S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/249
tarix09.09.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#142327
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Elektron pochta.
Hozirda Internet global tarmog‘i viruslaming asosiy manbai 
hisoblanadi. Viruslar bilan zaharlanishlaming aksariyati MicroSoft- 
Word formatida xatlar almashishda sodir bo‘ladi. Elektron pochta 
makroviruslami tarqatish kanali vazifasini o‘taydi, chunki axborot 
bilan bir qatorda ko‘pincha ofis hujjatlari jo ‘natiladi.
Viruslar bilan zaharlash bilmasdan va yomon niyatda amalga 
oshirilishi mumkin. Masalan, makrovirus bilan zaharlangan muhar- 
rirdan foydalanuvchi o‘zi shubha qilmagan ho Ida, adresatlarga za­
harlangan xatlami jo ‘natishi mumkin. Ikkinchi tarafdan niyati buzuq 
odam atayin elektron pochta orqali har qanday xavfli dasturiy kodni 
jo ‘natishi mumkin.
Troyan Web-saytlar.
Foydalanuvchilar virusni yoki troy an 
dasturni Internet saytlarining oddiy kuzatishda, troyan Web-saytni 
ko‘rganida olishi mumkin. Foydalanuvchi brauzerlaridagi xatoliklar 
ko‘pincha troyan Web-saytlari faol komponentlarining foydalanuv­
chi kompyuterlariga zarar keltiruvchi dasturlami kiritishiga sabab 
bo‘ladi. Troyan saytni ko‘rishga taklifni foydalanuvchi oddiy 
elektron xat orqali olishi mumkin.
Lokal tarmoqlar.
Lokal tarmoqlar ham tezlikda zaharlanish vositasi hisoblanadi. 
Agar himoyaning zaruriy choralari ko‘rilmasa, zaharlangan ishchi 
stansiya lokal tarmoqqa kirishda serverdagi bir yoki bir necha xiz- 
matchi fayllarni zaharlaydi. Bunday fayllar sifatida Login.com xiz- 
matchi faylni, firmada qo‘llaniluvchi Excel-jadvallar va standart 
liujjat-shablonlarni ko‘rsatish mumkin. Foydalanuvchilar bu tarmoq­
qa kirishida serverdan zaharlangan fayllarni ishga tushiradi, natijada 
virus foydalanuvchi kompyuteridan foydalana oladi.
178


Zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatishning boshqa kanallari.
Viruslami tarqatish kanallaridan biri dasturiy ta’minotning 
qaroqchi nusxalari hisoblanadi. Disketlar va CD-disklardagi noqu- 
nuniy nusxalarda ko‘pincha turli-tuman viruslar bilan zaharlangan 
fayllar bo‘ladi. Viruslami tarqatish manbalariga elektron anjumanlar 
va FTP va BBS fayl-serverlar ham taalluqli.
0 ‘quv yurtlarida va Internet-markazlarida o‘rnatilgan va 
umumfoydalanish rejimida ishlovchi kompyuterlar ham osongina 
viruslami tarqatish manbaiga aylanishi mumkin. Agar bunday 
kompyuterlardan biri navbatdagi foydalanuvchi disketidan zaharlan­
gan bo‘Isa, shu kompyuterda ishlovchi boshqa foydalanuvchilar 
disketlari ham zaharlanadi.
Kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan kompyuter 
viruslari ham o‘zining yangi yashash makoniga moslashgan holda 
takomillashadi. Har qanday onda yangi, oldin ma’lum bo‘lmagan 
yoki ma’lum bo‘lgan, ammo yangi kompyuter asbob-uskunasiga 
mo‘ljallangan kompyuter viruslari, troyan dasturlari va qurtlar pay- 
do bo‘lishi mumkin. Yangi vimslar ma’lum bo‘lmagan yoki oldin 
mavjud bo‘lmagan tarqatish kanallaridan hamda kompyuter tizim- 
lariga tatbiq etishning yangi texnologiyalaridan foydalanishi mum­
kin. Virusdan zaharlanish xavfini yo‘qotish uchun lcorporativ tar- 
moqning tizim ma’muri, nafaqat virusga qarshi usullardan foyda­
lanishi, balki kompyuter viruslari dunyosini doimo kuzatib borishi 
shart.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin