Qiziqarli topologiya
Reja
1.
Topologiya haqida
2.
Metrik fazolar
3.
Topologik fazolar
Topologiya fani umumiylik nuqtai nazaridan geometriya va matematik analiz
fanlarining asosiy tushunchalarini qayta ko‘rib chiqish natijasida vujudga kelgan.
Topologiya fani matematikaning deyarli yosh, lekin muhim qismidir.
Topologiyaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: topologiya - matematikaning
geometrik bo'limi bo‘lib, uzluksizlikni tadqiq qiluvchi, ya’ni uzluksiz
akslantirishlarni o‘rganuvchi sohasi hisoblanadi. Qisqacha qilib aytganda,
funksiyaning uzluksizligi tushunchasga ko‘ra, metrik fazo va topoJogik fazolar
hamda ularning uzluksiz akslantirishlarni anglatadi. Geometrik nuqtai nazardan
ikki sonning ayirmasi moduli uni sonlar o‘qi R da nuqtalar orasidagi masofadan
iborat ekanligini bildiradi. 1906-yilda fransuz matematigi M. Freshe fanga metrik
fazo tushunchasini kiritganidan so‘ng ixtiyoriy tabiatli to‘plamda ikki nuqta
orasidagi masofani ma’lum shartlar asosida aniqlash imkoni tug‘ildi. Akslantirish /
: X -> Y ning biror nuqtadagi uzluksizlik shartini olaylik, bunda nuqtaning yetarli
“yaqin” nuqtalari obrazning yetarli “yaqin” nuqtalariga o‘tadi. Bu fikrni geometrik
tasawur nuqtai nazardan ifodalaymiz: X metrik fazo x0 nuqtasining (xususiy holda
R - to‘g‘ri chiziq) e atrofi О r (x 0) deb fazoning x„ nuqtadan e > 0 dan katta
bo‘lmagan uzoqlikda yotgan nuqtalari to‘plamini bildiradi, ya’ni Os (x0) = {x : p
(jcnjc0) < £} (to‘g‘ri chiziqda x0 nuqtaning s atrofi (x0- s,xn + f) intervaldan
iborat). Akslantirishning x0 nuqtasidagi uzluksizligi quyidagi ko‘rinishni oladi:
ixtiyoriy £ > 0 son uchun shunday 0 topilib, xe Of (x0 j nuqtalar uchun f ( x ) e O
sf ( x Q) o‘rinli bo‘laveradi. Bu esa, / : X - > 7 akslantirish x0 nuqtada uzluksiz
boMishi, x0 nuqtaning yetarli “zich” atrofidagi nuqtalari obrazi /( x 0) nuqtaning
yetarli “zich” atrofidagi nuqtalariga akslanadi demakdir. Bundan ko‘rinadiki,
akslantirishning nuqtadagi uzluksizligini aniqlash uchun nuqtalar orasidagi masofa
yetarli emas, balki nuqtaning atrofi tushunchasidan foydalanish ma’qul bo‘ladi.
1914-yilda nemis matematigi F. Xausdorf o‘zining “To‘plamlar nazariyasi”
kitobida birinchi bo‘lib nuqtaning atrofi tushunchasini aksio- malashtirib,
topologik (atroflar orqali aniqlangan) fazoning ta’rifini ifodalab berdi. Keyinchalik
topologik fazolarning nisbatan soddaroq ta’riflari keltirildi. Shuni jiddiy
ta’kidlashimiz kerakki, metrik fazolar tabiiy ravishda topologik fazoni tashkil
qiladi. Topologik fazolarga uzluksiz akslantirishlarning mavjud bo‘lishi uchun
tabiiy muhit sifatida qaralib, uning asosida topologiyaning umumiy topologiya deb
ataluvchi bir tarmog'i vujudga keldi va barqaror rivojlanib bormoqda.
Topologiyaning boshqa tarmoqlaridan farqli oiaroq umumiy geometrik
topologiya uning umumiy va sof topologik xossalarini o‘rganadi. Xususiy holda
differensial va bo‘lakli-chiziqli (kusochno-lineynaya) topologiya
differensiallanuvchi ko‘pxilliklar va poliedrlar (umumlashgan ko‘pyoqliklar)ning,
algebraik va gomotopik topologiya esa, algebraning topologiyada qo'llanishiga
asoslanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, oxirgi paytlarda gomologiya va gomotopik
topologiyalarda topologiyaning juda muhim umumiy topologik fazolar sinflari
o‘rganilmoqdaki, algebraik topologiya bilan umumiy topologiya orasidagi
chegarani aniqlash ma’lum murakkablik tug‘dirmoqda. Uzluksiz akslantirishlar
xususiyatini o‘rganish, o‘z navbatida, bu akslantirishlami aniqlash va qiymatlari
sohalari bo‘ Imish topologik fazolarni o‘rganishga olib keladi.
Topologik fazolarni uzluksiz akslantirishlar orasida topologik akslantirishlar
(gomeomorf) deb ataluvchi gomeomorfizmlar maxsus o‘rin tutadi. Bu
akslantirishlar topologiyada shunday muhim o‘rinni egallaydiki, chunonchi, o‘zaro
bir qiymatli affin akslantirishlar affin geometriyada qanday ahamiyat kasb etsa,
ular ham topologiyada shunday ahamiyat kasb etadi. Masalan, X va Y lar metrik
fazolar bo‘lsa, / : X —>Y akslantirishning gomeomorfizm ekanligi X fazoning
shakl va o‘lchovlari Y fazoga ham bir xilda o‘tadi, X fazoda hech qanday “uzilish”
va hech qanday nuqtalarni “yelimlash” ro‘y bermasa, Y fazoda ham xuddi shunday
bo‘ladi. Masalan, [0,1] kesmani ixtiyoriy kesmaga va uni yarim aylana {(x,y):x2 +
y 2 -l,y^.O} ga topologik akslantirish mumkin, (0,1) intervalni esa, butun R to‘g‘ri
chiziqqa gomeomorf akslantirish mumkin. Bu jarayonda [0,2 n ) yarim
intervalning 0 nuqtasini “uzoq” to‘plam [л,2л:) ga “yelimlamoqchi”). Topologik
akslantirishlar bizga jo‘n topologik invariantlami ta’riflash va aniqlashda qo‘l
keladi. Bu invariantlar topologik akslantirishda o‘z xususiyatini o‘zgartirmaydi.
Topologik invariantlarga misol tariqasida topologik fazoning quvvati
tushunchasini, topologik fazolarning salmog‘ini, fazoning bir yoki bir necha
bo‘lakdan iborat bo‘lishini, ya’ni bog‘lamli yoki bog‘lamsiz ekanligini, topologik
chegaralanganlik xossasini (kompaktliligini), fazolarning “o‘lchovlari soni”ni
(fazoning o‘lchami) keltirish mumkin. Metrik, affin va proektiv geometriyalarga
o‘xshab, topologiya ham ko‘p hollarda matematikaning topologik invariantlarini
o‘rganuvchi bo‘limi deb yuritiladi. Umumiy topologiyada ko‘p o‘rganilayotgan,
yetarlicha geometrik va asosiy topologik invariantlardan biri fazolarning
“o‘lchovlari soni”dir. Bu juda muhim invariantlardan biridir. Biz geometriyada
to‘g‘ri chiziq, tekislik, R3 fazo va uning qism fazolari o‘lchamlarini vektor
fazoning chiziqli erkin vektorlari soni orqali aniqlagan edik. Topologiyada esa,
o‘lchamlarninguchta: dim, ind va Ind invariantlaribilantanishamiz.
Ko‘pgina matematik tushunchalar, ba’zida butun bir matematik nazariyalar
vujudga kelishi bilan matematikadan tashqarida bir qancha vaqt davomida o‘z
tatbig‘ini topmaydi. Jumboqli kompleks sonlar tarixi bunga yaqqol misol bo‘ladi:
ushbu sonlar bir necha yuz yillar mobaynida boshqa sohalarda qo‘llanilmay,
keyinchalik fizika va mexanikaga kirib keldi. Shunga o‘xshab, matematikaning
asosiy bo‘g‘ini bo'lmish geometriya fanini oladigan bo‘lsak, bu sohada noevklid
(Lobachevskiy) geometriyaning asosiy obyektlari - Lobachevskiy tekisligi va
fazosi (Lobachevskiy tekisligi modeli) ham bir necha o‘n yillar davomida o‘z
tatbig‘ini topmagan. Shunga o‘xshash sohalardan yana biri Evklid geometriyasi,
Lobachevskiy geometriyasi, zamonamiz geometriyasi, qolaversa, zamonaviy
matematikaning bir bo‘limi, hosilasi bo‘lgan topologiya fanidir. Topologiya
so‘zining lug‘aviy ma’nosi yunoncha топоС, - joy (o‘rin), тоуоС, - qonun
so‘zlaridan iborat. Topologiya atamasini birinchi bo‘lib Listing qo‘llagan.
Topologiya — matematikaning nisbatan “yosh” va muhim bo‘limlaridan biridir.
Topologiya fani geometriya va matematik analiz fanlarining qator fundamental
faktlarini (tushunchalarini) umumiy nuqtai nazardan qayta ко‘rib chiqish natijasida
paydo bo‘ldi
A. Puankare topologiya to‘g£risida shunday degan edi: “0 ‘zimga keladigan
ЬоЪак, oldinma-ketin kirib chiqqan turf a yo4lar meni “analysis situs” tomon
boshlab keldi”. Bu o‘rinda mashhur fransuz matematigi Andre Veylning
topologiya xususida aytgan quyidagi so'zlari ham e’tiborga loyiqdir: “Har bir
matematikning qalbini zabt etish ustida topologiya farishtasi bilan mavhum algebra
shaytoni kurash olib boradi Bu orqali, birinchidan, topologiyaning ajoyib jozibasi
va g o ‘zalligi namoyon bo‘lsa, ikkinchidan, barcha zamonaviy matematikaning g
‘aroyib birikishi topologiya va algebraga eltishi ifoda etiladi”. Hozirgi zamon
fanlarining rivojlanishida topologiyaning fizika, biologiya, ximiya va binobarin,
geografiya fanlaridagi tatbig'i qo‘llanilmoqda. Topologiyaning sehrli olamiga
kirish mashaqqatlidir. Shu sababli topologiya fanining tushuncha, ta’rif va
ma’lumotlarini puxta o‘zlashtirish muhim. Oddiy topologik tushunchalar bizni
o‘rab turgan olamga nazar tashlaganda paydo bo‘la boshlaydi. 0 ‘z-o‘zidan
tushunarliki, figuralarning geometrik xossalariga figura o‘lchamlari, ularning
joylashishi, burchaklarining ko‘rinishi va hokazolar kiradi. Bu geometrik
xususiyatlardan tashqari, yana nimadir nazarimizdan chetda qolayotgandek
tuyuladi. Masalan, geometrik chiziqlarning yopiq yoki yopiq emasligi,
figuralarning “teshikli” yoki “teshiksiz”, cho‘ziluvchan yoki cho‘ziluvchan
emasligi, geometrik figuralarning zanjirsimonligi yoki yo‘qligi, bog‘lamli
chiziqlarning bog‘ichli bo‘lishi yoki bo‘lmasligi, figuralami yirtmasdan cho‘zish
yoki cho‘zish mumkin emasligi kabi xossalarini inobatga oladigan bo‘lsak, Evklid
geometriyasidan sal tashqariga chiqishga to‘g‘ri keladi. Aynan shu o‘rganish
natijasida va shu kabi geometrik figuralarning xossalarini o‘rganuvchi topologiya
fani elementlari kirib kela boshladi.
Dostları ilə paylaş: |