Qovoqnamolar qabilasi - Cururbitales
Qovoqdoshlar oilasi - Curcurbitaceae
Vakillari:
1. Oddiy qovoq - Cucurbita pepo
2. Qovun- Melo orientalis
S.Tarvuz - Citrullus vilgaris
4.Qozon yuvgich - Luffa cylyndrica
5. Bodring- Cucmis sativus (20-rasm)
M avzu n in g m aqsadi: Oilalarga mansub o'simlik
larning anatomo-morfologik tuzilishini, ko'payishini,
turlar sonini, tarqalishi va elcologiyasini, tizimda tutgan
o'rnini, muhim vakillarining ilmiy (lotincha) nomlarini
va ahamiyatini o'rganish.
72
Kerakli jihozlar: Gerbariylar, o'simliklar aniqla-
gichi, rasmlar, jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar,
lupa, pintset, preproval nina va boshqalar.
Nazariy tushuncha: Bu oilaning 120 ta turkumi va
1000 ga yaqin turi m a'lum bolib, ular Yer sharining
subtropik mintaqalarida tarqalgan. Oila vakillari bir
yillik va ko'p yillik o'rmalab o'suvchi o't o'simliklar,
ba'zan (tropik va subtropik mintaqalarida) liana, buta
va kichik daraxtlardir. Poyasi (palaklari) dag‘al tuklar
bilan qoplangan, ko'pincha ichi kovak boladi. Barg
qo‘ltig‘idagi gajaklar oddiy yoki murakkab tuzilishiga
ega. Barglari oddiy, butun, o‘yilgan yoki patsimon
qirqilgan, yon bargchasiz, poyaga ketma-ket joylashgan.
Gullari to'g'ri, bir yoki ikki uyli o'simliklar, barg
qo'ltig'idagi guli yakka yoki to'pgul hosil qiladi.
Gulqo‘rg‘oni murakkab 5 a'zoli. Kosacha barglari o'zaro
qo'shilgan 5 tishchali. Gultojibarglari ham o'zaro birik-
kan
qo‘ng‘iroqsimon,
kamdan
kam
erkin
holda
joylashgan. Changchilari 5 (3)ta, shulardan 4 tasi ko'p
turkumlarida ikkitadan ju ft bo‘lib, qo'shilib o'sadi,
bittasi erkin qoladi. Urug'chisi ko‘pincha uchta meva
bargchaning
qo'shilib
o'sishidan
hosil
bolgan.
Tugunchasi ostki, uch uyali va ko‘p urug'kurtakli.
Mevasi yirik, soxta, rezavorsimon qovoq meva, yoki
ko'sakcha.
Aham iyati:
Qovoqdoshlar
oilasining
ko'pchilik
vakillari oziq-ovqat, yem-xashak, dorivor va manzarali
o'simliklar sifatida foydalaniladi. Oziq-ovqat sifatida
qadimdan ekib o'stirib kelinayotgan qovun, tarvuz,
bodring, qovoq kabi o'simliklar inson hayotida katta
ahamiyatga ega. Ayrimlarining (qozon yuvgich) mevasi
tolali
bo'lganligidan
mochalqalar
tayyorlanadi
va
xonadonlarda qozon yuvgich sifatida ishlatiladi. Uning
urug'i tarkibida 25-42% yog' boladi. Uni ovqatga
ishlatish mumkin. Suvqovoqning mevasini ichi bo'sh
bo'lganligidan suv tashish va donlar solib qo'yishdn
73
foydalaniladi. Suvqovoqning mayda mevalaridan esa
nosdonlar tayyorlanadi.
20-rasm.
Ekiladigan bodring. l-poyada(palakdci), gul, bcirg, va
gajjaklarning joylanishi; 2-changchi gul; 3-untg‘chi gul; 4-mevasi;
5,6-changchi va urug'chi gullarining diagrammasi
Dostları ilə paylaş: |