Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Fermentativ funksiya.
Fermentlar plas-
tik va energetik almashinuv reaksiyalarida katalizatorlik vazifasini bajaradi. 
Barcha fermentlar oqsil tabiatiga ega. Har bir ferment ma’lum bir modda 
(substrat)ga ta’sir ko‘rsatadi va ma’lum tipdagi reaksiyalarni tezlashtiradi.
Transport funksiyasi. 
Umurtqali hayvonlar qonida gemoglobin, umurtqasiz 
hayvonlar qonida gemosianin, muskul to‘qimasida mioglobin O

va CO
2
ning 
transportini, qon plazmasi oqsili – albumin lipidlar, yog‘ kislotalari va boshqa 
biologik faol moddalar transportini ta’minlaydi. Hujayra membranasi oqsillari 
esa membrana orqali moddalarni o‘tkazish vazifasini bajaradi. 
Himoya funksiyasi. 
Antitana, antitoksin, interferon oqsillari organizmni 
yot moddalardan himoya qiladi. Qon tarkibidagi immunnoglobulin oqsili 
qonga kirgan virus va bakteriyalarni taniydi, zararsizlantiradi. Qon plazmasi 
tarkibidagi fi brinogen, trombin oqsillari qonning ivishini ta’minlaydi. 
Toksin (zahar) funksiyasi
. Ayrim hayvonlar o‘zini dushmandan himoya 
qilish uchun maxsus zaharlar ishlab chiqaradilar. Botulizm, vabo va difteriya 
kasalligini chaqiruvchi mikroblarning zaharlari ham oqsil tabiatga ega.
9-rasm

A – oqsilning birlamchi tuzilmasi
B – oqsilning ikkilamchi tuzilmasi; 
C – oqsilning uchlamchi tuzilmasi
D – oqsilning to‘rtlamchi tuzilmasi.


28
Azotli asoslar
Purin asoslari
Pirimidin asoslari
Adenin
Guanin
Sitozin 
Timin
Uratsil
10-rasm.
Azotli asoslar.
Gormonal funksiya
. Insulin, somatotropin, vazopresin kabi gormonlar 
oqsil tabiatiga ega. 
Harakat funksiyasi.
Muskul hujayralari tarkibiga kiruvchi aktin va miozin 
oqsillarining kompleksi – aktomiozin ATF energiyasi hisobiga muskulning 
qisqarishini ta’minlaydi. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin