194
natijasida kechadi. Tabiiy tanlanish tufayli populatsiyalarning genofondida
foydali, ya’ni mazkur muhit sharoitida organizmlarning
yashab qolishini
ta’minlaydigan genlar mustahkamlanadi. Ularning ulushi orta boradi va
genofondning umumiy tarkibi o‘zgaradi.
XX asrga kelib irsiyat va o‘zgaruvchanlik, bir
va har xil turga kiruvchi
organizmlar orasidagi munosabatlar, tur strukturasi kabi masalalar atrofl icha
o‘rganila boshlandi.
Genetika, ekologiya, molekular
biologiya singari bio-
logiyaning yangi shoxobchalari shakllandi. Mazkur fanlarning klassik darvinizm
bilan qo‘shilishi natijasida evolutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi.
Evolutsiya sintetik nazariyasining asosiy qoidalarini quyidagicha ifodalash
mumkin:
1. Populatsiya – evolutsiyaning eng kichik, elementar birligi.
2. Populatsiya genetik tarkibining o‘zgarishi evolutsiyaning elementar
hodisasi hisoblanadi.
3. Evolutsiyaning boshlang‘ich materiali
mutatsion va kombinativ
o‘zgaruvchanlik hisoblanadi.
4. Evolutsiyaning harakatlantiruvchi omillari: populatsiya to‘lqini, genetik-
avtomatik jarayonlar (genlar dreyfi ), migratsiya, alohidalanish, yashash uchun
kurashda yuzaga chiqadigan tabiiy tanlanishdan iborat.
5. Mutatsion va kombinativ o‘zgaruvchanlik, populatsiya to‘lqini va
alohidalanish tasodifi y yo‘naltirilmagan xarakterga ega omillardir.
6. Evolutsiyaning yo‘naltiruvchi omili yashash uchun kurash asosida paydo
bo‘ladigan tabiiy tanlanishdir.
7. Evolutsiya asta-sekin va uzoq davom etadigan jarayondir.
8. Tur o‘zaro bog‘langan, morfologik, fi ziologik
va genetik jihatdan farq
qiladigan, biroq reproduktiv jihatdan alohidalashmagan birliklar – kenja turlar
va populatsiyalardan tarkib topadi.
9. Allellar almashinuvi, genlar oqimi tur ichidagina ro‘y beradi.
10. Evolutsiya divergent xarakterga ega, ya’ni
bir turdan bir necha turlar
kelib chiqishi mumkin, ba’zan esa yagona bir turdan boshqa yagona tur kelib
chiqishi mumkin.
11. Mikroevolutsiya tur doirasida, makroevolutsiya turdan yuqori sistematik
birliklarda yuzaga keladigan evolutsion jarayonlarni ifodalaydi.