S e l a g o s i m o n s e l a g i n e l l a
Bu o'simlik (5-rasm) nam o'tloqzorlard.'i va torfli
botqoqliklarda uchraydi. Poyasi ko'pincha dixotomik
ravishda shoxlar hosil qiladi.
Poya va shoxlarni mayda
barglar qoplab turadi. Sporangiylar hosil bo'ladigan
bargning asosida yupqa tangachasimon o'simta bo'lib,
u “tilcha” deb ataladi. Tilchaning vazifasi selaginella
hayotida hali aniqlangan emas. Qo'shimcha ildizi poya
ning shoxlangan joylaridan hosil bo'lgan ildiz dastala-
rining (rizoforlar) uchki qismidan vujudga keladi.
S-rasm. Selagasimon selaginella. 1-umumiy ko'rinishi; 2-mikro va
makrosporangiyali
boshoqning
bo'yiga
kesimi;
3-mikrosporofil
(a-mikrospora, b-otalik gametofit, v-spermatazoid); 4-makrasporofil
(a-makrospora, b rizoidli onalik gametofit, v-arxegoniy); 5-zigota;
6,
7-murtakdan yosh sporofitning rivojlanishi
Selaginellalar ham sporangiylarda hosil bolgan spo
r a la r
yordamida ko'payadi. Sporangiylar shoxlarning
yuqori tomonida to'p-to'p bolib joylashib, spora hosil
qiluvchi boshoqchalarga aylanadi. Boshoqcha o'q va
spora bargchalardan iborat.
Har bir spora bargcha-
sining qo'ltig'ida mikro va makrosporangiylar joy olgan.
Mikrosporangiylarda bir nechta mikrosporalar, makro
sporangiylarda esa tikan simon parda bilan o'ralgan
to'rtta yirik makrospora vujudga keladi. Sporalar spora
ngiylar devorining yorilishi natijasida tarqaladi.
Qulay sharoitga tushgan mayda sporalardan otalik
gametofiti yuzaga keladi.
U reduktsiyalangan bolib,
bitta anteridiydan ikki xivchinli spermatozoidlar hosil
boladi. Yirik sporalardan esa onalik gametofitlar
vujudga keladi. Gametofit spora pardasini ichida
rivojlanib, sekin-asta uchburchak
shaklida tashqariga
yorib chiqadi, lekin undan ajralib ketmaydi. Hosil
bolgan gametofitda arxegoniylar yuzaga kelib, ulardagi
luxum
hujayra
bilan
spermatozoidlar
qo'shilishi
natijasida otalanish sodir boladi.
Otalangan tuxum
liujayradan embrion hosil bolib, u asta-sekin voyaga
yctgan selaginella o‘simligiga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: