Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 10 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 885 October, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 10. O„qituvchining darsdagi rahbarlik roli va ish uslubi, ta‟limni tarbiyaga
bog`lashi.
11. Dars jarayonida o„lkashunoslik materiallaridan foydalanishi.
12. Darsda o„quvchilarning o„zlashtirish sifati.
13. O„qituvchining darsda asosiy maqsadga erisha olganligi.
14. O„qituvchining ilmiy, metodik va umumpedagogik jihatdan yordamga
muhtojligi kabilar.
Psixologik tahlil-psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilish. Darsni psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilishda quyidagilarni xisobga olish maqsadga muvofiqdir: 1. Darsning aniq maqsad va vazifalariga bog`liq ravishda tuzilishiga psixologik
baho berish.
a) darsning mavzusi, maqsad va vazifalari:
b) darsning tuzilishi va uning psixologik jihatdan maqsadga muvofiqligi.
2. Darsning mazmuniga psixologik jihatdan baho berish.
a) o„quv materiallarining sifati (tasvirlovchi, tushunti-ruvchi ko„rgazmalilik,
aniqlik, mavhumlik va umumlashganlik darajasi);
b) o„quvchi bilan faoliyatni faollashtirish, o„quv axborotini idrok etishi
(obrazli, og`zaki mantiqiy xotirani, hayoliy tafakkurni, hayotni his-tuyg`ularni
uyg`otadi ) mazkur material o„quvchilar bilim faoliyatining yosh hususiyatlariga,
ularning hayotiy tajribasi va bilimlari darajasiga mos kelishi;
d) o„qituvchining murakkab o„quv materialini mazkur yoshdagi
o„quvchilarning idrok etishi uchun qulay, tushunarli va qiziqarli uyushtirish (bayon
qilishning ravshanligi, oddiyligi, yorqin misollar, o„xshatishlar, qiyoslashlarning
mavjudligi, ko„rgazmali materiallardan foydalanishi, hayot bilan bog`lanishi;
e) o„rganilayotgan materialning tarbiyaviy (axloqiy, estetik va hokazo) ta‟siri.
O„qituvchi uning tarbiyaviy imkoniyatlarini qay darajada amalga oshiradi.
3.Darsda o„quvchilar bilim faoliyatining namoyon bo„lishi va uni boshqarish.
Dars samaradorligi va o„qituvchining ish faoliyatini yanada yaxshilashga oid dars
kuzatuvchi tomonidan beriladigan takliflar ta‟lim-tarbiya ishlarini yanada
takomillashtirishga yordam berishi lozim. Ma‟lumki, dars tahlili faqatgina metodik
ahamiyatga ega bo„lib qolmay, kasb-hunar kollejlarda o„quv-tarbiya ishlariga
rahbarlik va nazoratning muhim shakli hamdir