115
Asosan ajratuvchi agent sifatida ko„pchilik hollarda mis (II), rux va
nikelning L-prolin, L-gidrooksiprolin yoki L-fenil-alanin hamda
kadmiy, simob (II) va kumush (I) ning ligandlari qo„llaniladi.
Ligand-almashuvchi xromatografiya asosan aminokislotalarning
atsemik aralashmalarini ajratishda katta samara beradi. Bu ajratishda ion-
almashinish, ion-juft va teskari-fazali variantlari bo„lishi mumkin.
Ligand-almashuvchi xromatografiyada sorbent sifatida organik va
noorganik
sorbentlar
hamda
organik
va
noorganik
moddalar
kombinatsiyalari ( alkil radikallari bilan modifikatsiya qilingan silikagel)
qo„llaniladi. Harakatli faza sifatida atsetonitrilning ammiak yoki piridin
bilan aralashmasi qo„llaniladi. Ba‟zi bir hollarda harakatli fazaga
kompleks
hosil
qiluvchi
metall
tuzlari
qo„shiladi.
Masalan,
aminokislotalarni sulfolangan polistirolda ajratishda harakatli faza
sifatida rux ionlari qo„shilgan pH qiymati 4,1 bo„lgan bufer eritmalar
ishlatiladi.
Ligand-almashuvchi
xromatografiyasi
aminokislotalarni,
peptidlarni, fenollarni, nitrofenollarni aniqlashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: