-
axborot tizimi resurslaridan foydalanish bosqichida namo-
yon b o ‘luvchi tahdidlar,
masalan,
axborot tizimidan ruxsatsiz
foydalanish tahdidlari;
-
axborot tizimi resurslaridan foydalanishga ruxsat beril-
ganidan keyingi tahdidlar,
masalan, axborot
tizimi resurslaridan
ruxsatsiz yoki noto‘g‘ri foydalanish tahdidlari.
8.
Axborot tizimi resurslaridan foydalanish usullari b o ‘yicha
quyidagilar farqlanadi:
-
axborot resurslaridan foydalanishning standart yo ‘lini ish-
latadigan tahdidlar,
masalan, parollarga
va foydalanishni chega-
ralashning boshqa rekvizitlariga noqonuniy ega bo‘lib, ro‘yxatga
olingan foydalanuvchi sifatida niqoblanish tahdidi;
-
axborot resurslaridan foydalanishning yashirin nostandart
у о ‘lini ishlatadigan tahdidlar,
masalan, operatsion tizimning hujjat-
lanmagan imkoniyatlarini ishlatib, axborot tizimi resurslaridan
foydalanish tahdidi.
9.
Axborot tizimida saqlanadigan va ishlanadigan axborotning
joriy joylanish joyi bo ‘yicha
quyidagilar farqlanadi:
-
tashqi xotira qurilmalaridagi axborotdan foydalanish tah
didi,
masalan, qattiq diskdan maxfiy axborotni ruxsatsiz nusxalash;
-
asosiy xotira axborotidan foydalanish tahdidi,
masalan,
asosiy xotiraning qoldiq axborotini o ‘qish;
-
aloqa kanallarida aylanuvchi axborotdan foydalanish tah
didi,
masalan, aloqa kanaliga noqonuniy ulanib, yolg‘on xabarlami
kiritish yoki uzatilayotgan xabarlami modifikatsiyalash;
-
terminalda yoki printerda aks ettirilgan axborotdan foyda
lanish tahdidi,
masalan, aks ettirilgan axborotni yashirincha
video-
kamera yordamida yozib olish.
Yuqorida qayd etilganidek, axborot tizimiga xavfli ta’sirlar
tasodifiylariga yoki atayinlariga bo'linadi. Axborot tizimini loyiha-
lash, yaratish va ekspluatatsiya qilish tajribasining tahlili ko‘rsa-
tadiki, axborot axborot tizimining barcha ishlash bosqichlarida turli
tasodifiy ta’sirlar ostida bo‘ladi.
Axborot tizimining ekspluatatsiyasida
tasodifiy ta ’sir
sabablari
quyidagilar boiishi mumkin:
- tabiiy ofat va elektr ta’minotining uzilishi sababli avariya
holatlari;
24
- apparaturaning ishdan chiqishi;
- dasturiy ta’minotdagi xatoliklar;
-
xizmatchi
xodim
va
foydalanuvchilar
faoliyatidagi
xatoliklar;
- tashqi muhit ta’siri sababli aloqa kanalidagi xalallar.
Dasturiy ta’minotdagi xatoliklar eng ko‘p uchraydi. Chunki,
serverlar, ishchi stansiyalar, marshrutizatorlar va hokazolaming das
turiy ta’minoti inson tarafidan yoziladi va demak, ularda deyarli
doimo xatoliklar mavjud. Dasturiy ta’minot qancha murakkab bo‘l-
sa, undagi xatoliklami va zaifliklarni aniqlash ehtimolligi shuncha
katta bo‘ladi. Ulaming aksariyati hech qanday xavf tug‘dirmaydi,
ba’zilari esa niyati buzuqning serverni nazoratlashi, serveming
ishdan
chiqishi, resurslardan ruxsatsiz foydalanish kabi jiddiy
oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Odatda bunday xatoliklar
dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar tomonidan muntazam taqdim
etiluvchi yangilash paketi yordamida bartaraf etiladi. Bunday
paketlaming o‘z vaqtida o‘rnatilishi axborot xavfsizligining zaruriy
sharti hisoblanadi.
Atayin qilinadigan tahdidlar
niyati buzuqning maqsadga yo‘-
naltirilgan harakatlari bilan bog‘liq. Niyati
buzuq sifatida tashkilot
xodimini, qatnovchini, yollangan kishini va h. ko‘rsatish mumkin.
Avvalo tashkilot, xodimining niyati buzuq bilan tushungan holda
hamkorlik qilishiga e’tibor berishi lozim. Bunday hamkorlikka
undovchi sabablar quyidagilar:
- tashkilot xodimining rahbariyatga qasdlik qilish maqsadida;
- niyati buzuq qarashlaming haqqoniyligiga ishongan holda;
- xodimning tashkilot rahbariyatining
noqonuniy faoliyat
yuritilayotganligiga ishongan holda;
- yolg‘on harakatlar, ta’magirlik, shantaj, xarakteming
sal-
biy jihatlaridan foydalanish, zo‘rlash yo‘li bilan hamkorlikka undash
va h.
25