27-§. Hasharotlarning kelib chiqishi va ahamiyati Hasharotlarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. Tabi-
atda ko‘pchilik hayvonlar va o‘simliklarning hayoti hasha
rotlar bi-
lan bog‘liq. Hasharotlar qaldirg‘ochlar, qizilishtonlar, chittaklar va
boshqa qushlar, sutemizuvchilardan ko‘rsha
palaklar va tiðratikanlar,
deyarli ko‘pchilik kaltakesaklar, suvda ham quruqlikda yashovchilar,
bir qancha baliqlarning asosiy ozig‘i hisoblanadi. Hatto hasharotlar
orasida ham boshqa hasharotlar bilan oziqlanadigan yirtqichlari ko‘p
uchraydi. Bir qancha donxo‘r qushlar ham o‘z bolalarini hasharotlar
bilan boqadi.
O‘laksaxo‘r va go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlar, ko‘pchilik pashshalar
ning
qurtlari hayvonlarning murdasi va tezagi bilan oziqlanadi. O‘simlik
qoldiqlari bilan oziqlanadigan hasharotlar esa ularning chirishini
tezlashtiradi. Hayvon va o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanadigan
hasharotlar yer yuzini ifloslanishdan saqlaganligi tufayli ular «tabiiy
sanitarlar» deyiladi.
Ko‘pchilik gulli o‘simliklar hasharotlar yordamida changlanganida
mo‘l hosil beradi. Deyarli barcha burchoqdoshlar, ko‘pchilik qoqi-
doshlar, gulxayridoshlar, ra’noguldoshlar, piyozguldoshlar, loladoshlar
va poliz ekinlari hasharotlar yordamida changlanadi. Tukli arilar
beda va sebarganing asosiy changlatuv
chisi hisoblanadi. Grechixa,
kungaboqar va anjir yovvoyi arilar yordamida changlanadi.
Zararkunanda hasha rotlar. Ayrim hasharotlar soni juda ko‘payib
ketishi tufayli ekinlarga katta ziyon yetkazadi. Za
rar
kunanda hasha-
54-rasm. Olma mevaxo‘rining rivojlanishi: 1 – kapalagi; 2 – po‘stloq os ti dagi
g‘umbagi; 3 – g‘umbakdan chiqqan
kapalak; 4 – qurti; 5 – g‘umbagi;
6 – zararlangan olma
4 3 6 2