tili va yozuvi (milodning I asri) so‘g‘d tili va yozuvi )(milodiy I-IV asrlar), sak tili
va yozuvi (m.a IV- Va) va yozuvi kabilar mavjud edi.
1
Hozirgi ilmiy adabiyotlarda o‘rxun-enasay yozuvchi yodgorliklari ko‘proq
o‘rganilganligi tufayli ilk manba sifatida ushbu yozuv namunalari e’tirof etiladi.
O‘rxun-enasay yozuvi yodgorliklarini turkiy tillarning birontasiga tegishli
debbo‘lmaydi, aksincha barcha turkiy tillarning mushtarak yodgorligi hisoblanadi.
Bu yodgorliklar katta xududda tarqalgan bo‘lib, qabrtoshlarga tayoqlarga va
qoyalarga yozib qoldirilgan. Bu manbalar o‘qmishi qiyin “jumboq”, “runa”,
“runiy”(sirli-yashirin demakdir) yozuvi dastlab daniyalik olim V.Tomsen va rus
turkologi V.V.Radlov o‘qigan. Ular bu yodgorliklarning til xususiyatlari turkiy
xalqlarga tegishliy ekanligini aniqlaganlar.
2
O‘rxun-enasoy yozuvida bitilgan eng yirik obidalarga: O‘ngin (angin)
bitiktoshi, to‘nyuquq, kul tigin, Bilga hoqon, Quli gur, Moyun gur, Irq bitig
kiritiladi.
3
Keyingi manba sug‘d yozuvi asosida shakllangan uyg‘ur yozuvida yozilgan
matnlardir. Bu yozuv yodgorliklari to‘rt guruhga bo‘linadi: a) xuast uanift
(monaviylarning tavbanomasi); 2) Shahzodalar Qalyanamqara va Papamqara
haqida qissa; 3) oltin yoruq; 4) sekiz yukmak.
4
Keyingi manbalarga Qoraxoniylar davri (XI-XII) asr va undan keyin yozilgan
yodgorliklar kiradi. Bu yodgorliklar qarluq dialektiga asoslanadi. Ularga
“Qutadg‘u bilig”, “Hibatul haqayiq”, “O‘g‘uznoma”, “Devoni hikmat”, “Qisasul
Anbiyo” (Qissasi Rabg‘o‘ziy) kabi asarlar kiritiladi.
5
Ma’lumki, Qoraxoniylar davrida fan, madaniyat, adabiyot rivojlanadi. Badiiy
va ilmiy asarlar yaratiladi. XI-XII asrda turkiy qabilalarning tabaqalanishi
tezlashadi. Bu jarayon XIII-XIV asrlarga borib tugallanadi. Shuning uchun bu
davrda yaratilgan yozma manbalar O‘rta Osiyoda yashovchi barcha turkiy
xalqlarning madaniy yodgorligi hisoblanadi. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash
lozimki, yuqorida aytib o‘tilgan manbalar A.Navoiygacha bo‘lgan davrdagi turkiy
tillar fonetikasi, leksikasi, grammatikasini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: