I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar


Ishni bajarish tartibi va topshiriqlar



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/71
tarix08.09.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#142054
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar amaliy mashg\'ulot

Ishni bajarish tartibi va topshiriqlar
1. Kakku zig'irining tashqi tuzilishini lupa yordamida 
o'rganing. Poyada barglarni joylanishini, shaklini va 
rizoidlarni chizib oling.
2. Jinsiy ko'payish organlari-anteridiy, arxegoniy va 
parafizalarni lupa yordamida o'rganib, ularni tuzilishini 
chizib oling.
3. Yetilgan sporogoniy bilan tanishing, uning tashkil 
etgan-apafiza, 
ko'sakcha bo'shlig'i, 
qopqoqcha va 
qalpoqchalarni bir-biridan farqlang.
4. Ko'sakchadan qopqoqchani ajrating, epifragma va 
peristomalarga e'tibor bering. Ishni davom ettirib ko‘- 
sakcha bo‘shlig‘ini uzunasiga kesing, unda joylashgan 
ustuncha va sporangiylarni holatini mikroskop ostida 
o'rganib, ularni rasmini chizib oling.
5. Preparat va tablitsalardan foydalanib, sporani o‘si- 
shida protonema va kurtakchalarni hosil bolishini 
chizib oling.
Nazorat savollari
1. 
Kakku zig'iri 
o'simligining anatomo-morfologik 
tuzilishida qanday o'ziga xoslik mavjud?
2. 
Anterediy va arxegoniylar poyani qaysi qismida 
hosil boladi va ular qanday tuzilgan?
3. 
Sporogon (ko'sakcha) qanday hosil boladi va uning 
tuzilishida o'ziga xoslik nimalardan iborat?


Oq sfagnum yo'sini
• Sfagnumkabilar ajdodchasi - Sphagnidae
• Sfagnumnamolar qabilasi - Sphagnales
« Sfagnumdoshlar oilasi - Sphagnaceae
Vakillari:
1. Sphagnum acutifolium
2. Sphagnum, balticum
Nazariy tushuncha: Sfagnumkabilar ajdodchasi 300 
turdan iborat bo'lib, ulardan biri - oq sfagnum 
yo'sinining (3-rasm) tuzilishi o'rganib chiqiladi.
Bu o'simliklar qalin chim hosil qilib o'sadi. Ularning 
tanasi uzun, nozik shoxlangan va mayda barglar bilan 
qoplangan. Poyasi kalta va uzun shoxchalarga ega. 
Kalta shoxchalar poyaning uchida g'uj bo'lib, boshoq­
cha shaklida joylashadi. Uzun shoxchalari poyada 4-5 
tadan joylashgan bo'lib, pastga ba'zan osilib turadi. Oq 
(sfagnum) yo'sinlarining poya va barglarining anatomik 
tuzilishida 2 xil hujayralar borligi ko'rinadi. Birinchi xil 
hujayralar uzunchoqroq bo'lib, xlorofil donachalariga 
ega yashil rangda. Ularning uchlari bir-biriga tutashib 
to'r hosil qiladi. Ikkinchi xili esa serbar tiniq bo'lib, to'r 
ko'zlarga joylashgan holda suvga tolgan bolib oq 
rangda bo'ladi. Bunday hujayralar gialin (olik) hujay­
ralar hisoblanib, xlorofil donachalarga ega emas.
Poyaning yuqori qismida jinsiy organlari - anteridiy 
va arxegoniylar yetiladi. Anteridiy ovalsimon yoki 
sharsimon shaklga ega bo'lib, unda ikki xivchinli 
spermatozoidlar yuzaga keladi. Arxegoniyda tuxum 
hujayra rivojlanadi. Spermatozoidlar tuxum hujayraga 
suv yordamida yetib 
kelib 
qo'shilishi natijasida 
otalanish sodir bo'ladi. Otalangan tuxum hujayradan 
sporogoniy vujudga keladi. Sporogoniy ikki qismdan 
ko'sakcha va qisqa banddan iborat.
15



Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin