- o‘z vaqtidaligini yoki noyoblik kafolatini ta’minlash. Pro-
tokolning bir martali parametrlarini bevosita (tasodifiy sonni tanlash
yo‘li bilan) yoki bilvosita (bo‘linuvchi sirdagi axborotni tahlillash
yordamida) nazoratlash orqali amalga oshiriladi;
- xabarni yoki xabarlar ketma-ketligini bir ma’noli iden
tifikatsiyalash. Bir ohangda o'suvchi ketma-ketlikning bir martali
qiymatini (masalan, seriya nomerlari yoki vaqt belgilari ketma-
ketligi) yoki mos uzunlikdagi tasodifiy sonlami tuzish orqali amalga
oshiriladi.
Ta’kidlash lozimki, bir martali parametrlar kriptografik proto-
kollaming boshqa variantlarida ham (masalan, kalit axborotini taq-
simlash protokollarida) keng qo‘llaniladi.
Qat’iy autentifikatsiyalash protokollarini qo‘llaniladigan krip
tografik algoritmlariga bog‘liq holda quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin:
- shifrlashning simmetrik algoritmlari asosidagi qat’iy auten-
tifikatsiyalash protokollari;
- bir tomonlama kalitli xesh-funksiyalar asosidagi qat’iy auten
tifikatsiyalash protokollari;
- shifrlashning asimmetrik algoritmlari asosidagi qat’iy autenti
fikatsiyalash algoritmlari;
- elektron raqamli imzo asosidagi qat’iy autentifikatsiyalash
algoritmlari.
Dostları ilə paylaş: