S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


 ‘z DSt 1204:2009 - “Axborot texnologiyasi. Axborotning



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/249
tarix09.09.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#142327
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

0 ‘z DSt 1204:2009 - “Axborot texnologiyasi. Axborotning
kriptografik muhofazasi. Kriptografik modullarga xavfsizlik
talablari”.
Ushbu standart ochiq va simmetrik kalitli kriptografik modul­
larga qo‘yiladigan yagona xavfsizlik talablarini belgilaydi hamda 
axborotning kriptografik muhofaza qilish vositalarini loyihalash, 
ishlab chiqish, sotish (eltib berish) va undan foydalanish uchun 
mo‘ljallangan. Standart EHM, telekommunikatsiya tarmoqlari, ay- 
rim hisoblash komplekslari yoki EHMda saqlanadigan va uza- 
tiladigan konfidensial axborotni muhofaza qiladigan kriptografik 
modullarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablarini belgilaydi.
50


Ushbu standartda quyidagi standartlarga havolalardan foyda- 
lanilgan:
0 ‘z DSt 1092:2005 Axborot texnologiyasi. Axborotning krip­
tografik muhofazasi. Elektron raqamli imzoni shakllantirish va 
tekshirish jarayonlari.
0 ‘z DSt 1105:2006 Axborot texnologiyasi. Axborotning krip­
tografik muhofazasi. Ma’lumotlami shifrlash algoritmi.
0 ‘z DSt 1109:2006 Axborot texnologiyasi. Axborotning krip­
tografik muhofazasi. Atamalar va ta’riflar.
Nazorat savollari:
1. 0 ‘zbekiston Respublikasining 0 ‘z DSt 1092:2009, 0 ‘z DSt 
1
105:2009
va 0 ‘z DSt 1
106:200
9 milliy standartlarining mohiyatini 
tushuntirib bering.
2. 0 ‘z DSt 1204:2009 milliy standartida qanday masalalar 
yoritib berilgan?
3.3. Axborot xavfsizligi sohasiga oid me’yoriy hujjatlar
RH 45-215:2009 - Rahbariy hujjat. Ma’lumotlar uzatish
tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida Nizom.
Ushbu hujjat N 100:2002 «Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ida 
axborot xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida nizom» o‘miga amalga 
kiritilgan bo‘lib, ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida (MUT) axborot 
xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy maqsadlar, vazifalar, 
funksiyalar va tashkiliy-texnik tadbirlami belgilaydi.
Nizom xonaning muhofaza qilinishini tashkil qilish, tarmoq 
komponentlarining saqlanganligi va fizik yaxlitligini ta’minlash, 
tabiiy ofatlar, energiya ta’minoti tizimida ishlamay qolishlardan 
muhofaza qilish masalalari, xodimlar va MUT mijozlarining shaxsiy 
xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralari, shuningdek, Tezkor- 
qidiruv tadbirlar tizimini (TQTT) tashkil qilish masalalari va uning 
ishlashini tartibga solmaydi.
Ushbu hujjat talablari MUT normal ishlashini kuzatish, xizmat 
ko‘rsatish va ta’minlash ishlarini amalga oshiruvchi mutasaddi 
qo‘mita va vazirliklaming barcha korxonalariga taalluqlidir.
51


Ushbu Nizomga axborot muhofazasi bo‘yicha xizmatlar 
ro‘yxati o‘zgarganda yoki MUTni modemizatsiya qilish va 
rivojlantirishda o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lishi 
mumkin.
Ushbu Nizom axborotni muhofaza qilishning huquqiy, tash- 
kiliy, rejimli, texnik, dasturiy va boshqa metodlari hamda vosita- 
laridan foydalanish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash 
qismida amalga oshirilgan choralaming samaradorligi uchun har 
tomonlama uzluksiz nazorat qilishni amalga oshirish asosida 
MUTda axborot xavfsizligini ta’minlash ko‘zda tutiladi.
MUTda axborot xavfsizligini ta’minlash AXTTni yaratish 
yo‘li bilan kompleksli va MUT hayotiy siklining barcha bos- 
qichlarida tashkiliy-texnik tadbirlami doimo o‘tkazish bilan hal 
etiladi.
MUT AXTT samarali ishlashini ta’minlash funksiyalari kor- 
xona rahbariga bevosita bo‘ysunadigan korxonaning MUT axborot 
xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi)gayuklatiladi.
Korxonaning MUT axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati 
(bo‘limi) o‘z faoliyatida 0 ‘zbekiston Respublikasining qonun huj- 
jatlari va normativ hujjatlari, Prezident farmonlari, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Agentlikning nor- 
mativ-huquqiy hujjatlari, korxona rahbarlarining buyruqlari va 
farmoyishlari hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) MUT ser- 
verlarida saqlanadigan va MUT telekommunikatsiya kanallari va 
vositalari bo‘ylab uzatiladigan, agar bu shartnomada ko‘zda tutilgan 
bo‘Isa, abonentlar axborotining konfidensialligi, yaxlitligi va undan 
erkin foydalanish uchun javobgar bo‘ladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) abonent 
terminallarida saqlanadigan abonent axborotining konfidensialligi, 
yaxlitligi va undan erkin foydalanish uchun javobgar bo‘lmaydi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) viruslar 
bilan zararlangan hamda zararli dasturlami o‘z ichiga olgan foydala­
nuvchi va abonentlaming axborot resurslari (MUT serverlarida 
joylashadigan va saqlanadigan, MUT telekommunikatsiya kanallari 
va vositalari bo‘ylab uzatiladigan), shuningdek, 0 ‘zbekiston Res­
publikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan axborot
52


resurslari tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralami qabul qilish 
huquqiga ega.
Abonentlarga axborotni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha 
xizmatlarni taqdim etish shartnomada bayon etiladi.
MUT foydalnuvchilari va abonentlari o‘z darajasida axborotni 
muhofaza qilish tizimlari yoki vositalarini qo‘llash (ulardan foyda­
lanish) huquqiga ega.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin