2-rasm. Kakku z ig ‘iri.l-o ta lik o ‘simlik; 2-onalik o ‘simlik; 3-anteridiy
va parafizalar;
4-arxegoniylar;
5-zigota;
6-sporogonli
o'simlik;
7-sporogonning
tashqi
ko'rinishi
va uning
ochilgan qopqog'i;
8-peristoma; 9-sporaning o'sishi, protenema ipchalari va kurtakning
hosil bo'lishi.
Bu o'sirnlik yashil yo'sinlar orasida ko'proq tarqal-
ganlaridan biri bolib, asosan o'rmon, botqoqlik va
sernam joylarda qalin chim hosil qilib o‘sadi. Uning
poyasi tik o‘suvchi, yuksakligi 20-30-40sm. gacha yetib
borib, shoxlanmay, uchli, dag'al,
qattiq barglar bilan
zich qoplangan. Barglari poyani o‘rab turuvchi qin hosil
qilib, ketma-ket joylashgan. Poyaning yuqori va o‘rta
qismidagi barglar, pastdagiga nisbatan yirikroqdir.
Poyaning pastki, bargsiz qismi tuproq ostida ildiz-
poyaga aylanib, undan rizoidlar hosil boladi. Poyaning
ichki tuzilishi birmuncha murakkab tuzilishga ega
12
bo'lib, tashqi tomondan epidermis, undan keyin po'st
va markaziy qismini o'tkazuvchi nay bog'lamlari
tashkil
ctadi. Ular floema va ksilemaga to'g'ri keladi.
Kakku zig'iri ikki uyli o'simlik. Jinsiy organlari
anteridiy va arxegoniylar hisoblanib, poyaning uchki
tomonida hosil bo'ladi. Anteridiy serbar, qizg'ish yoki
sarg'ish barglar orasidan joy olgan. Uning tuzilishi
uzun xaltacha ko'rinishida bo'lib, qisqa banddan iborat.
Anteridiyning
devori bir qavat, ichi bir nechta sper-
magen liujayr alar dan tashkil topgan. Har bir sperma-
gen hujayradan ikki xivchinli spermatozoidlar yetiladi.
Anteridiylar orasida iplarga o'xshab ko'rinadigan va
yuqori tomoni kengayib, plastinkalarga aylanadigan
maxsus paraflzalar bor. Arxegoniylarni tuzilishi jigar
simon
yo'sinlardagidek.
Otalanish
jarayoni
suv
yordamida - vomg'ir yoqqanda yoki shudring tushgan-
da amalga oshadi. Otalangan
tuxum hujayradan spo-
rofit nasi - sporogoniy hosil bo'ladi. Yetilgan sporogo
niy murakkab tuzulishga ega. U ikki qismdan -ko'sak
cha va banddan iborat. Ko'sakchaning yuqori tomoni
arxegoniyning qorin
devorchasidan
o'sib
chiqqan
serbar, tukli qalpoqcha bilan o'ralgan. Ko'sakcha o'z
navbatida bir oz kengaygan asosi - apofiza (bo'yin),
ko'sakcha bo'shlig'i va uni bekitib turadigan qopqoq-
chaga bo'linadi. Ko'sakcha bo'shlig'ida xaltachaga o'x-
shagan sporangiy joylashgan. Sporangiy ko'sakcha
bo'shlig'idan o'tgan ustunchani halqa tarzida o'rab
turadi. Sporangivda hosil bo'lgan sporalar tayyor holga
kelgandan so'ng, ko'sakcha ochiladi. Ko'sakcha ochil-
gunga qadar
avval qalpoqcha tushib ketib, keyin qop-
qoqcha ochiladi. Bu vaqtda epifragma va uning atrofida
uchi dumaloqlashgan bir nechta kalta tishchalar
(peristomalar) joy olgan. Epifragma bilan tishchalar o'r-
tasida teshikchalar bo'lib, shu yerdan sporalar tash
qariga sochiladi. Peristoma sporalarni tarqalishiga yor-
dam beradi. Sporalar qulay sharoitga tushgandan
so'ng, o'sib sershox protonema ipchalariga aylanadi,
13
bularda esa kurtaklar vujudga keladi.
Kurtaklar asta-
sekin o‘sib poya bargli yo'sinlarga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: