Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi



Yüklə 389,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix07.09.2023
ölçüsü389,5 Kb.
#141860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Qiyosiy-leksika 
ning o‘rganilishi qardosh tillarni qiyosiy o‘rganish ma’lum 
tilga oid bilimlarni yanada chuqurlashtirishga, tillararo mushtarak hamda o‘ziga 
xos xususiyatlarni aniqlashga, mavjud nazariy fikrlarni to‘g‘ri hal etishga yordam 
beradi. Shuningdek, ilmiy-qiyosiy grammatikaning yaratilishiga zamin, yaratadi. 
Hanuzgacha turkiy tillar leksikasiga xos so‘zlarni tematik guruhlarga ajratilib 
qiyosiy landa o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar unchalik ko‘p emas. Shunga 
qaramasdan, turkiy tillarda sohalar leksikasiga xos nomlarni qiyosiy tillarda 
sohalar leksikasiga xos nomlarni qiyosiy-tarixiy jihatdan o‘rganish bo‘yicha 
N.Ismoilov va boshqalarning “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston turkiy tillari 
leksikasidan tadqiqot” nomli asari mavjud ekanligi alohida ahamiyat kasb etadi. 


Ushbu ishda turkiy tillarda uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasi, mevali daraxt 
nomlari, poliz ekinlari nomlari ningo‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, 
turkman tilidagi ifodalanishi qiyosiy planda tadqiq etilgan. 
Masalan, uy-ro‘zg‘or buyumlari: 
a)
oshxonaga oid uy-ro‘zg‘or buyumlari; 
1. O‘choq- 
uch tomoni yopiq, ichiga o‘t yoqiladigan, ovqat pishirish uchun 
ustiga qozon o‘rnatiladigan maxsuz qurilma. Qadimiy so‘z bo‘lib, turkiy tillarning 
yozma manbalarida otčuq, očuq, očaq (DTS) ochaq (MK) ochaq (Attuhfa), ojak, 
yrak, oshak tarzida ifoda . Ba’zi tarxiy lug‘atlarda o‘choq ma’nosi iodalovchi 
sachoq so‘zi qo‘llangan. Qiyoslangan turkiy tillarda quydagi shakllarda 
ifodalangan. 
O‘choq (o‘zb), ochaq (uyg‘), o‘shaq (qoz), ochak (qirg‘iz), oshak (qq.) ojak 
(turkm). 
O‘choq so‘zi kuzatilgan tillarda ko‘chma ma’nolarda ya’ni biror narsa paydo 
bo‘lgan, amalga oshadigan tarqaladigan joy, manba markaz ma’nosida, (bilim 
o‘chog‘i o‘zbekchada), qoraqalpoq tilida oila, turkman tilida avlod ma’nolarida 
qo‘llangan. O‘choq so‘zining etimologiyasi haqida turli fikrlar mavjud. 

Yüklə 389,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin