S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


RH 45-193:2007 - Rahbariy hujjat. Davlat organlari sayt-



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/249
tarix09.09.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#142327
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

RH 45-193:2007 - Rahbariy hujjat. Davlat organlari sayt-
larini joylashtirish uchun provayderlar serverlari va texnik
maydonlarning axborot xavfsizligini ta’minlash darajasini
aniqlash tartibi. 
Ushbu hujjat davlat organlari saytlarini joylash­
tirish uchun provayderlar serverlari va texnik maydonlarning axbo­
rot xavfsizligini ta’minlash darajasini aniqlashning namunaviy 
tartibini belgilaydi.
Ushbu hujjat talablari davlat organlarining saytlari uchun 
xosting xizmatlarini taqdim etuvchi barcha xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar tomonidan qo‘llanilishi majburiydir.
Hujjatda davlat organlarining saytlarini joylashtirish uchun 
provayderlar serverlari va texnik maydonlarning axborot xavfsiz­
ligini (AX) ta’minlash darajasini belgilash, axborot resurslarini 
yaratish va foydalanishning barcha aspektlarini hisobga olgan holda 
ushbu vazifaga kompleks yondoshilishiga asoslanadi. Buning uchun 
tashkiliy, texnik va dasturiy muhofaza qilish choralarini, xavf- 
xatarlar va axborotning muhofazalanganlik darajasini baholash va 
prognoz qilish bo'yicha tadbirlami doimo rivojlanib borayotgan 
yagona tizimga umumlashtirish talab etiladi.
Axborotni muhofaza qilish o‘z ichiga AXni ta’minlashga qara- 
tilgan chora-tadbirlar kompleksini oladi: ma’lumotlami kiritish, saq­
lash, qayta ishlash va uzatish uchun foydalaniladigan axborot va 
resurslaming butunligi, ulardan foydalana olishlik, zarur holda, 
konfidensialligini qo‘llab-quwatlash.
Axborotni muhofaza qilish maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
54


- axborotning chiqib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qolishi, buzilishi, 
qalbakilashtirilishini oldini olish;
- axborotni yo‘q qilish, modifikatsiya qilish, buzish, nusxa ko‘- 
chirish, blokirovka qilish bo‘yicha ruxsat etilmagan harakatlaming 
oldini olish;
- axborot resurslari va axborot tizimlariga (AT) noqonuniy ara- 
lashishning boshqa shakllarini oldini olish.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin