Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

2-topshiriq.
Quyidagi jadvalni to‘ldiring.
Fan dalillari
Ta’rifi 
Misollar
Rudiment organlar
Atavizmlar
47-§. EVOLUTSIYANI ISBOTLASHDA SOLISHTIRMA
ANATOMIYA, PALEONTOLOGIYA FANLARI DALILLARI
Solishtirma anatomiya.
Makroevolutsiyani isbotlashda gomologik, ana-
logik, rudiment organlar, shuningdek, atavizm hodisasining ahamiyati benihoya 
katta.
Gomologik organlar
. Bajaradigan funk siyasidan qat’i nazar tuzilishi 
va kelib chiqishi jihatidan bir-biriga o‘xshash organlar gomologik organlar 
deb ataladi. Umurtqali hayvonlarning quruqlikda, suvda, havoda tarqalgan 
vakillarida oldingi oyoq yurish, yer qazish, uchish, suzish vazifasini bajaradi. 
Lekin ularning hammasida oldingi oyoq yelka, bilak, tirsak, kaft usti, kaft va 


205
barmoq suyaklaridan iborat (110-rasm). Gomo-
logik organlar o‘simliklarda ham uchraydi. 
Chunonchi, no‘xat gajaklari, zirk va kaktus 
tikanlari shakli o‘zgargan bargdir.
Analogik organlar
deyilganda bajaradigan 
funksiyasi jihatidan o‘xshash, ammo kelib chi-
qi shi jihatidan har xil organlar tushuniladi. Kak-
tus ning tikanlari barg, do‘lananing ti kan lari 
poya, atirgul, malinaning tikanlari esa epi dermis 
o‘simtalarining o‘zgarishidan hosil bo‘l gan 
(111-rasm). Bosho yoq li mollus ka lar ko‘zi bilan 
umurtqali hayvonlarning ko‘zi ham analogik 
organlarga misoldir. Boshoyoqli molluskalarda 
ko‘z ektoderma qavati ning cho‘ zi li shi dan, umurt-
qalilarda bosh miya yon o‘simta sidan rivoj lanadi.
Rudiment va atavizmlar.
Evolutsion ja-
rayonda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan organlar 
ru-
di ment organlar
deb ataladi. Rudi ment organ -
lar qadimgi ajdodlarda normal rivojlangan va 
ma’lum funksiyani bajargan. Evolutsion jarayon-
da ular o‘zi ning biologik ahamiyatini yo‘qotib, 
qoldiq shaklida saqlanib qolgan (112-rasm).
O‘simliklar ildiz poyasidagi qobiqlar rudi-
ment holdagi barg hisoblanadi. Rudiment or-
gan lar o‘simliklarda ham, hay vonlarda ham 
uchraydi. Otning ikkinchi va to‘rtinchi bar-
moq lari, kitning dumg‘aza va orqa oyoq 
suyak lari, pashshalarda bir juft kichik qanotlar 
ham rudiment organlardir. O‘simlik, hayvon 
va odam lardagi rudiment organlar muhim 
evolutsion dalil hisoblanadi. 
Organik olamning tarixiy rivojlanishini 
atavizm ho disasi ham tasdiqlaydi. 
Atavizm
ayrim individlarda ajdod belgilarining takrorlanish hodisasidir. Masalan, ahyon-
ahyonda toychalar orqasida xira yo‘l chiziqlari paydo bo‘lish hollari ham 
uchraydi. Bular xonaki otning yovvoyi ajdodlari yo‘l-yo‘l terili bo‘lganligidan 
dalolat beradi. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin