92
bo‘ladi; har 2–4 kunda 100–150 tadan tuxum qo‘yadi. Bir mavsum-
da pashshaning 8–10 avlodi rivojlanadi. Bitta urg‘ochi pash
shaning
avlodi bir mavsumda 5
000
000
000 ga yetishi mumkin. Pash
shalar
ichburug‘,
qorin tifi, vabo, sil, bo‘g‘ma kabi kasal lik lar ning mikrob-
larini hamda gijjalar
ning tuxumlarini tarqa
tadi. Ular axlatxona va
boshqa iflos joylardan mikroblarni oyog‘i
va tanasida ilakishtirib olib,
oziq-ovqat mahsulotlariga yuqtiradi.
Pashsha tez ko‘payib ketmasligi uchun uy-joylar atrofini doimo
toza saqlash va har xil chiqindilarni o‘z vaqtida yo‘qotib turish
zarur. Xonadonlarda ular yelimli qog‘ozlar va har xil zaharli mod-
dalar sepib yo‘qotiladi.
Ikki qanotlilarning xilma-xilligi.
Ikki
qanotlilardan bir qancha
turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi.
Chivinlarning urg‘ochisi
odam va hayvonlar qonini so‘radi. Erkak chivinlar o‘simlik shirasi
bilan oziqlanadi. Chivinlarning qurtlari hovuz va ko‘lmak suvlarda
rivojlanadi. Chivinlar qon so‘rib, odam va hayvonlarni bezovta qilish
bilan birga bezgak kasalligini tarqatadi. Bahor
va yoz mavsumida
chivinlarning bir necha avlodi rivojlanadi. Turarjoylarning yerto‘lala-
rida ular qishda ham rivojlanishi mumkin.
Iskabtoparlar – chivinlarga o‘xshash mayda hasharotlar. Ular
cho‘llardagi kemiruvchilar inida ko‘p uchraydi. Hayvonlar va odam
qonini so‘radi. Odamga teri leyshmaniozi (yomon yara) kasalligi
qo‘zg‘atuvchisini tarqatadi. Bu kasallik janubiy viloyatlarda uchraydi.
So‘na va
bo‘kalarning tashqi ko‘rinishi pashshalarga o‘xshash (53-
rasm). So‘nalar hayvonlar terisini jag‘lari yordamida teshib,
qonini
so‘radi. Ular cho‘l mintaqalarida juda ko‘p uchraydi; issiq yoz
7.3. Hasharotlar sinfi
Dostları ilə paylaş: