527
7.
Korrupsiya davlat va jamiyat
hayotida qanday salbiy
oqibatlarni keltirib chiqaradi?
8.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining
ustuvor yo‗nalishlarini aytib bering.
9.
Korrupsiyaga
qarshi
kurashish
bo‗yicha
hududiy
idoralararo komissiyaning asosiy vazifalarini aytib bering.
10.
O‗zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning qonuniy
va me‘yoriy asoslari nima?
528
XVIII BOB. HUDUDLAR IQTISODIY XAVFSIZLIGINI
TA‘MINLASH
18.1-§. Davlatning hududiy siyosati va mintaqalashtirish
muammolari
Samarali mintaqaviy siyosatni o‗tkazish mintaqalar ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini chuqur tahlil qilish
va tashxislashni talab
qiladi.
Mintaqalashtirish
muammosi
– bu O‗zbekiston
Respublikasi iqtisodiy makonining yagonaligini saqlab qolishdir.
Shu boisdan mintaqaviy darajadagi iqtisodiyotda iqtisodiy
o‗zgarishlar bilan bog‗liq bo‗lgan barcha
masalalar markaz bilan
muvofiqlashlashtirgan holda hal etiladi.
Mintaqaviy siyosatning maqsadi mamlakatning yaxlit
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga
xalaqit beradigan, ijtimoiy
kelishmovchiliklarning paydo bo‗lishiga xizmat qiladigan hududiy
notengliklarni bartaraf etishdan iborat.
Mintaqaviy siyosatni
amalga oshirishdan avval, birinchi
navbatda, mamlakatdagi hududiy
notengliklarning sabablari
o‗rganiladi. Bunda quyidagilarga e‘tibor berish lozim:
tabiiy-iqlim
sharoitidagi
keskin
tafovutlarning
mamlakatning ayrim hududlari aholisining turmush sharoiti va
tadbirkorlik faoliyatiga ta‘siri;
Dostları ilə paylaş: