Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   171
zoologiya 7 uzb

8.2.
 
 SUVDA HAMDA QURUQLIKDA 
YASHOVCHILAR SINFI
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar ilk bor quruqlikda yashash-
ga o‘tgan hayvonlar. Tuzilishi suv va quruqlik muhitiga moslashgan. 
To‘rt oyoqda harakatlanadi, o‘pka va teri orqali nafas oladi. Yuragi 
uch kamerali. Tuxumini suvga tashlaydi, lichinkasi suvda rivojlanadi. 
Ko‘pchilik turlari uchun quruqlik asosiy muhit hisoblanadi. 
Ular bilan ko‘l baqasi misolida tanishamiz.
 
Ko‘l baqasining tashqi tuzilishi, skeleti va 
35-§. muskullari
Yashash muhiti va hayot kechirishi.
Ko‘l baqasi yer yuzida 
keng tarqalgan, faqat sovuq shimoliy mintaqalarda va baland tog‘li 
hududlarda uchramaydi. Yilning iliq mavsumlarida uni sernam joy-
larda, chuchuk suv havzalari va ular yaqinida uchra 
tish mumkin. 
Hayoti 
ning ko‘p qismini quruqlikda o‘tkazsa-da, suvdan hech qa-
chon nari ketmaydi. Baqa ariqlar tubidagi balchiqqa ko‘milib yoki 
suv ostidagi o‘simliklar orasida, daraxtlar ildizi yaqinidagi kovaklarda 
qishki uyquga ketadi.
Ko‘l baqasi kunduz kunlari qirg‘oq yaqinida ov qiladi. U qo‘n-
g‘iz, pashsha, chivin, o‘rgimchak kabi mayda umurtqasiz hayvon lar 


121
35-§. Ko‘l baqasining tashqi tuzilishi va skeleti
bilan oziqlanadi. Ovga chiqqan baqa qimirlamay o‘ljani poylab yota-
di. Baqalar faqat harakatlangan o‘ljanigina payqaydi. Baqa og‘zidan 
uzun yopishqoq tilini chiqarib, o‘ljani tili bilan yopishtirib oladi. 
Tashqi tuzilishi.
Baqaning gavdasi yapaloq, katta yassi boshi ta-
nasiga chegarasiz qo‘shilib ketganligidan bo‘yni bilinmaydi. Boshi 
tanasiga harakatchan birikkanligi bilan baliqlardan farq qiladi 
(69-rasm). Bo‘yni qisqa bo‘lsa ham, baqa boshini har tomonga bu-
radi va ega oladi. Boshining ikki yoniga bo‘rtib chiqqan ko‘zlarini 
yuqoridan va pastdan harakatchan qovoqlar himoya qiladi. Qovoqlar 
ko‘zni namlab, uni qurib qolishdan saqlaydi. Bir juft burun teshigi 
ko‘zlarining oldida joylashgan. Burni hid bilish va havo o‘tkazish 
vazifasini bajaradi. Burun bo‘shlig‘i og‘iz bo‘shlig‘i bilan tutashgan. 
Baqa va boshqa suvda hamda quruqlikda yashovchilar atmosfera ha-
vosi bilan nafas oladi. Havo burun teshiklari orqali o‘pkaga o‘tadi. 
Burni va ko‘zlari boshining ustki qismida joylashgan. Baqa faqat 
burni va ko‘zini suvdan chiqarib, atrofni kuzatib turadi. Baqa suv 
ostiga sho‘ng‘iganida maxsus klapanlar uning burun teshigini bekitib, 
nafas yo‘liga suv o‘tkazmaydi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin