122
8.2. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi
suzgich pardasi bor. Orqa oyoqlari ol
dingi
oyoqlariga nisbatan uzun
va baquvvat bo‘ladi. Quruqlikda baqa orqa oyoqlariga tayanib sakray-
di, suvda esa orqa oyoqlarini dam-badam bukib va yozib suzadi.
Baqaning terisida shilimshiq suyuqlik ishlab chiqaruvchi bez
lar
uning terisini namlab, qurib qolishdan saqlaydi.
Skeleti va muskullari.
Baqa skeletining asosiy bo‘limlari zog‘ora-
baliqnikiga o‘xshash suyaklardan iborat (70-rasm).
Biroq quruqlikda
hayot kechirishga moslashishi va oyoqlarining paydo bo‘lishi tufayli
skeleti tuzilishida qator o‘ziga xos xususiyatlar yuzaga kelgan. Xusu-
san, umurtqa pog‘onasi bo‘yin umurtqasi orqali kalla suyagi bilan
harakatchan qo‘shilgan. Baqaning qovurg‘alari rivojlanmaganidan
ko‘krak qafasi ham bo‘lmaydi.
Dum umurtqalari birlashib, bitta
uzun dum suyagini hosil qiladi.
Baqaning oldingi va orqa oyoqlari skeleti
kamar suyaklari orqa-
li umurtqa pog‘onasi bilan tutashgan. Oldingi oyoqlar skeleti bitta
yelka, ikkita bilak
va bir qancha panja suyak
laridan iborat. Ular
yelka kamari: ikkitadan ko‘krak tirgak, o‘mrov va kurak suyaklari
orqali umurtqa pog‘onasiga birikadi. Kamar suyaklarining ikkinchi
uchi to‘sh suyagiga tutashgan. Orqa oyoq
lar son, boldir, tovon,
panja suyaklaridan iborat. Orqa oyoqlar kamarini o‘zaro
harakatsiz
birikkan uchta chanoq suyaklari hosil qiladi. Chanoq suyaklari orqa
oyoqlar uchun tayanch bo‘ladi. Suvda hamda quruqlikda yashovchi-
lar oldingi va orqa oyoqlarining barcha suyaklari o‘zaro bo‘g‘imlar
orqali harakatchan birikkan; muskullari nisbatan kuchli rivojlangan.
Dostları ilə paylaş: