133
39-§. Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi: tangachalilar turkumi
qovoqlari soat oynasi singari ko‘zini qoplab turadi. Kaltakesak-
lar singari ilonlar ham tullaydi. Lekin ilonlar tullaganda terisi
paypoqqa o‘xshab yaxlit ko‘chib tushadi.
Ilonlarning yuqori va
pastki jag‘ suyaklari cho‘ziluvchan paylar yordamida hara
katchan
birikkan. Ular og‘zini juda katta ochib, tanasidan ancha yo‘g‘on
o‘ljani ham butunligicha yuta oladi. Ilonlar havoda tarqalgan
tovushlarni eshitmaydi.
Zaharli ilonlarning og‘iz bo‘shlig‘ida yuqori jag‘idan orqaroqda
zahar bezlari va yuqori jag‘ida ikkita yirik
zahar tishlari joylashgan
(76-rasm). Ilon chaqqanida bezlar ishlab chiqaradigan zahar ana shu
tishlardagi egatcha yoki naycha orqali o‘ljasi yoki g‘animi tanasiga
o‘tadi. Ilonning uchi ayri tili ham kaltakesakniki singari tuyg‘u va
ta’m bilish organi hisoblanadi. Ilonlarning eshi
tish
organi yaxshi
rivojlanmagan.
Bo‘g‘ma va
shaqildoq ilonlar
ning issiqlikni uzoqdan
sezadigan organi bo‘ladi.
Ilonlar o‘rgimchaksimonlar, hasharotlar, baliqlar, baqalar,
qurbaqalar,
kaltakesaklar, mayda qushlar va sutemizuvchilar
bilan oziqlanadi. Ular bittadan bir necha o‘ntagacha tuxum
qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: