S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/249
tarix09.09.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#142327
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

 +
1
) = (a • 
T(i) +
 c)modm •
9
bu yerda « va c - o‘zgarmaslar, T(0) - tug‘diruvchi (sabab 
bo‘luvchi) son sifatida tanlangan dastlabki kattalik.
Bunday datchikning takrorlanish davri 
a
va 
c
kattaliklariga 
bog‘liq. m qiymati odatda 
2s
ga teng qilib olinadi, bu yerda 
s-
kompyuterdagi so‘zning bitlardagi uzunligi. Shakllantiruvchi son 
ketma-ketliklarining takrorlanish davri s-toq son va 
a
(mod4)=l 
bo‘lgandagina maksimal bo‘ladi. Bunday generatorlami apparat 
yoki programm vositalari orqali osongina yaratish mumkin.
Shifrlashning kombinatsiyalangan usullari.
Qudratli kom- 
pyuterlar, tarmoq texnologiyalari va neyronli hisoblashlaming pay­
do bo‘lishi hozirgacha umuman fosh qilinmaydi deb hisoblangan 
kriptografik tizimlami obro‘sizlantirilishiga sabab bo‘ldi. Bu esa, 
o‘z navbatida, yuqori bardoshlikka ega kriptografik tizimlami yara­
tish ustida ishlashni taqozo etdi. Bunday kriptografik tizimlami 
yaratish usullaridan biri shifrlash usullarini kombinatsiyalashdir. 
Quyida eng kam vaqt sarfida kriptobardoshlikni jiddiy oshishini 
ta’minlovchi shifrlashning kombinatsiyalangan usuli ustida so‘z bo- 
radi. Shifrlashning ushbu kombinatsiyalangan usuliga binoan ma’lu­
motlami shifrlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bos- 
qichda ma’lumotlar standart usul (masalan, DES usul) yordamida 
shifrlansa, ikkinchi bosqichda shifrlangan ma’lumotlar maxsus usul 
bo‘yicha qayta shifrlanadi. Maxsus usul sifatida ma’lumotlar vek- 
torini elementlari noldan farqli bo‘lgan son matritsasiga ko‘pay- 
tirishdan foydalanish mumkin.
Gammalashni qo‘llashda agar shifr gammasi sifatida raqam- 
laming takrorlanmaydigan ketma-ketligi ishlatilsa shifrlangan matn- 
ni fosh etish juda qiyin. Odatda shift gammasi har bir shifrlanuvchi 
so‘z uchun tasodifiy o‘zgarishi lozim. Agar shifr gammasi shifrlan­
gan so‘z uzunligidan katta bo‘Isa va dastlabki matnning hech 
qanday qismi ma’lum bo‘lmasa, shifmi faqat to‘g‘ridan-to‘gri sara- 
lash orqali fosh etish mumkin. Bunda kriptobardoshlik kalit oicha- 
mi orqali aniqlanadi. Shifrlashning bu usulidan ko‘pincha himoya 
tizimining dasturiy amalga oshirilishida foydalaniladi va shifr­
lashning bu usuliga asoslangan tizimlarda bir sekundda ma’lumot- 
laming bir necha yuz Kbaytini shifrlash imkoniyati mavjud. Ras-
81


shifrovka qilish jarayoni kalit ma’lum bo‘lganida shifr gammasini 
qayta generatsiyalash va uni shifrlangan ma’lumotlarga singdirish- 
dan iborat.
Shifrlangan ma’lumotlar vektorini matritsaga ko‘paytirishni 
qo‘llashda shifrlangan matn bir bayt uzunlikdagi 

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin