121
35-§. Ko‘l baqasining tashqi tuzilishi va skeleti
bilan oziqlanadi. Ovga chiqqan baqa qimirlamay o‘ljani poylab yota-
di. Baqalar faqat harakatlangan o‘ljanigina payqaydi. Baqa og‘zidan
uzun
yopishqoq tilini chiqarib, o‘ljani tili bilan yopishtirib oladi.
Tashqi tuzilishi.
Baqaning gavdasi yapaloq, katta yassi boshi ta-
nasiga chegarasiz qo‘shilib ketganligidan bo‘yni bilinmaydi.
Boshi
tanasiga harakatchan birikkanligi bilan baliqlardan farq qiladi
(69-rasm). Bo‘yni qisqa bo‘lsa ham, baqa boshini har tomonga bu-
radi va ega oladi. Boshining ikki yoniga bo‘rtib chiqqan ko‘zlarini
yuqoridan va pastdan harakatchan qovoqlar himoya qiladi. Qovoqlar
ko‘zni namlab, uni qurib qolishdan saqlaydi.
Bir juft burun teshigi
ko‘zlarining oldida joylashgan. Burni hid bilish va havo o‘tkazish
vazifasini bajaradi. Burun bo‘shlig‘i og‘iz bo‘shlig‘i bilan tutashgan.
Baqa va boshqa suvda hamda quruqlikda yashovchilar atmosfera ha-
vosi bilan nafas oladi. Havo burun teshiklari orqali o‘pkaga o‘tadi.
Burni va ko‘zlari boshining ustki qismida joylashgan. Baqa faqat
burni va ko‘zini
suvdan chiqarib, atrofni kuzatib turadi. Baqa suv
ostiga sho‘ng‘iganida maxsus klapanlar uning burun teshigini bekitib,
nafas yo‘liga suv o‘tkazmaydi.
Dostları ilə paylaş: