Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 10 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
877
October, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
Ochiq darslar o„quv rejadagi barcha fanlardan o„tkazilishi mumkin.
Umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan o„tkaziladigan ochiq darslarga alohida
e‟tibor berish tavsiya etiladi. Ochiq darsni o„tkazish to„g`risidagi taklif pedagog
kadrlar tomonidan o„quv semestri boshlanishiga qadar kafedra mudiriga ma‟lum
qilinadi.
Kafedra mudiri, ochiq darsga taklif etilishi mumkin bo„lgan
tajribali
pedagoglar, etakchi olim va yuqori malakali mutaxassislar(tashqi ekspertlar)
ro„yhatini tuzadi hamda belgilangan jadval shaklida ochiq darsga oid zarur
ma‟lumotlarni muassasa o„quv ishlari bo„yicha direktor muoviniga topshiradi. Ochiq
darslarni o„tkazish to„g`risidagi kafedralar takliflari kasb-hunar kollejlari va
akademik litseylar bo„yicha
umumlashtirilib, direktor tomonidan tasdiqlanadi.
Ochiq dars, odatda ikki akademik soatga mo„ljallanadi. Ma‟ruzachi savol va
javoblar uchun kamida 5- daqiqa vaqt zahirasiga ega bo„lishi tavsiya qilinadi.
Ma‟ruza mavzusi, uslubi, texnik vositalari ma‟ruzachi tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Ochiq dars o„tkazilishi haqidagi axborot, akademik
litsey yoki kasb-hunar
kollejlarida bir hafta oldin e‟lon qilinadi. E‟londa ochiq dars mavzusi,
ma‟ruzachining familiyasi, ismi-sharifi, ilmiy darajasi, unvoni va toifasi hamda ochiq
darsni o„tkazish kuni, joyi va vaqti ko„rsatiladi. Ochiq darsga boshqa akademik litsey
yoki kasb-hunar kollejlaridan tajribali o„qituvchilar, korxonalarning yuqori malakali
mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Ochiq darsda ushbu darsni tashkil etayotgan
kafedraning yosh pedagoglari,
magistrantlar, aspirantlar va muhandis-pedagoglarining qatnashishi tavsiya etiladi.
Ochiq darslarni odatda tajribali pedagog xodimlar, yangi metodik usullarni tavsiya
qiluvchi o„qituvchi, muxandis-pedagog shuningdek
kasb-hunar kollej direktori
hamda uning o„rinbosarlari o„tkazadilar, ishni yangi boshlayotgan o„qituvchi yoki
muhandis-pedagoglar ulardan mashg`ulotlar o„tkazish metodikasini o„rganib olishlari
mumkin. Darsning stsenariyasi va rejaga o„qituvchiga tomonidan tuziladi hamda
kafedraning e‟tiboriga havola qilinadi.
Ochiq
darslarning
rejasini
tuzishda,
darslarning
barcha
turlarida
samaradorligiga erishish o„quv jarayonini vositalariga ahamiyat berish talab qilinadi.
Ochiq darslarni o„tkazish rejasi kasb xunar kollejda rektori yoki uning o„quv ishlab
chiqarish ishlari bo„yicha o„rinbosarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ochiq darslarning
mavzusi mualif tomonidan belgilanadi va o„quv adabiyotlarida kam yoritilgan yoki
uddalashtirilishi qiyin bo„lgan mavzularga ko„proq e‟tibor qaratish lozim.
Har bir ochiq darsga puxta tayyorgarlik ko„rish kerak,
bu tayyorgarlik ochiq darsning hamma elementlarini ishlab
chiqarish,
ish bosqichlarni, vaqtlarga bo„lish, darsni ko„rgazmali