6-qadam.
Rasshifrovka qilingan so‘zning
son ekvivalenti
7>=<1,10,12,1,14,1> simvollar bilan almashtiriladi. Natijada dast
labki so‘z 7o=
hosil bo‘ladi.
Shifrlashning additiv usullari.
Shifrlashning
additiv usulla-
riga
binoan dastlabki axborot simvollariga mos keluvchi raqam
kodlarini ketma-ketligi
gamma
deb ataluvchi qandaydir simvollar
ketma-ketligiga mos keluvchi kodlar ketma-ketligi bilan ketma-ket
jamlanadi. Shu sababli, shifrlashinng additiv usullari
gammalash
deb ham ataladi.
Ushbu usullar uchun kalit sifatida gamma ishlatiladi. Additiv
usulning kriptobardoshligi kalit uzunligiga va uning statistik
xarakteristkalarining tekisligiga bog‘liq. Agar kalit shifrlanuvchi
simvollar ketma-ketligidan qisqa bo‘Isa, shifrmatn kriptotahlillovchi
tomonidan statistik usullar yordamida rasshifrovka qilinishi mum
kin. Kalit va dastlabki axborot uzunliklari qanchalik farqlansa,
shifrmatnga muvaffaqiyatli hujum ehtimolligi shunchalik ortadi.
Agar kalit uzunligi shifrlanuvchi axborot uzunligidan katta bo‘lgan
tasodifiy sonlarning davriy bo‘lmagan ketma-ketligidan iborat bo‘l-
sa, kalitni bilmasdan turib, shifrmatnni rasshifrovka qilish amaliy
jihatdan mumkin emas. Almashtirish usullaridagidek gammalashda
kalit sifatida raqamlaming takrorlanmaydigan ketma-ketligi ishla
tilishi mumkin.
Amaliyotda asosini psevdotasodifiy sonlar generatorlari (dat-
chiklari) tashkil etgan additiv usullar eng ko‘p tarqalgan va samarali
hisoblanadi. Generator psevdotasodifiy sonlarning cheksiz ketma-
ketligini shakllantirishda nisbatan qisqa uzunlikdagi dastlabki
axborotdan foydalanadi.
Psevdotasodifiy sonlar ketma-ketligini shakllantirishda kong-
ruent generatorlardan ham foydalaniladi. Bu sinf generatorlari son-
laming shunday psevdotasodifiy ketma-ketliklarini shakllantiradiki,
ular uchun generatorlaming davriyligi va chiqish yo‘li ketma-ket-
liklarining tasodifiyligi kabi asosiy xarakteristkalarini qat’iy mate-
matik tarzda ifodalash mumkin.
Kongruent generatorlar ichida o‘zining soddaligi va samara-
liligi bilan chiziqli generator ajralib turadi. Bu generator quyidagi
munosabat bo‘yicha sonlarning psevdotasodifiy ketma-ketliklarini
shakllantiradi.
80