22
bo‘yog‘i oziq bilan birga hazm qilish vakuollari ichiga o‘tib, ularni
qizil rangga bo‘yaydi. Mikroskopda
tufelka kipriklari harakatini, oziq
hazm qilish vakuollarining sitoplazma oqimi bilan harakatlanishini
kuzating.
Tufelkaning oldingi va keyingi tomonida bittadan qisqaruvchi va-
kuola joylashgan. Har qaysi vakuola suyuqlikni sitoplazmadan yig‘ib
oluvchi bir necha uzun va ingichka naychalar, suyuqlik to‘plovchi
pufakcha va uning ichida to‘plangan suyuqlikni tashqariga ajratib
chiqaradigan naychasidan iborat. Pufakchalar navbat bilan qisqarib,
suyuqlikni tashqariga chiqarib turadi. Bir necha daqiqa davomida
vakuol pufagining suv bilan to‘lishi va bo‘shashini kuzating.
2-ish. Tufelkaning ta’sirlanishini kuzatish. Buyum
oynasiga toza
suv va infuzoriyali pichan ivitmasidan bir tomchidan tomizing.
Bu ikkala tomchini ingichka kanalcha orqali tutashtiring. Tufelkali
pichan ivitmasi tomchisiga bir nechta mayda osh tuzi zarrachalari-
ni tashlang. Mikroskopning kichik obyektivida tufelkalarni osh tuzi
tashlangan suvdan toza suv tomchisiga o‘tishini kuzating.
3-ish. Tufelkaning kuydiruvchi tanachalarini otib chiqarishini
va yadrolarini kuzatish. Buyum oynasiga tufelkali pichan ivitma
-
sidan tomizing. Tomchiga sirka kislota va yashil metil bo‘yog‘i
aralashmasining suvdagi eritmasidan bir tomchi tomizing. Tom-
chini qoplag‘ich oyna bilan yopib,
mikroskopning katta obyek-
tivida kuzating. Sirka kislota ta’sir etganda tufelka kuydiruvchi
tanachalarini otib chiqarib, halok bo‘ladi. Yashil metil bo‘yog‘i
esa tufelkaning yadrolarini yashil rangga bo‘yaydi. Mikroskopning
katta obyektivida tufelka tanasi sirtiga otilib chiqqan tanachalarni
toping. Bu tanachalar tufelka ustida tartibsiz joylashgan ingichka
iplar shaklida ko‘rinadi. O‘sha preparatda loviyasimon katta yadro
va uning botiq tomonida joylashgan kichik yadroni toping.
II bob. Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar