Shaklida o„tkaziladigan darslar ochiq darslar deb ataladi



Yüklə 334,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix06.09.2023
ölçüsü334,89 Kb.
#141807
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
ochiq-darslarni-o-tkazish-va-ochiq-darsni-tahlil-qilish-metodikasi

 
 
 
 
 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 10 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
886
 
October, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Darsni kuzatish. 
Dars tahliliga kirish uchun quyidagi qoidalar majburiydir: 
- dars boshlanguncha va mazmuni bilan tanishmay turib o„qituvchi yoki 
muhandis-pedagoglarni, o„quvchilarni turli savollarga jalb etmaslik;
- savollarni faqat fan dasturi va rejasi yuzasidan berish;
- dars paytida o„quv xonasi, ustaxonasida yurish, daftarlarga qarash va 
o„quvchilarni turli savollar bilan chalg`itmoq mumkin emas;
- darsga kech kirish va qo„ng`iroq chalinguncha chiqib ketish mumkin emas;
- dars jarayonida kuzatuvchi o„qituvchining ishiga aralashishiga haqi yo`q, 
xattoki o„qituvchi qaysi bir sohada hatoga yoki kamchilikka yo`l qo„ysa ham (dars 
materialini xato tushuntirishi yoki dars usulida hatoga yo`l qo„ygan paytlarda). U 
barcha kamchilik va hatolarni darsdan so„ng ko„rsatib o„tishi mumkin.
- kuzatuvchi diqqat va e‟tibor bilan darsni kuzatishi lozim va tez tanqidiy 
nuqtai-nazar bilan darsdagi barcha xolatlarni daftariga yozib borishi kerak. 
Darsni tahlil qilishda quyidagi faoliyat mezonlarini asos sifatida olish 
mumkin:
1. Darsga tayyorgarlik:
- Dars oldindan rejalashtirilganligi va tayyorlanganligi haqida dalil (Masalan: 
dars rejasi, dars ishlanmasi, texnologik xarita, baholash paketi).
- Dars rejasi aniq maqsad va vazifalarga egaligi haqidagi dalil. 
- Dars rejasi tuzilishi mantiqan to„g`ri tashkil etilganligi haqida dalil.

Yüklə 334,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin