S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


d funksiya yordamida  м'=м



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/249
tarix09.09.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#142327
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

d
funksiya yordamida 
м'=м
dastlabki matnni olib bo‘lmaydi.
Kriptotizimlaming ikkita sinfi farqlanadi:
- simmetrik kriptotizim (bir kalitli);
- asimmetrik kriptotizim (ikkita kalitli).
Shifrlashning simmetrik kriptotizimida shifrlash va rasshif­
rovka qilish uchun bitta kalitning o‘zi ishlatiladi. Demak, shifrlash 
kalitidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan har qanday odam 
axborotni rasshifrovka qilishi mumkin. Shu sababli, simmetrik krip- 
totizimlar maxfiy kalitli kriptotizimlar deb yuritiladi. Ya’ni shifrlash 
kalitidan faqat axborot atalgan odamgina foydalana olishi mumkin. 
Shifrlashning simmetrik kriptotizimi sxemasi 5.9-rasmda keltirilgan.
Elektron hujjatlami uzatishning konfidensialligini simmetrik 
kriptotizim yordamida ta’minlash masalasi shifrlash kaliti konfi- 
densialligini ta’minlashga keltiriladi. Odatda, shifrlash kaliti ma’lu­
motlar fayli va massividan iborat bo‘ladi va shaxsiy kalit eltuv- 
chisidan masalan, disketda yoki smart-kartada saqlanadi. Shaxsiy 
kalit eltuvchisi egasidan boshqa odamlaming foydalanishiga qarshi 
choralar ko‘rilishi shart.
Simmetrik shifrlash axborotni "o‘zi uchun", masalan, egasi 
yo‘qligida undan ruxsatsiz foydalanishni oldini olish maqsadida, 
shifrlashda juda qulay hisoblanadi. Bu tanlangan fayllami arxivli 
shifrlash va butun bir mantiqiy yoki fizik disklami shaffof (avto- 
matik) shifrlash bo‘lishi mumkin.
Jo'natuvchi 
Qabul qiluvchi
5.9-rasm. Simmetrik shifrlash kriptotizimining sxemasi.
84


Simmetrik shifrlashning noqulayligi - axborot almashinuvi 
boshlanmasdan oldin barcha adresatlar bilan maxfiy kalitlar bilan 
ayirboshlash zaruriyatidir. Simmetrik kriptotizimda maxfiy kalitni 
aloqaning umumfoydalanuvchi kanallari orqali uzatish mumkin 
emas. Maxfiy kalit jo ‘natuvchiga va qabul qiluvchiga kalitlar 
tarqatiluvchi himoyalangan kanallar orqali uzatilishi kerak.
Simmetrik shifrlash algoritmining ma’lumotlami abonentli 
shifrlashda, ya’ni shifrlangan axborotni abonentga, masalan, Inter­
net orqali uzatishda amalga oshirilgan variantlari mavjud. Bunday 
kriptografik tarmoqning barcha abonentlari uchun bitta kalitning 
ishlatilishi xavfsizlik nuqtayi nazaridan nojoizdir. Haqiqatan, kalit 
obro‘sizlantirilganda (yo‘qotilganida, o‘g‘irlanganda) barcha abo- 
nentlaming hujjat almashishi xavf ostida qoladi. Bu holda kalit- 
laming matritsasi (5.10-rasm) ishlatilishi mumkin.
1-abonent uchun kalitlar nabori
2-abonent uchun kalitlar nabori
3-abonent uchun kalitlar nabori
n-abonent uchun kalitlar nabori
5.10-rasm. Kalitlar matritsasi.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin