Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 10 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
886
October, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
Darsni kuzatish.
Dars tahliliga kirish uchun quyidagi qoidalar majburiydir:
- dars boshlanguncha va mazmuni bilan tanishmay turib o„qituvchi yoki
muhandis-pedagoglarni, o„quvchilarni turli savollarga
jalb etmaslik;
- savollarni faqat fan dasturi va
rejasi yuzasidan berish;
- dars paytida o„quv xonasi,
ustaxonasida yurish,
daftarlarga qarash va
o„quvchilarni turli savollar bilan chalg`itmoq mumkin emas;
- darsga kech kirish va qo„ng`iroq chalinguncha
chiqib ketish mumkin emas;
- dars jarayonida kuzatuvchi o„qituvchining ishiga aralashishiga haqi yo`q,
xattoki o„qituvchi qaysi bir sohada hatoga yoki kamchilikka yo`l qo„ysa ham (dars
materialini xato tushuntirishi yoki dars usulida hatoga yo`l qo„ygan paytlarda). U
barcha kamchilik va hatolarni darsdan so„ng ko„rsatib o„tishi mumkin.
- kuzatuvchi diqqat va e‟tibor bilan darsni kuzatishi
lozim va tez tanqidiy
nuqtai-nazar bilan darsdagi barcha xolatlarni daftariga yozib borishi kerak.
Darsni tahlil qilishda quyidagi faoliyat mezonlarini asos sifatida olish
mumkin:
1. Darsga tayyorgarlik:
- Dars oldindan rejalashtirilganligi va tayyorlanganligi haqida dalil (Masalan:
dars rejasi, dars ishlanmasi, texnologik xarita, baholash paketi).
- Dars rejasi aniq maqsad va vazifalarga egaligi haqidagi dalil.
- Dars rejasi tuzilishi mantiqan to„g`ri tashkil etilganligi haqida dalil.
Dostları ilə paylaş: