I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/71
tarix08.09.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#142054
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar amaliy mashg\'ulot

Nazariy tushuncha: Bu bo'lim vakillari poyasining 
bo'g'im va bo'g'im oraliqlariga bolinganligi bilan spora 
linml qilib ko'payuvchi o'simliklardan farq qiladi. 
Hn'g'imliirdan chiqqan barglar mayda, poyada to‘p-to‘p 
yolo luilqttsimon joylanishga ega bolib, ko'pincha
ii (tuUl•tivnlnngHn holda boladi.
24


Bu bolimning asosiy ajdodlari: Gieniyasimonlar - 
(Hyeniopsida), Ponabargsimonlar - (Sphenopnyllopsida), 
Qirqbo‘g‘imsimonlar - (Eqvisetopsida).
Birinchi va ikkinchi ajdod vakillari yo'qolib ketgan, 
bizning davrimizgacha yetib kelgan emas. Ulardan faqat 
Qirqbo'g'imsimonlar ajdodiga oid, qirqbo‘g'lmnamolar 
qabilasining vakillarigina yetib kelgan.
Bu qabilaga kiruvchi o'simliklar poyasining ichki 
tuzilishi bo'shliqlardan iborat. Mayda barg shoxchalar 
bo‘g‘imlarda halqasimon bolib joylashgan. Qabilaning 
faqat bitta Qirqbo‘g‘imdoshlar oilasi (Eqvisetaceae) va 
bitta qirqbo'g'im turkumi (Eqvicetum) bor. Bu turkum 
hozirgi davrda 30 dan ortiq turga ega. Markaziy Osiyo 
sharoitida 6 ta turi malum. Shulardan eng keng 
tarqalgan turlardan biri dala qirqbo‘g'imidir.
Dala qirqbo‘g‘imi
Dala qirqbo'g'imi (6-rasm) ko‘p yillik, ildizpoyali o‘t 
o'simlik bolib, u asosan botqoq, o'tloq, daryo va ariq 
!)o‘ylarida uchraydi. Poyasining balandligi 10-50 sm. 
I’ovaning yer ostki qismi ildizpoyaga aylangan. Ildizpoya 
ham o‘z navbatida yer ustki qismi kabi bo'g'imlarga 
bolingan. Ildizpoya bo‘g‘imlarida tuganak va mayda 
ildiz tutamlari hosil boladi. Tuganaklar zahira ozuqa 
moddalar saqlashga moslashgan. Ildizpoyadan o‘sib 
rhiqqan yer ustki novdalar ikki xil: erta bahorgi va 
yozgi. Bu novdalar tashqi morfologik tuzilishi jihatidan 
bir-biridan alohida ajralib turadi.
Erta bahorgi novdalar qoramtir yoki qo‘ng‘ir rangda 
boladi. Bu novdalarning bo‘g‘imlarida shaklan o'zgar- 
gnn bir-biri bilan qo'shilib, naysimon qin hosil qilgan 
o'lkir uchli mayda barglar bor. Novdalarning uchki 
qismlarida bir nechta sporofillardan (sporangiofor) 
lushkil topgan, shakli duksimon tuzilishga ega bolgan 
Mporali boshoqchalar vujudga keladi. Har bir sporofil 3 
cjismdan - olti qirrali lappak, qisqa oyoqcha va uning
25


atrofida joylashgan 8-10 ta sporangiydan iborat. 
Sporangiylar ichida shakl jihatdan teng bo'lgan elaterali 
sporalar hosil bo'ladi. Sporalar elateralar yordamida 
tashqariga tarqaladi. Shuning bilan bahorgi novdalar 
quriydi. Bundan so'ng, ildizpoyadan hosil bo'lgan yozgi 
(vegetativ) novdalar ham o'z navbatida bo'g'im va 
bo'g'im oraliqlariga bo'lingan. Har bir bo'g'imda halqa- 
simon tarzda joy olgan yon novdachalar bor. Bular ham 
o'z navbatida bo'g'imlardan tashkil topgan. Bo'g'imlarda 
hosil bo'lgan barglar mayda bo'lib, ular deyarli xlorofil 
donachalarga ega emas. Shu tufayli assimilyatsiya 
jarayoni novda va yon novdachalarda amalga oshadi. 
Yozgi novdalar to kech kuzgacha saqlanib qoladi va kel- 
gusi yilni yer ustki qismi uchun ozuqa moddalar 
to'playdi.
Dala qirqbo'g'imi vegetativ va sporalar yordamida 
ko'payadi. Vegetativ yo'l bilan ko'payganda ildizpoya va 
tuganaklar ishtirok etadi. Sporalar yordami bilan ko'pa- 
yishi otalik va onalik gametofitlari hosil bo'lishi bilan 
boradi. Sporalar sirtdan bir-biridan farq qilmasa ham, 
lekin ular ichki tuzilishi - fiziologik jihatidan farq qiladi. 
Shuning uchun sporalar nam yerga tushgandan so'ng, 
ba'zi birlari o'sib otalik gametofit, boshqalari esa onalik 
gametofitlarini hosil qiladi. Lekin bu doimo saqlanib 
qoladigan farq bolmay, tashqi muhit ta'sirida otalik 
gametofitlarida arxegoniylar, onalik gametofitlarida esa 
anteridiylar hosil bo'lishi ham mumkin. Har ikkala 
gametofit tasmasimon uzun yoki qisqa bo'laklarga 
bo'lingan yashil ko'rinishda bo'ladi. Otalik gametofitlari 
onalik gametofitlariga nisbatan kichik. Ularda anteri­
diylar yuzaga kelib, ko'p xivchinli spermatozoidlar 
yetiladi. Onalik gametofitida arxegoniylar rivojlanadi. 
Arxegoniy tuxum hujayrasini otalanishi natijasida 
zigota hosil bo'lib, undan yangi qirqbo'g'im o'simligi, 
ya'ni sporofit nasi o'sib chiqadi. 
Otalanish suv 
yordamida rivojlanadi.
26



Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin