130
8.3. Sudralib yuruvchilar sinfi
namlab turadi. Ko‘zlaridan orqaroqda joylashgan doirasimon nog‘ora
parda tashqi quloq teshigini yopib turadi. Kaltakesak juda yaxshi
eshitadi. Hatto hasharotlar o‘rma layotganda chiqadigan tovushni ham
sezadi. Kaltakesak
ning tili tuyg‘u va ta’m bilish organi hisoblanadi.
U uzun
ayri tilini tez-tez chiqarib, atrofidagi nar
sa
larni bilib oladi.
Kaltakesakning oyoqlarida 5 tadan panjasi bo‘ladi. Oyoqlar tana-
ga ikki yon tomondan birikkan bo‘lganidan tanasini dast ko‘tarib
turmaydi. Shuning uchun harakatlanayotgan kaltakesakning qorni
yerda sudraladi; dumi yurishga yordam beradi.
Kaltakesakning quruq terisi muguz tangachalar bilan qoplangan.
Tangachalar kaltakesak tumshug‘i va qornining
ostida yirik qalqon-
simon plastinkalarni, barmoqlari uchida muguz tirnoqlarni hosil
qiladi. Muguzli teri hayvonning o‘sishiga xalaqit beradi. Shuning
uchun barcha sudralib yuruvchilar singari
kaltakesaklar ham faqat
tullash davrida o‘sadi. Yoz mavsumida kaltakesak 4–5 marta tul-
laydi. Tullaganida uning eski terisi parcha-parcha bo‘lib ko‘chib
tushib, o‘rniga yangisi hosil bo‘ladi. Kaltakesak tanasi yangi teri
qotguncha o‘saveradi.
Dostları ilə paylaş: