MAVZU: TURKIY TILLAR LEKSIKASI.
R E J A
1. Turkiy tillar leksikasi haqida umumiy ma’lumot.
2. Turkiy tillarda so‘z ma’nolarini kuchaytirshi usullari.
3. Qarindoshlik leksikasi
4. Qiyosiy leksikaning o‘rganilishi.
Ma’lumki, qiyosiy-tarixiy metod qardosh tillarda bir-biriga teng bo‘lgan
faktlarni solishtiradi va ularning tarixiy shakllarini shikllantiradi.
Qiyosiy-tarixiy
metod asosida qarindosh tillarning qiyosiy fonetikasi,
qiyosiy marfologiyasi, so‘z
yasalishi o‘rganilgan. Lekin qiyosiy leksika, semantika
va sintaksis sohalarida
(rajada) ko‘p tadqiqotlar olib borilmagan. Shuning uchun bu sohada qiyosiy-tarixiy
metodning o‘ziga xos muammolari mavjud. 1. Qayta tiklangan so‘z yoki uning
biror qadimiy formasi qaysi davrga oidligi ma’lum emas. 2. Tiklangan turlanishi va
tuslanish sistemalarini o‘tmishdagi birorta tilga mansub deb bo‘lmaydi. 3. Qiyosiy
tarixiy metod asosidagi etimologiyalar, odatda, munozarali bo‘ladi. N.Ba’zi faktlar
barcha qarindosh tillarda uchramaydi. Natijada o‘sha so‘zning
qadimgi holatini
taklab bo‘lmaydi.
Turkiy tillar leksikasining tarixiy taraqqiyoti boshqa tillarda bo‘lgani kabi
alohida so‘zlar tarixi bilan bog‘liq holda yuzaga chiqadi. Ya’ni: yangi so‘zning
payda bo‘lishi, ma’no taraqqiyoti (arxanzmga aylanib qolish, mustaqil ma’nosini
yo‘qotib yordamchi so‘zga va yoki affiks holiga kelib qolishi) dagi o‘zgarishlar
nazarda tutiladi.
Turkiy tillar leksikasiga xos eng muhim xarakterli
jihitlardan biri fonetik
o‘zgarishga kam uchragan. (Ba’zi istisnolarni aytmaganda). Aksariat so‘zlar
qadimgi yodgorliklarda qanday qo‘llangan bo‘lsa, hozirgi turkiy tillarda ham
shunday qo‘llaniladi. Faol leksikaning ko‘p qismi ifodalagan tushunchalarni saqlab
qolgan. Ammo so‘zdagi o‘zgarishlarning sabablarini ochib
berishi eng ahamiyatli
masala hisoblanadi. Negaki, leksika taraqqiyotidagi qonuniyatlar alohida olingan
bir umumiy semantikaga bog‘liq so‘zlar guruhini tadqiq etish yo‘li
bilan ochib
beriladi. Bu yo‘nalishda A.M.Shcherbak (Turkiy tillardagi uy va yovvoyi hayvon
nomlari), E.R.Tenishev, A.A.Yuldashev, L.A. Pokrovskaya, N.Z.Gadjieva,
N.K.Dmitriev, I.Ismoilov v.b (O‘rta Osiyo va Qozog‘iston
turkiy tillari
leksikasidan tadqiqot) A.Xamitova (Turkiy tillarda so‘z ma’nosining analitik yo‘l
bilan kuchaytirish), S.Ibrohimov (Farg‘ona shevalarining kasb-hunar leksikasi)
kabilarning tadqiqotlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: