniy ongini rivojlanishida muhim omil sifatida ajratadilar. E'tiqod, 
ayniqsa, islom, suitsidal axloq ehtimolini ahamiyatli tarzda pasaytiradi. Diniy 
etikada o`z-o`zini o`ldirish og’ir gunoq sifatida baholanadi, shuning uchun e'tiqodli 
odamning suitsidal axloqiga ma'naviy ta'qiq qo`yadi. Xristian davlatlarida bugungi 
kunda o`z-o`zini o`ldirishga jamoatchilikning liberallashgan munosabati 
kuzatilmoqda. Yanada ko`proq evtanaziya imkoniyati shifokor yordamida hayotdan 
ixtiyoriy ketish jiddiy muhokama qilinmoqda. 2002 yili Gollandiyada (insoniyat 
tarixida birinchi bor) evtanaziyani boshqaruvchi qonun qabul qilingan.
Oilaviy ta'sir muhim bo`lib qoladi. Oila tarixida o`z-o`zini o`ldirishning 
mavjudligi suitsid yuzaga kelishining xavfini oshiradi. Bundan tashqari, ota-
onalarning shaxsiy xususiyatlari, masalan, ruhiy azoblanganlik suitsidal dinamika 
omili bo`lib chiqishi mumkin.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin