S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/249
tarix09.09.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#142327
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Evristik tahlil.
Kompyuter vimsi ko‘payishi uchun xotirada 
nusxalanish, sektorga yozilish kabi qandaydir muayyan harakatlami 
amalga oshirishi lozim. Evristik tahlillagichda bunday harakatlar- 
ning ro‘yxati mavjud. Evristik tahlillagich dasturlarni hamda disk va 
disket yuklama sektorlarini, ularda vimsga xos kodlami aniqlashga 
uringan holda tekshiradi. Tahlillagich zaharlangan faylni topib, 
monitor ekraniga axborot chiqaradi va shaxsiy yoki tizimli jumalga 
yozadi. Evristik tahlil oldin ma’lum bo‘lmagan vimslami aniqlaydi.
Virusga qarshi monitoring.
Ushbu usulning mohiyati shundan 
iboratki, kompyuter xotirasida boshqa dasturlar tomonidan bajari-
180


luvchi shubhali harakatlami monitoringlovchi virusga qarshi dastur 
doimo bo‘ladi. Virusga qarshi monitoring barcha ishga tushiriluvchi 
dasturlami, yaratiluvchi, ochiluvchi va saqlanuvchi hujjatlami, In­
ternet orqali olingan, disketdan yoki har qanday kompakt-diskdan 
nusxalangan dastur va hujjatlarning fayllarini tekshirishga imkon 
beradi. Agar qandaydir dastur xavfli harakat qilishga urinmoqchi 
bo‘Isa, virusga qarshi monitor foydalanuvchiga xabar beradi.
0 ‘zgarishlam i aniqlovchi usul.
Diskni taftish qiluvchi deb 
ataluvchi ushbu usulni amalga oshirishda virusga qarshi dastur 
diskning hujumga duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha sohalari- 
ni oldindan xotirlaydi, so‘ngra ulami vaqti-vaqti bilan tekshiradi. 
Virus kompyuterlami zaharlaganida, qattiq disk tarkibini o‘zgartira- 
di: masalan, dastur yoki hujjat fayliga o‘zining kodini qo‘shib qo‘- 
yadi, Autoexec.bat fayliga dastur-virusni chaqirishni qo‘shadi, yuk­
lama sektomi o‘zgartiradi, fayl-yo‘ldosh yaratadi. Disk sohalari xa- 
rakteristikalarining qiymatlari solishtirilganida, virusga qarshi dastur 
ma’lum va no‘malum viruslar tomonidan qilingan o‘zgarishlami 
aniqlashi mumkin.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin