Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar amaliy mashg\'ulot
ARXEGONIYLI 0 ‘SIMLIKLAR Arxegoniyli o'simliklar
a s o s a n
quruqlikda yashashga
moslashgan o'simliklar dir, Ularning tanalari murakkab
tuzilishga ega bo‘lib, alohida a’zolarga - ildiz, poya va
bargga bo'lingan. Arxegoniyli o'simliklar ana shu xusu-
siyatlari bilan tuban o'simliklardan farq qiladi. Lekin bu
o'simliklar orasida ham tanasi alohida a'zolarga ajral-
magan o'simliklar guruhi bo‘lib, ularda hali haqiqiy ildiz
shakllanmagan. Bunday o'simliklarda ildiz vazifasini
ingichka, ipsimon tuzilishga ega bo'lgan bir hujayrali
tanachalar (rizoidlar) bajaradi.
Arxegoniyli o'simliklar hozirgi davrda 50 mingdan
ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ular turli ekologik sharo-
itlarda o'sishga moslashgan.
Bu guruh o'simliklar 8 ta bo'limga bolib o'rganiladi:
1. Riniya toifa bo'limi - Rhyniophyta 2. Zoosteriofittoifa bo'limi - Zoosterophyta 3. Yo'sintoifa bo'limi - Bryophyta 4. Plauntoifa bo‘limi - Lycopodiophyta 5. Psilottoifa bo'limi - Rsilotophyta 6. Qirqbo‘g ‘imtoifa bolimi - Eqvisetophyta 7. Qirqquloqtoifa bo'limi - Polypodiophyta 8. Qarag'aytoifa (ochiq urug'li) bo'limi - Pynophyta Bu bo'limlariga kiruvchi o'simliklarning hayotiy rivoj-
lanish davrida nasllar gallanishi, ya' ni gametofit (n) va
sporofit (2n) nasllarning o'zaro almashinib turishi kuza-
tiladi. Gametofit nasi faqat yo'sintoifa bolimi o'simlikla-
ridagina ustunik qilsa, qolgan bo'limlarida esa sporofit
nasi ustunlik qiladi.
Yuqorida keltirib o'tilgan bo'limlardan, Yo'sintoifa,
Plaun-toifa, Qirqbo'g'imtoifa, Qirqqquloqtoifa va Qara
g'aytoifa bo'lim o'simliklarning keng tarqalgan turkum
va turlari amaliy mashg'ulot darslarida o'tishga tavsiya
etilgan.
5