127
37-§. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko‘payishi, rivojlanishi va xilma-xilligi
tuxumning qobig‘i bo‘rtib, tiniq yopishqoq
shilimshiq parda hosil
qiladi. Tuxumning ustki qismi qoramtir tusda bo‘lganidan quyosh
nuri ta’sirida yaxshi isiydi. Tuxumlar suv yuzasida to‘p-to‘p bo‘lib
qalqib yuradi.
Rivojlanishi.
Urug‘langan tuxumdan lichinka (itbaliq) rivojlanib
chiqadi (74-rasm). Itbaliqning ko‘rinishi mayda ba
liqchaga o‘xshaydi.
Uning
uzun va keng dumi, ikki yonida joylashgan ikki tutam tashqi
jabralari bo‘ladi. Rivojlangan sayin tashqi jabralar halqum devorida
joylashgan ichki jabralar bilan almashinadi.
Itbaliqning yuragi ikki
kamerali, qon aylanish sistemasi ham bitta doiradan iborat. Tana-
sining ikki yonida yon chiziqlari bo‘ladi.
1
3
2
4
6
5
7
8
74-rasm. Baqaning rivojlanishi:
1 – tuxumlar; 2–3–4–5 – itbaliqlarning rivojlanishi;
6–7–8 –
itbaliqning baqaga aylanishi
Tuxumdan chiqqan itbaliq dastlab tu
xumdan qolgan oziq mod-
dalar hisobiga yashaydi. Keyinroq u mayda suv o‘tlari,
bir hujayrali
hayvonlar va suv o‘tlari sirtiga yopishgan turli mikroorganizmlar
bilan oziqlana boshlaydi. Rivojlanish davomida dastlab uning orqa
oyoqlari, so‘ngra oldingi oyoqlari paydo bo‘ladi; jabrasi o‘pka
bilan
almashinadi. Qon aylanish sistemasi organlari ham qayta quriladi.
Yosh baqa suv yuzasiga ko‘tarilib, atmosfera havosi bilan nafas ola
boshlaydi. Dumi asta-sekin yo‘qolib ketishi bilan itbaliq yosh baqaga
aylanadi va quruqlikka chiqadi. Yosh baqalar
uch yildan keyingina
voyaga yetadi va urchiy boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: