Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi



Yüklə 389,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/18
tarix07.09.2023
ölçüsü389,5 Kb.
#141860
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18


 
 
 
 

TURKIY TILLARNING
 
QIYOSIY-TARIXIY GRAMMATIKASI
” 
 
 
 
fani bo‘yicha 
MA’RUZALAR MATNI 
 
 
 
 
М.Саидхонов 
 
 
 
 
 
 
 
2016 


 
 
Mavzu: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari. 
 
R e J A
1. “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanining mundarijasi
o‘rganish obe’kti, fan doirasida hal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar. 
2. Turkiy tillarning qiyosiy va qiyosiy-tarixiy jihatdan o‘rganilishi. 
3. Turkiy tillar oilasi 
4. Turkiy tillar tasnifi 
5. Qadimgi turkiy manbalar. 
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi fani o‘zbek filologiyasining 
bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchun asosiy ixtisoslik fanlaridan biri hisoblanadi. Bu 
fanning asosini turkiy tillarning fonetik, leksik grammatik xususiyatlarini yoritish, 
turkiy tillarning tipologik o‘ziga xosliklarini umumlashtirish, turkiy tillarning 
taraqqiyotdarajasini belgilash, turkiy tillarni tasniflashdagi asosiy mezonlarni 
aniqlash kabi masalalarni hal etish tashkil etadi. 
“Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fani “Turkologiyaga kirish”, 
“Tilshunos tili tarixi”, “qadimgi turkiy til”, “O‘zbektikasi”, “O‘zbek tili 
dialektologiyasi”, “hozirgi o‘zbek adabiy tili” kabi bir qator fanlar bilan uzviy 
aloqador. 
Qardosh turkiy tillarni qiyosiy o‘rganish til haqidagi bilimlarni yanada 
mukammallashishiga, tillararo umumiy va xususiy o‘ziga xosliklarni aniqlashga, 
hamda mavjud nazariy fikrlarni to‘g‘ri hal etilishga zamin yaratadi. Bir so‘z bilan 
aytganda, ushbu fan bir-biriga genetik jihatdan qarindosh bo‘lgan turkiy tillarning 
o‘ziga xos fonetik, leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini qiyosiy-tarixiy 
usul asosida tadqiq etish va tahlil qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Turkiy 
tillarni bunday tarzda o‘rganish hozirgi o‘zbek adabiy tilning tarixiy taraqqiyoti 
hamda bugungi kundagi takomilini chuqur tushunishga rdam beradi. Negaki 
hozirgi o‘zbek adabiy tilining dialektlari turkiy tillarning qipchoq, o‘g‘uz va qarluq 
guruhi tillari bilan bog‘liqdir. 
Ma’lumki, turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlar son jihatdan slavyan tillarida 
so‘zlashuvi xalqlardan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Turkiy xalqlarning 
etnik 
tarkibi murakkab va xilma-xil bo‘lsa-da, lekin ularning tillari genealogik va 
tipologik jihatdan bir-biriga juda yaqin tillar oilasini tashkil etadi. Hozir oltoy tillar 
oilasiga mansub xalqlarning umumiy soni 135,6 mln bo‘lib, shundan 106,5 mln 
turkiy, 15mln mo‘ho‘l, 14,1mln tungus –manjur tillarida so‘zlashuvchi xalqlar 
tashkil etadi. Demak, oltoy tillari oilasida turkiy xalqlar eng ko‘p sonli bo‘lib, ular 
faqat osiyodagina emas, xatto yevropada (3,2 mln), Afrikada (35 ming), 
Amerikada (95 ming), Avstraliya va okeaniyada (32 ming) ham istiqomat qiladilar. 
Turkiy tillar oilasiga ko‘pgina katta va kichik, jonli va o‘lik tillardan 44 tasi kiradi. 
Hozirgi jonli turkiy tillarga: o‘zbek tili, qozoq tili, turk tili, qirg‘iz tili, 
qorqalpoq, turkman, qrim-tatar tili (markaziy osiyo va Qozog‘iston); tatar, 
boshqird, chuvash tillari (qolga bo‘yn); azarbayjon, qo‘shiq, qorachoy-bolqar, 
truxman, no‘g‘ay tillari (kavkaz); yoqut karagas, xakas, shar, tuvin, oltoy, chulim 


tatar tili (Sibir); gagauz tili (Moldaviya); uyg‘ur tili (Sin-szyan); bolqon turklari 
tili: surguchlar, qaramanlilar, gajallar, gerlovaliklar, qizilboshlar (Bolqon 
davlatlari); qaraim, qrim tillari (Litva, Ukraina, Krim). Bundan tashqari, Eron, 
Afg‘oniston, Mo‘g‘ilistonning ba’zi joylaridagi aholining tillari ham turkiy tildir.
Qdimgi o‘lik turkiy tillarga: bulg‘or tili, xazar tili, eskib ozariy tili, pecheni 
tili, X-X
/
asr o‘g‘uz tili, saljuh tili, g‘arbiy oltin o‘rda tili, sharqiy oltin o‘rda tili, 
eski o‘zbek tili, chig‘atoy tili, qadimgi o‘g‘uz tili, qadimgi uyg‘ur va qadimgi 
qirg‘iz tili, sharqiy turkiston tili, eski usmonli tili va xakozolar kiradi. 
Qadimgi o‘zlik va hozirgi jonli turkiy tillarni o‘rganish va tasnif etish 
jarayonida turli nazariyalar maydonga keldi. Bular oltoy nazariyasi va ural-oltoy 
nazariyasidir. 
Ural-oltoy nazariyasiga ko‘ra oltoy tillari bilan ural tillarining o‘zaro 
qarindosh til ekanligi e’tirov etiladi. (O.Betling, V.Tomsen, I.Gambots, 
G.Vinkler 
Rask 
R, 
V.Shoat, 
Vinkler) 
N.A.Baskavkov, 
G.R.Sanjiv, 
Ye.I.Ubrayatova va boshqa olimlar oltoy tillarining genetik jihatdan qarintosh 
ekanligini , oltoy va ural tillari genetik qarindosh emasligini topologik o‘xshash til 
ekanligini e’tirof etadilar. 
Ural-oltoy tillarining topalogik o‘xshashligi va qarindoshligi haqidagi fikrni 
ilk bor Poltova jangida asr tushib, Sibirga xujum qilingan shver ofeseri Tabber – 
Stralenberg (1676-1747) olg‘a surgan. U 12 yil Sibirda yashab maxlliy xalq tili, 
madaniyatini o‘rganadi va ural hamda oltoy tillarining dastlabki tasnifini beradi. 
Stralenberg o‘sha joyda yashovchi xalqlar va ularning tilini olti guruhga bo‘ladi. 
Akademik A.N.Kononov bu tillarni bunday guruhlashtirish oltoy tillarining xonaki 
tasniflash ekanligini va bu tasnif asosida oltoy tillari nazariyasi vujudga 
kelganligini ta’kidlaydi.
1
Oltoy tillari ham uchta katta til guruhini o‘z ichiga oladi: turkiy tillar, mo‘g‘ul 
tillari, tungus-manjur tillari.
2
Demak, bu tillar birgalikda oltoy tillar oilasini tashkil 
etadi. Bu tilda so‘zlashuvchi xalqlar, asosan, Osiyo qtg‘asining Sibir, Mo‘g‘iliston, 
Xitoy, O‘rta Osiyo, Volga bo‘yi, yaqin Sharq, Kavkaz hududlarida istiqomat 
qiladilar. 
Ural tillari oilasi fin – uchar va samodiy tillarini o‘z ichiga oladi. Bu tilda 
gaplashuvchi xalqlar Ural tog‘i atrofida yashaganlar. Shunga ko‘ra Ural tillari deb 
nomlagan.
Turkologiyada xanuzgacha Ural-oltoy tillarining o‘zaro qarindoshligi 
muammosi o‘z yechimini topganicha yo‘q. Ayrim olimlar bu tillarni o‘zaro 
qarindosh ekanligini e’tirof etsa, ayrimlari esa tipologik o‘xshash deb 
hisoblaydilar. Darhaqiqat Ural-oltoy tillari genetik qarindosh emas, tipologik 
o‘xshashliklarga ega tillardir. Chunki bu tillarda fonetik, grammatik, leksik 
jihatdan umumiylik mavjud: 
1) Unlilar ahangdoshligi; 2) har bir leksik ma’noga ega bo‘lgan 
singarmonistik juft so‘zlar bor; 3) undoshlar assimilyatsiyasi; 4) so‘z boshida 
ikkita undoshning qator kela olmasligi; 5) so‘z asosida jarangli undoshlar turg‘un 
bo‘lib, o‘zgarishga uchramaydi; 6) so‘z yasalishi va tumlanishida qo‘shimchalar 
1
Кононов А.Н. История изучения тюрских язьков в России. Л. 1972, 51-52 срт 
2
Қўчқаров И. Исабеков Б. Тур. Филолог кириш. Т. Ўқитувчи, 1984 74-бет. 


so‘z asosiga qo‘shiladi va o‘zgarmaydi; 7) jins kategoriyasi yo‘q; 8) Egalik 
kategoriyasi taraqqiy qilgan; 9) old qo‘shimchalar yo‘q; 10) fe’l shaklini yasovchi 
qo‘shimchalarning qo‘pligi; 11) bosh kelishikning qo‘llanish funksiyasi xilma-xil; 
12) so‘z asosiga qo‘shiladigan so‘roq yuklamalari mavjud. 
Ma’lumki, turkiy tillarning oltoy nazariyasiga ko‘ra turkiy, mo‘g‘ul, tungus-
manjur tillari o‘zaro qarindosh hisoblanadi va ular oltoy tillari oilasini tashkil etadi. 
Oltoy tillaridagi umumiy leksik qatlamning ba’zi jihatlariga to‘g‘ri kelsa-da, lekin 
bu tillarga xos ayni bir xil grammatik parallellar to‘g‘ri kelmaydi. Bu parallellar 
mazkur tillarning genetik qarindoshligi bilan izohlanadi. Oltoy tillarining 
qarindoshligini Polivanov Ye.D., Poppe N.N., G.I. Ramsted, O.P.Sunik va boshqa 
olimlar asoslagani holda, bu tilar oilasidagi o‘xshashlik genetik birlik jihatdan 
azaldan mavjud ekanligini e’tirof etiladilar. 
Shu bilan birga, katvich, A.L, A.M.Sherbak, G.R.Sanjiv, L.Ligete kabi 
olimlar Oltoy tillaridagi umumiylikni tipologik o‘xshashlik sifatida baholaydilar va 
ularda qarindoshlik yo‘q deb hisoblaydilar. 
Darhaqiqat, qardosh va qardosh bo‘lmagan tillarning o‘zaro munosbati va 
aloqasi natijasida so‘zlar u tildan bu tilga o‘zlashadi. Shu tufayli turkiy tillardan 
mo‘g‘ul tillariga ko‘pgina turkiy so‘zlar o‘tgan: 

Yüklə 389,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin