119
34-§. Suyakli baliqlar sinfi: asosiy sistematik guruhlari va ahamiyati
chi umurtqali hayvonlarning kelib chiqishini
tushuntirishda katta
ahamiyatga ega.
Baliqlarning ahamiyati.
Baliq go‘shti va ikrasi xushta’m taom
hisoblanadi. Ayniqsa, osetrsimonlar va losossimonlar go‘shti va
ikrasi qadrlanadi. Jahon bo‘yicha har yili 50 mln tonnaga yaqin
baliq ovlanadi. Baliqlarning asosiy qismi dengizlardan ovlanadi.
Baliq ovlash uchun maxsus kemalar – traulerlardan foydalaniladi.
Baliqchilik sanoati chiqindilaridan chorva mollari uchun baliq uni,
qishloq xo‘jaligi uchun o‘g‘it ishlab chiqariladi.
Baliq moyi farma-
tsevtikada vitaminli dori hisoblanadi. O‘zbekistonda baliqlar ichki
suv havzalaridan ovlanadi. Zog‘ora, oq amur, oqcha, xumbosh, oq
sla, ilonbosh asosiy ovlana
digan baliqlar hisoblanadi.
Tabiiy sharoitda baliqlar uvildirig‘i va chavoqlari ko‘plab
nobud
bo‘ladi. Shuning uchun baliqlar maxsus zavodlarda urchitilib, tabiiy
suv havzalariga qo‘yib yuboriladi. Baliqlarni boshqa suv havzalariga
ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Uzoq Sharq
daryolaridan respublika-
mizdagi suv havzalariga oq amur, xumbosh, ilonbosh kabi baliqlar
olib kelib, iqlimlashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: